Hayvonlarning oziqlanishi va uning shakllari. Oziqa topish usullari Reja: Hayvonlar geterotrof organizmlar ekanligi. Hayvonlar konsumentlar sifatida turli pog'onalar (guruhlar)ga ajralishi. Hayvonlarning oziqa topish usullari. Passiv, parazitlik va faol oziqlanish. Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga binoan ixtisoslanishi. Oziqlanish Organizmlarning muhit bilan bog'langanligi, eng avvalo, ularning oziqlanishi orqali amalga oshadi. Ushbu jarayon orqali ularning moddalarga bo'lgan talabini asosiy qismi qondiriladi. Tirik organizmlarning katta qismi avtotroflar bo'lib, ular quyosh energiyasidan foydalanib, o'z tanalarida anorganik birikmalardan yuqori molekulali organik moddalar hosil qiladi. Ular ushbu moddalarning bir qismini tanasini tiklash uchun sarf qilsa, boshqa bir ko'p qismi zahira sifatida saqlanadi. Anorganik birikmalardan organik birikmalarni hosil qiluvchi xlorofill donalariga ega bo'lgan yashil o'simliklar produsentlar deb ataladi. Tirik organizmlarning ikkinchi bir kattagina qismi geterotrof organizmlar bo'lib, tayyor organik birikmalardan foydalanib, o'zlari uchun zarur bo'lgan moddalar va energiyani oladi. Bunday organizmlar konsumentlar deyiladi. Konsumentlar deb oziqa va suv bilan birga elektrolitlar deb ataluvchi anorganik birikmalarni ham qabul qilib, organizmdagi ichki suyuq muhit tarkibidagi osmotik bosimni tartibga soladi. Geterotroflarning aksariyati tirik organizmlar (o'simlik va hayvonlar) bilan oziqlansa, organizmlarning uchinchi bir qismi hisoblanmish- mikroorganizmlar (saprofitlar) o'lik hayvon tanalari va o'simlik qoldiqlarini chiritib, minerallashtirib, dastlabki anorganik holatiga olib keladi. Bunday organizmlar redusentlar yoki organik moddalarni parchalovchilar deyiladi. Hayvonlar orasida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi konsumentlar farq qilinadi. Birlamchilari o'simlikxo'rlar - fitofaglar bo'lib, fitoplankton yoki o'simliklarning vegetativ qismlari (barg, poya, ildiz, tuganak, piyozbosh), urug', meva hamda o'simlik shiralari bilan oziqlanadi. Ikkilamchi konsumentlar - zoofaglar bo'lib, ularning asosiy oziqasi fitofaglar hisoblanadi. Zoofaglar bir necha kichik guruhlarga bo'linadi, ya'ni suvning butun qalinligida passiv yoki aktiv holda yashovchi mayda organizmlar (plankton) bilan oziqlanuvchi planktonxo'rlar (suv hasharotlari, qisqichbaqasimonlar) suv tubida yashovchi organizmlar bilan oziqlanuvchi bentosxo'rlar (baliq, amfibiya, reptiliyalar) shuningdek, ushbu kichik guruhga hasharotxo'r qush va sut emizuvchilar, yirtqichlar, tashqi va ichki parazitlar kiradi. Uchlamchi konsumentlar - saprofaglar, o'lik organik moddalar bilan oziqlanadi. Bularga nekrofag (o'lgan hayvon tanasi qoldig'i bilan), kaprofag (ekskrementlar bilan). Hayvonlar orasida faqat bir xil oziqa bilan oziqlanuvchi guruhlar anchagina. Toza fitofaglar hasharotlar va nematodalar orasida anchagina. Ushbu hayvonlar orasida toza zoofaglar ham bordir. Parazit nematodalar, trematodalar, sestodalar, yirtqich va parazit hasharotlar. Hayvonlar orasida aralash oziqa bilan oziqlanuvchi guruhlar ham mavjud. Bunday oziqlanuvchi hayvonlar qushlar va sut emizuvchilar orasida bor. Zoofag (go'shtxo'r) hisoblanuvchi suvsarlar (sobol, kunisa) ning asosiy oziqasi hayvonlar hisoblansa, lekin daraxtlarning mevasi (urug'i, yong'og'i, mevasi)ni ham iste'mol qiladi. Kemiruvchilar tishlarining tuzilish sistemasi va ichaklari o'simlik mahsulotlarini ilishga moslashgan, lekin ular anchagina miqdorda hasharotlarni ham iste'mol qiladi. Donxo'r qushlar (chumchuqlar, sayroqi qushlar, dehqon chumchuqlari) ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.57 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.57 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: doc