Hozirgi ekologik krizis, tanqislik va uning xususiyatlari

Hozirgi ekologik krizis, tanqislik va uning xususiyatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Hozirgi ekologik krizis, tanqislik va uning xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi ekologik krizis (tanqislik) va uning xususiyatlari Reja: Ekologik krizis va ekologik vaziyat (situatsiya). Hozirgi ekologik krizis va uning xususiyatlari. Insonning muhit va biosferaga ko'rsatayotgan ta'sir doirasi. O'zbekiston Respublikasida cho'llanishga qarshi kurashning milliy dasturi. Tayanch iboralar: Ekologik krizis, biosfera, biologik ehtiyoj, Aysberg, erroziya, yaylov, lalmikor yer, fitomelioratsiya, irrigatsiya, gidrotexnik tadbir, tabiiy ofat. 1. Ekologik krizis va ekologik vaziyat (situatsiya). Yangi sifat o'zgarishlarga olib keladigan biosfera yoki uning katta bir bo'lagining o'zgarishiga ekologik krizis deyiladi. Biosfera tarixida bir nechta ekologik krizislar bo'lib o'tgan. Shulardan eng mashhuri 70 - 100 mln yil oldin bo'r davrining oxirida bo'lib o'tgan, natijada sudralib yuruvchilarning 5 ta otryadlari (dinozavrlar, pterazavrlar, ixtiozavrlar) turlari o'lib yuqolib ketgan. Ularning o'lib ketishini tushuntiruvchi yagona bir fikr yo'q. Bazi bir kuzatuvchilarning fikricha bunga iqlimning keskin o'zgarishi sabab bo'lgan bo'lsa, boshqa fikrlarga ko'ra evolyutsion jarayon. Jumladan gulli o'simliklarning paydo bo'lib, floraning o'zgarishi ularning yo'qolishiga sabab bo'lgan, uchinchi bir fikrga qaraganda katta bir Asteroid Yerga urilib Yer iqlimining o'zgaritirshi oqibatida bu hodisa ro'y bergan deyiladi. N.F.Reymers (1992)ning aytishicha 2,5 - 3,0 mln yil oldin inson paydo bo'lganga qadar ekologik krizis qurg'oqchilikning boshlanishi bilan bog'liq bo'lib, natijada o'simlik hayotiy shakllarining o'zgarishi bo'lgan va o'rmonlar o'rniga dasht va cho'llar, sahrolar paydo bo'lgan. Iqlim o'zgarishi oqibatida paydo bo'lgan krizislarga yana bir misol qilib bundan 30 - 40 ming yil ilgari (yuqori poleolit) Yer yuzasini qoplab olgan muzlik davrini ko'rsatish mumkin. Bu davrda momantlar, junli va shu kabi ko'pchilik yirtqich hayvonlar yo'qolib ketgan. Inson paydo bo'lganidan so'ng u o'z faoliyati natijasida tabiatga ta'sir o'kazib unga yirik hajmda bo'lmasa ham bazi bir ekologik krizislarga sabab bo'ldi. Ekosistemalarni yoshaytiraman deb o'rmonlarni yo'q qilgan. Bunga misol qilib Sahroi Kabrni olish mumkin. Bundan 5 - 11 ming yil ilgari Sahroi Kabrda daryolar oqib, u o'simliklar dunyosiga boy bo'lgan. Bir tomondan o'simliklar turlarining insonlar ta'siri natijasida yo'qola borishi va ikkinchi tomondan iqlimning o'zgarishi qurg'oqchilikning boshlanishi asta-sekin bu mintaqada o'simliklar va hayvonot dunyosini keskin o'zgartirib, ularning yo'qolib ketishiga va Sahroi Kabrning hozirgi holatiga olib kelgan. Meloddan oldingi II asrda Rum imperiyasi Shimoliy Afrikani bosib olib, u erlarni dehqonchilik qilib bo'lmaydigan darajaga olib keldi. Bu yerlar tabiatining buzilishiga sabab bo'lgan narsa erlarni shafqatsizlik darajada haydash, ko'p miqdorda otlarni yaylovlarda boqish sabab bo'lgan. Keyinchalik Rum podshosining o'rniga kelgan arablar bu o'lkaning tabiatini qayta tiklash usullarini topdilar. Jumladan ular digradatsiyaga uchragan yaylovlarga moslashgan hayvonlardan biri tuyani ko'paytirdilar. Biroq arablarning o'rniga kelgan frantso'zlar Sahroi Kabrning o'ziga xos xususiyatlari bilan hisoblashmasdan yana me'yoridan ko'p miqdorda hayvonlarni boqa boshladilar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.75 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.75 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga