Reja: 1. Texnologik tadbirlar 2. Loyilashga asoslangan tadbirlar Sanoat korxonalari va kommunal xo'jaliklari chiqindilari hisobiga shaharlar atrofida turli chiqindi omborlarining paydo bo'lishi, axlatxonalarning ko'payishi atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishni taqazzo etadi. Mazkur masala gigiyena fanining masalasi bo'libgina qolmay, balki ijtimoiy va iqtisodiy masala hamdir. Biroq, bu masala kompleks ravishda hal etilmasa, echilishi murakkab bo'lgan muammo bo'lib koladi. Hozirgi vaqtda atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida uch xil tadbirni amalga oshirish ko'zda tutiladi. Bular mantiqiy, texnik va loyihalashga asoslangan tadbirlardir. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish bilan aholi turar joylaridagi atmosfera havosi bulg'anishlarini ruxsat etiladigan miqdorini ta'minlash mumkin, qolaversa, aholining sanitariya-turmush sharoitini ham yaxshilasa bo'ladi. Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurash bo'yicha o'tkaziladigan mantiqiy tadbirlar majmuasiga - atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri bo'lgan avtomobillar uchun yangi turdagi dvigatellar yaratish, ularni texnologik toza yonilg'i turiga o'tkazish, atmosfera havosini ifloslantiruvchi barcha korxonalarni shahardan tashqariga joylashtirish, ishlab chiqarish korxonalarini bir-biriga yaqin joylashtirishni qat'iyan man etish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi. Chunki ulardan chiqdan tashlamalar foto-kimyoviy reaksiyaga kirishib yanada xavfli bo'lgan moddalarni hosil bo'lishiga olib keladi. Atmosferani avtotrans-portlar ta'sirida ifloslanishini kamaytirish uchun ko'chalar tekisligini ta'minlash va avtomobillar harakatini «yashil to'lqinlar» principi bo'yicha tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hol o'z navbatida shahar magistral yo'llari bo'ylab mashinalar oqimi harakati xavfsizligini ta'minlaydi. Butun dunyoda avtokorxonalar sonini oshib borishi olimlar va konstruktoglarni avtomobillar uchun shunday motoglar yaratishni taqazo qiladiki, ular ishlagan vaqtida havoga chiqadigan zararli komponentlar chiqmasin yoki chiksa ham juda kam miqdorda chiqsin. Bu borada siqilgan gazdan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki avtomobilda yonilg'ini maksimal yonishiga erishish atmosferaga tashlanadigan zararli moddalarni benzinga ishlovchi avtomobillardagiga nisbatan sezilarli darajada kam chiqaradi. Quyoshli o'lkalarda quyosh batareyala-rida ishlovchi elektromobillarni yaratish imkoniyatlari ham mavjud. Hozircha, mashinalarni sundirgichlaridan chiqadigan gazlarni kamaytirish muammosini avtomobil' dvigatellarini va yonilg'i ta'minot tizimini sozlash orqali hal etish lozim. Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida neftni to'g'ridan-to'g'ri haydash yo'li bilan tetraetil qo'rg'oshinsiz benzin ishlab chiqarilmoqda. Bunday benzin bilan harakatlangan avtomobillardan havoga chiqadigan zararli qo'rg'oshin birikmalari koncentraciyasi sezilarli darajada kam bo'ladi. Uzbekistan Respublikasida ham mustaqillik yillarida yangi mahsulot turlari - benzin, aviakerosin, neft' moilarining har xil turlari, suyultirilgan gaz va boshqalar ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Bu zavodning o'ziga xos xususiyati shundaki, neftni qayta ishlash jarayonida neft' tarkibida ko'p bo'lgan oltingugurtdan ham tozalanadi. Natijada benzin tarkibi eng xavfli oltingugurt gazlaridan holi bo'ladi. Atmosferaning ifloslanishiga qarshi kurashda elektrlashtirish, gazlashtirish va issiqlik ta'minotini yaratish ham muhim o'rin tutadi. Shuningdek, o'simlik zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan biologik, kimyoviy vositalar va biopreparatlarning ahamiyati katta. Ba'zan shamol harakatini ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.21 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.21 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: doc