Havo muhitining ifloslanish oqibatlari

Havo muhitining ifloslanish oqibatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Havo muhitining ifloslanish oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Havo muhitining ifloslanishi Ultrabinafsha nurlar ta'sirida ifloslanish Ftoridlar ta'sirida ifloslanish Noqulay meteorologik sharoitlar natijasida atmosferada chiqindi gazlar konsientratsiyasi oshib borib, qalin toksik tumanlar hosil bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Toksik moddalarning to'planishi hisobiga og'ir hastaliklardan nobud bo'lish hollari kuzatilmoqda. Havoni ifloslantiruvchilar umumiy toliqshini, ish faoliyatini kamaytirishni, yo'tal, bosh aylanishi, ovozning bug'ilishi, o'pka va ko'zning turli kasalliklarini, organizmning umumiy zaharlanishini, organizmni kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining susayishini keltirib chiqaradi. Yirik shaharlar havosida sanoat tashlamalari, avtomobillardan chiqadigan gazlar: qurum, kul, tugun, changlar o'ziga xos quyosh spektrining ul'trabinafsha qismini atmosferaning quyi katlamlariga etib kelishini qiyinlashtiradi. Masalan, Parij shahridan uncha uzoqda joylashmagan sanoat korxonalari hududlarida ultrabinafsha nurlar 0,3 % ni, uzoqda joylashgan zavod va fabrikalar hududlarida esa 3,0 % ni tashkil qiladi. Ultrabinafsha nurlarning yetishmovchiligi bolalarda raxit va avitaminoz kasalliklarini ri-vojlanishiga sabab bo'lmoqda. Kimyoviy moddalarning inson organizmiga mutagen, konserogen, allergen, aterosklerotik, embriotoksik va hatto jinsiy mutasiya ta'sirlari aniqlangan. Pestisidlar muntazam me'yordan 3-4 va 9 marta ko'p ko'llanilgan hududlarda yurak-tomir tizimining kasallanish darajasi 1,2 va 2,2 marta oshganligi ma'lum. O'simliklarni himoya qilishda qo'llaniladigan kimyoviy vositalar bilan jigar va siydik yo'llari kasalliklarining kelib chiqishi o'rtasida uzviy bog'liqlik mavjud. Kelajakda pestisidlarni ishlatish natijasida bolalarning nobud bo'lishi, aholi o'rtasida bronxit, bronxial astma, avitaminoz va boshqa kasalliklarni keskin ortib borishi bashorat qilinmoqda. Bronxit, bronxial astma, o'pka, yurak-tomir kasalliklarining kelib chiqish sababi ko'p hollarda atmosfera havosining ifloslanishidandir. Atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi XX asrdan e'tiboran tez sur'atlar bilan borganligi qayd etilgan. Katta shaharlarda atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorining har xil bo'lishi shaharlarni ozodaligiga, ko'kalamzorlashtirilganligiga, sanoat korxonalarining katta-kichikligiga hamda ularni shahar hududida joylashganligiga bog'liq. Havoning changli yoki tumanli bo'lishi va ularning quyosh radiatsiyasiga ta'siri shahar muhitini o'zgartirib yuboradi, havo harakatini sekinlashtiradi, uning nisbiy namligini kamaytirishi ham mumkin. Shaharni quyuq. tuman bosishi ham xavflidir, chunki tuman tomchilari tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga kirgach, salbiy ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, nafas yo'llarining yillik. qavatlarini yallig'lantirib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shunday tumanli kunlarda bemorlarning ahvoli keskin yomonlashadi. Masalan, surunkali bronxit, emfizema, tumov kasalliklariga duchor bo'lgan bemorlar o'zlarini yomon his qiladilar. Atmosfera havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta'sir qiladi. Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faolligiga, tabiatiga, fizik jihatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, havodagi chang tarkibida qo'rg'oshin, margimush, marganes, kadmiy, ftog aerozollari organizmga tushib, surunkali kasalliklarni paydo qiladi. Jumladan, kamqonlik, flyuoroz, poliartrit, polinevrit kabi kasalliklar kelib chiqadi. Ayniqsa, radioaktivlik xususiyatiga ega bo'lgan changlar o'ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Radioaktiv changlar naqadar xavfli ekanligini Chernobil fojiasi va Semipalatinsk posligoni asoratlari misolida ko'rish mumkin. Zaharli bo'lmagan yirik diametrli chang zarrachalari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.31 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.31 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga