Hayvonlar ekologiyasi fanining predmeti, tarkibi va vazifalari Reja: Hayvonlar ekologiyasi fanining predmeti, mazmuni va o'rganadigan obyekti. Hayvonlar ekologiyasi fanining tarkibi. Individlar ekologiyasi, populyasiyatlar ekologiyasi va uyushmalar (biosenozlar) ekologiyasining o'rganadigan obyektlari. Hayvonlar ekologiyasining boshqa zoologik fanlar bilan munosabatlari. Hayvonlar ekologiyasi fanining vazifalari va ahamiyati. Organizmlarning atrof (yashash) muhitiga munosabati va yashash uchun kurashishini ifodalash maqsadida 1866 yil nemis olimi E.Gekkel ekologiya atamasini taklif etadi. Ushbu atama ikki yunon so'zlaridan iborat bo'lib, oikos-uy, boshpana, yashash joyi ma'nosini bildirsa, logos fan yoki so'z demakdir. Yashash uchun kurash deganda Ch.Darvin iborasi bilan aytsak, ma'lum bir organizmning (individning) nafaqat shu turga mansub bo'lgan boshqa bir individi orasidagi kurashi yoki boshqa turlarga mansub bo'lgan individlar bilan kurashini tushunmoq kerak, balki shu organizmlarni o'rab turuvchi turli-tuman omillar bilan ham kurashini tushunmoq lozim. Bundan tashqari yashash uchun kurash deganda nafaqat yirtqichlik, parazitlik, raqobat bilan oziqa topish, boshpanaga ega bo'lish, kabilarni tushunmoq kerak, balki yana muhitning fizikaviy va kimyoviy omillariga organizmlarning javob bera olish xususiyati va shu orqali ularning ma'lum bir muhitga moslasha olish qobiliyatini ham tushunmoq lozim. Hozirgi kunda hayvonlar ekologiyasi uch asosiy bo'limdan iborat va har bir bo'lim o'zining o'rganadigan obyektiga (mavzusi) ega. Birinchi bo'lim individlar ekologiyasi bo'lib, ma'lum bir tur individi yoki individlarning atrof-muhit bilan munosabatlarini, organizmning muhitga bog'liq holda yashovchanlik imkoniyati, rivojlanishi va yetilishi kabi xususiyatlarini o'rganadi. Har xil turlarning individlari tashqi muhit omillariga turlicha munosabatda bo'ladi. Ushbu munosabatlar asosida tashqi muhit ta'surotlariga organizmlarning morfo-fiziologik reaksiyalari turadi. Bunday reaksiyalar hayvonlarda mavjud bo'lgan reflekslar (reflektor yoyi) orqali namoyon bo'ladi. Organizm atrof-muhitning turli-tuman omillari ta'sirida hosil qilgan javob reaksiyalarini o'rganish ekologik tadqiqotning eng dastlabki bosqichi hisoblanadi, chunki ushbu tadqiqot tufayli har xil turlarga mansub bo'lgan individlarning ta'sir etuvchi ma'lum bir omilga nisbatan munosabatini o'rganish va aniqlash imkoniyatini beradi. Ikkinchi bo'lim populyatsiyalar ekologiyasi hisoblanib, ma'lum bir turning tabiiy holda shakllangan va ma'lum bir arealni egallagan individlar to'plamidan iborat tabiiy guruh hisoblanuvchi populyatsiyalarning shakllanish sharoiti, strukturasi (tarkibi) va dinamikasini o'rganadi. Populyatsiyalar ekologiyasi bo'limi yana turning populyasiyalari asosida tur ichidagi munosabatlar hamda uning biologik ahamiyatini ham tahlil qiladi. Hayvonlar ekologiyasining uchinchi bo'limi uyushmalar ekologiyasi yoki biosenologiya deyilib, ma'lum bir yashash joyidagi (biotop) turli-tuman tirik organizmlarning populyatsiyalarini hosil qilgan jamoalari (biosenoz)ni o'rganadi. Shunga binoan, biosenologiyaning obyekti hayvon va o'simliklarning turli-tuman turlarini hosil qilgan populyatsiyalari orasidagi munosabatlarini o'rganar ekan, ushbu bo'lim hayvonlar ekologiyasi fanini o'simliklar va mikroorganizmlar ekologiyalari fanlari bilan chambarchas bog'laydi. Biosenologiya yoki biosenozlar ekologiyasining eng asosiy predmeti quyidagilardan iborat, ya'ni: a) turlar orasidagi munosabatlarning shakllari: o'simlik va hayvon turlari orasidagi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: doc