Hayot va muhit ekologiyasi

Hayot va muhit ekologiyasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Hayot va muhit ekologiyasi - rasmi

Material tavsifi

hayot va muhit ekologiyasi Mavzu: Hayot va muhit ekologiyasi. Bajardi:Sobirova Ruqiya 4-2 PPS-14 guruh talabasi Reja: 1. Ekologik tizimlar xaqida tushuncha 2. Muhit xaqida tushuncha 3. Ekologik omillar Organizmlarning muhiti deb ularni o'rab turgan barcha omillar yig'indisiga aytiladi. Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig'indisidan iborat bo'lib, bularsiz tirik organizmlar yashay olmaydi. Ularning ayrimlari organizm uchun zarur, ayrimlari befarq, uchinchi birlari esa zararli ta'sir qiladi. Organizmlar murakkab va o'zgaruvchan dunyoda yashab, ular o'z xayotini asta-sekin shunga moslashtirib boradi. Evalyutsion taraqqiyot davomida organizmlar to'rtta asosiy yashash muhitini o'zlashtirishgan. 4 ta asosiy yashash muhitlari 1. suvli muhit. 2. Yer muhiti. 3.Havo muhiti. 4. Tirik mavjudotlar muhiti Organizmlarning muhitga moslashuviga adaptatsiya deyiladi (lotincha adabtasio - moslashuv) Moslashuv tiriklikning yoki hayotning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lib, organizmlarning yashab qolish va ko'payishini ta'minlaydi. Ekologik omillar deb, muhitning organizmlarga ta'sir qiluvchi ayrim elementlariga aytiladi. Omillar odatda uch guruhga bo'lib o'rganiladi. Organizmlar uchun zarur bo'lgan yoki unga teskari ta'sir qiladigan muhit elementlariga ekologik omillar deyiladi. Tabiatda bu omillar bir-biridan ajralgan holda ta'sir qilmaydi, balki murakkab kompleks ko'rinishda ta'sir qiladi. Turli organizmlar biror-bir omillarni turlicha qabul qiladi hamda shu omillarga bir xilda ta'sir qilmaydi. Undan tashqari organizmlarning har bir turi uchun o'zining alohida sharoiti xarakterlidir. Masalan: cho'l va yarim cho'lda yashovchi o'simlik va hayvon turlari yuqori harorat va past namlikda yashaydi. Demak, organizmlarning normal o'sishi va rivojlanish uchun ekologik omillar bevosita va bilvosita ta'sir etish mumkin. Ular haddan tashqari kuchli yoki kuchsiz ta'sir etishi o'simliklarning normal, jadal yoki sust rivojlanishiga olib keladi. SHunga ko'ra omillarning optimal, minimal va maksimal ko'rsatkichlari organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ekologik omillar Ekologik omillar uch guruhga bo'linadi: 1. Abiotik, grekcha, a-inkor, bios - hayot demakdir (yoki jonsiz omil); 2. Biotik, grekcha bios - hayot (yoki jonsiz omil); Antropogen yoki inson omili. Abiotik omillar uch guruhga bo'linadi: a) iqlim, yorug'lik, issiqlik, havo, namlik, havoning radioaktivligi, gravitatsiya, tuproq namligi va boshqalar; b) edafik - tuproq, tuproqning fizik va kimyoviy tarkibi hamda xossalari; v) topografik - relьef shart - sharoitlari. Abiotik omillar asosan yerda o'sadigan o'simliklar uchun zarurdir. Masalan: yorug'lik tirik organizmlar uchun eng zaruriy ekologik omillardan biri bo'lib, hisoblanadi. Planetamizning turli mintaqalarida yorug'lik sharoiti juda xilma-xildir. Masalan: Yorug'lik bilan kuchli darajada ta'minlangan baland tog', dasht, cho'lu - biyobonlardan tortib yorug'lik bilan juda kam ta'minlangan g'orlar va xavzalargacha mavjud. O'simliklar tarqalgan turli zonalarda yorug'lik intensivligi turlicha bo'lishidan tashqari, yorug'lik spektrining tarkibi, o'simliklarning yoritilish davomiyligi ham xar-xil bo'ladi. O'simliklar yorug'lik energiyasidan foydalanib noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga