Hayvonlarning biosferadagi ahamiyati

Hayvonlarning biosferadagi ahamiyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Hayvonlarning biosferadagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Hayvonlarning biosferadagi ahamiyati Reja Biosferada hayvonot olami Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati. Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati. Hayvonlar yerning - hayot qobig'i, biosferaning asosiy komponentlaridan bo'lib, tabiiy resurslar orasida alohida o'rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o'ziga xos tabiiy muvozanat ko'p jihatdan o'simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlashi bilan boliqdir. Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda modda va energiya almashinuvida ular muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib turadi. Hayvonlar biosferaning eng asosiy qismi bo'lib, o'simliklar bilan birgalikda geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyasida katta rol o'ynaydi. Hayvonlar organik moddalardan quyosh energiyasi ta'sirida o'simliklar vujudga keltirgan tayyor organik mahsulotlarni iste'mol qiladi. Bir-birlari va o'simliklardan oziqlangan hayvonlar biologik hamda sayyoramiz modda almashinuvida aktiv qatnashadi. Dengizda bir va ko'p hujayrali hayvonlarning qattiq chianoqlaridan chiqindi jinslar (bo'r, ohaktosh) vujudga keladi. Marjon poliplarning faoliyati natijasida okeanning sayyoz, iliq suvli katta hududlarida asosan tropik kengliklarida marjon orollari paydo bo'lgan. Hayvonlarning (yumaloq chuvalchanglar, tuproq chuvalchanglari, chumolilar, qo'nizlar, sut emuizuvchilarning ayrim turlari) nurash prosessida va ayniqsa tuproq hosil bo'lishda ahamiyati katta. Ayrim hayvonlar (ko'pchilik hasharotlar, ayrim qushlar va ko'rshapalak) o'simliklarni changlatadi, ba'zi hayvonlar, qushlar o'simlik urularini tarqatadi. Hayvonlar hayoti o'simliklar hayoti bilan chambarchas bolangan bo'lib, hayvonlar sonining o'zgarishi bilan o'simliklar bilan o'simliklar soni ham o'zgaradi. Zaharli ilonlarni yaqin vaqtlargacha ko'plab ushlanar va o'ldirib yuborilar edi. Masalan: Hindistonning Ragnogari rayonida qabul punktlariga yiliga o'rtacha 22500 dona, narxi oshirilgandan keyin esa sakkiz kun ichida 11500 dona ilon o'ligi topshirilgan. Ilonlarni qirib yuborilgan joylarda sichqon va boshqa kemiruvchi hayvonlar juda tez ko'payib ketdi, natijada alla hosili kamaydi, kishilar o'rtasida o'lat, tuleremiya, sariq kasali kupaydi. Ilon zahrining medisinadan keyin katta ahamiyatini va ilonlarning tabiatdagi ayrim zararli hayvonlarni qirishdagi rolini hisobga olib, ilonlar endilikda davlat nazorati ostida muhofaza qilinmoqda. Hozirda yirtqich hayvonlarni butunlay yo'qolib ketishiga chek qo'yilmoqda, kamayib qolganlarini maxsus joylarda ko'paytirish choralari ko'rilmoqda. Masalan: bo'rilar va qiriylarni qirib yuborishga chek qo'yildi. Baliq xo'jaligida cho'rtan baliqlarini qirib yuborish ham noto'ri ekanligi aniqlandi. Ko'pchilik sut emizuvchilar, ayniqsa hasharotxo'rlar va qo'lqanotlilar hamda ayrim yirtqich hayvonlar o'rmondagi zararkunanda hasharotlarni ko'plab kiradi. Masalan: bo'rsiq bir so'tkada 500 tagacha may qo'nizining lichinkasini eydi. Demak, har qanday hayvon turi inson uchun bevosita yoki bilvosita ahamiyatga ega bo'lganligi uchun ularni qirib yuborishga chek qo'yish kerak. Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti. Hayvonlar Yer yuzining hamma joyida tarqalgan. Ularni barcha qit'alar va orollarda, suv havzalarida va tuproqda uchratish mumkin. Hayvonlar juda xilma-xilligi bilan boshqa organizmlardan ajralib turadi. Agar Yer yiizida 500 mingga yaqin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.87 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.87 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga