Hayvonlarda suv-tuz almashinuvi va mineral oziqlanish Reja: Turli guruh hayvonlar tanasida suvning miqdori va uning ahamiyati. Hayvonlarning o'z tanasidagi suv va tuzlarni qabul qilish yo'llari. Gidrobiontlarda suv-tuz almashinuvi. Poykiloosmotik va gomoosmotik hayvonlarda suv-tuz almashinuvi. Quruqlik hayvonlarida suv almashinuvi. Gigrofil va kserofil hayvonlar. Quruqlik hayvonlarining mineral oziqlanishi. Mikroelementlarning organizm uchun ahamiyati. Hayvonlarda suv-tuz almashinuvi va mineral oziqlanish Tirik organizmlar dastlab suvda paydo bo'lgan. Shunga binoan gidrobiont organizmning tuzilishi, fiziologik xususiyatlari va moddalar almashinuvi suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan bog'liq. Suv va quruqlik organizmlarida mavjud bo'lgan suv, unda biokimyoviy jarayonlarning borishi uchun asosiy muhit bo'lib hisoblanadi. Hayvonlar tanasidagi suyuq to'qima (qon, bo'shliq ichi suyuqligi)ning osmotik bosimi va ionli holati protoplazma tarkibidagi suv va erigan tuzlar miqdoriga bog'liq bo'ladi. Oziqa mahsulotlari va dissimilyasiya moddalari suyuq holda suv bilan barcha organ va to'qimalarga olib boriladi. Turli hayvonlarning organizmidagi suv miqdori - 46% dan 92% gacha bo'ladi. Masalan mollyuskalarda 80-92%, daryo qisqichbaqasida 77%, lansetnikda-87%, itbaliqda - 93%, meduzada - 95%-ga teng. Organizm bilan tashqi muhit orasida doimo suv va unda erigan holdagi moddalar almashinuvi bo'lib turadi. Agarda organizmdagi suv miqdori zaruriy miqdordan kamaysa, hayvon karaxt (uyqu) holga tushadi. Bordi-yu kamayish davom etsa, halok bo'lishi mumkin. Organizmning suv yo'qotishi och qolishdan og'ir hisoblanadi. Agar organizm och qolishi natijasida og'irligining 40% ni yo'qotsa ham o'lmaydi. Bordiyu organizmdagi suv 20% ga kamaysa u halok bo'ladi. Organizmlar o'z tanasidagi suv va tuzlarni turli yo'llar bilan hosil qiladi, ya'ni birinchidan, ichimlik suvi orqali, oziq-ovqat tarkibidagi suv va mineral moddalar, organizmda metabolizm jarayonida hosil bo'lgan suvlar kabi. Bundan tashqari suv hayvonlari gavda qoplag'ichlari orqali, ko'pgina hayvonlar atmosfera tarkibidagi namlikni adsorbsiya qilish orqali ham ma'lum miqdordagi suvni o'zlariga qabul qiladi. Organizmdagi ortiqcha suv va tuzlar tashqi muhitga nafas organlari orqali bug'lantirilib, teri, ter bezlari va maxsus ekspretor organlari yordamida chiqarib turadi. Suv hayvonlarida suv-tuz almashinuvi. Hayvon organizmi uchun zarur bo'lgan barcha elementlar suvda mavjud bo'ladi. Ushbu elementlarni hayvonlar suv o'simliklarini iste'mol qilish orqali va qisman osmos yo'li bilan qabul qiladi. Ayrim birikmalar gidrobiontlar tanasida to'planib boradi. Masalan, chuchuk suv hayvonlari tanasida dengiz hayvonlarinikiga nisbatan fosfor, kremniy va rux ming barobar, oltingugurt, temir, mis va yod yuz barobar, kaliy, mishyak, bor va ftor o'n barobar ko'p to'planadi. Kremniy birikmalariga hayvonlar va g'ovaqtanlilar boy bo'ladi. Ular skeletining tarkibida kremniy moddasi 88% gacha bo'lishi mumkin. Kalsiy birikmalariga (ko'pincha ohakli) ildizoyoqlilar, ko'pgina mollyuskalar, mshankalar va marjonpoliplar boy bo'ladi. Yod birikmalariga g'ovaqtanlilar, ayrim marjonpoliplar boy bo'ladi. Suv hayvonlari tanasida moddalar almashinuvining normal o'tishi uchun osmotik bosimni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.61 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.61 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: doc