Ho'l chang yutgichlar

Ho'l chang yutgichlar

O'quvchilarga / Ekologiya
Ho'l chang yutgichlar - rasmi

Material tavsifi

HO'L ChANG YuTGIChLAR Ho'l chang yutgichlar qator afzalliklarga va kamchiliklarga ega Ularning afzalligi: Kam xarajatligi va yuqori samaradorligi; Mayda zarrali (0,1 mkm) changlarni ham tozalash mumkinligi; Yuqori temperaturadagi va namlikdagi, portlash va yonish xususiyatiga ega bo'lgan changli gazlarni ham tozalash imkoniyati borlig; Chang zarralari bilan birga, tumanlarni va boshqa komponentlarni ham birgalikda tozalash mumkinligi. Kamchiliklari: Ushlangan chang zarralari shlam (bo'tana) ko'rinishga o'tadi va natijada oqava suv hosil bo'ladi, bu esa o'z yo'lida ularni tozalash uchun qo'shimcha xarajatlarni yuzaga keltiradi. Tomchilarni apparatdan o'tib ketishi va quvurlarda yig'ilishi. Agressiv gazlarni tozalash kerak bo'lganda nam hisobiga kislotali muhitlarni yuzaga kelishi va kommunikatsiyalarni korroziyadan saqlash uchun ularni chidamli material bilan qoplash zarurligi oqibatida qo'shimcha xarajatlarni keltirib chiqarishi. Ho'l chang yutgichlarda namlovchi suyuqlik sifatida asosan suv ishlatiladi, to'qnashish usuliga qarab ular bir necha turlarga bo'linadi 1) Ichi bo'sh gaz yuvgichlar; 2) Nasadkali skrubberlar; 3) Tarelkali (barbotaj va ko'pikli) apparatlar; 4) Harakatdagi nasadkali apparatlar; 5) Uriluvchi-inertsion apparatlar (rotoklonlar); 6) Markazdan qochma kuchda ishlovchi apparatlar; 7) Mexanik chang yutgichlar; 8) Tez ishlovchi jadal gazyuvgichlar (Venturi va ejektorli skrubberlar) IChI BO'Sh GAZYuVGIChLAR Ichi bo'sh forsunkali gazyuvgichlar keng tarqalgan skrubberlar qatoriga kiradi. Bunday apparatlar kesimi to'g'riburchakli yoki aylana ko'rinishida bo'lib, unda gaz va suyuqlik tomchilari o'rtasida to'qnashish bo'ladi. Gaz va suyuqlikning harakatini yo'nalishiga qarab, skrubberlar to'g'ri, qarama-qarshi va ko'ndalang oqimli xillariga bo'linadi. Forsunkalar kolonnada bir yoki bir necha kesimda o'rnatilib, har bir kesimda 14-16 tadan qator qilib yoki apparatning o'qi bo'ylab joylashtiriladi. 1-changli gaz; 2-suv forsunkalari NASADKALI SKRUBBYeRLAR Nasadkali skrubberda tozalash jarayonini samarali olib borish uchun apparat ichiga nasadkalar joylashtirilgan. Nasadkalarni asosiy vazifasi gaz va suyuqlik o'rtasidagi to'qnashish (kontakt) yuzasini oshirishdan iboratdir. Suyuqlik sarfi 0,15-0,5 lm3, zarralarni razmeri d3 ≥ 2 µm da tozalash darajasi 90% dan oshadi. 1-korpus; 2-forsunkalar; 3-xo'llash moslamasi; 4-reshetka; 5- nasadka; 6- shlam yig'gich HARAKATDAGI NASADKALI SKRUBBYeRLAR Ushbu tozalash apparatida changli gazlarni ushlab qolish uchun mavxum qaynash rejimi vujudga keltiriladi. Buning uchun changli gaz apparatning quyi qismidan yuqori tezlikda beriladi. Yuqoridan esa suyuqlik beriladi. Nasadkalar mavxum qaynash rejimida doimo harakatda bo'ladi va yuqoridan berilayotgan suyuqlik ta'sirida xo'llanadi. Gaz nasadkalarga urilganda suyuqlik bilan to'qnashadi. Natijada gaz tarkibidagi chang zarralari suyuqlik bilan xo'llanadi va apparatning quyi qismidan suyuqlik bilan birga chiqarib yuboriladi. 1-reshetka; 2- harakatdagi nasadkalar; 3- chegaralovchi reshetka; 4-suyuqlik taqsimlagichi; 5-tomchi qaytargich KO'PIKLI GAZ YuVGICh Ushbu gazvyuvgichda chang zarralari ko'pik hisobiga ushlanadi. Bazi xollarda ko'pikni va suyuqlikni ushlab turish maqsadida tarelka ustida stabilizator moslamalari o'rnatiladi. Stabilizator moslamasi-asalari uyasiga o'xshash konstruksiya ko'rinishda bo'ladi. Yacheykalar o'zaro qator joylashtirilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.04 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.04 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga