Hozirgi zamon ekologik inqirozi

Hozirgi zamon ekologik inqirozi

O'quvchilarga / Ekologiya
Hozirgi zamon ekologik inqirozi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ilmiy -texnika inqilobi va ekologik inqiroz 2.Regional ekologik muammolar- Orol va Orol bo'yi muammolari. 3.Orol dengizi qurishining iqlimga, o'simlik, hayvonot dunyosiga va inson organizmiga ta'siri XX-asrning 50 - yillaridan boshlab, «ishlab chiqarish texnika revolyutsiyasi» deb nom olgan «sakrab» o'sishi munosabati inson-tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'siri misli ko'rilmagan va ko'p jihatdan yangi shakllarga ega bo'ldi. Fan-texnika inqilobi tufayli sanoat va transportning gurkirab o'sishi, urbanizatsiyaning (shaharga oqim) kuchayishi, qishloq ho'jaligini ximiyalashtirish, bularning xammasi tabiiy resurslardan foydalanish nihoyatda jadallashtirib yubordi. Tabiiyki bu omillarning atrof muhitga, atmosfera havosi va suv xavzalari sifatiga bo'lgan salbiy ta'siri ham ko'pamoqda. XXI asr odami qudratli texnika tufayli geografik qobiqdagi modda va energiya almashinuv jarayoniga bevosita ta'sir ko'rsatib, ko'p joylar tabiatdagi muvozanatni buzishgacha etib boradi. Inson faoliyatining bu ta'siri tez ortib bormokda. Binobarin fan-texnika taraqqiyoti natijasida antropogen omil planetar masshtabdagi tabiiy - geografik va geologik omilga tenglashib koldi. hozirgi fan - taraqqiyotining tabiatga ta'siri, ta'sir etish yo'llari va shakllari nihoyatda ko'p. Bu ta'sir natijasida tabiatda miqdor o'zgarishlarigina emas, balki sifat o'zgarishlari ham sodir bo'lmoqda. Fan -texnika taraqqiyotining atrof muhitga ta'siri ham ijobiy, ham salbiy bo'lishi mumkin. Agar, fan va texnika yutuklarini xo'jalik faoliyatiga tadbiq etishda jamiyat va tabiatning uyg'un holda rivojlanish talablari etiborga olinmasa salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Fan insonning tabiiy muhit o'zaro munosabatini uyg'unlashtirish borasidagi xaqiqatni aks ettirishda zaruriy vosita hisoblanadi. Fan insonga har qanday holatni, xususan, ekologik vaziyatni yaxshilash imkonini ham beradi. RYeGIONAL EKOLOGIK MUAMMOLAR OROL VA OROL BO'YI MUAMMOLARI Ekologiya xususida so'z yuritib prezidentimiz I.A. Karimov «Ekologiya hozirgi zamonniig keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqdir», deb takidlagan edi. Ekologiya muammosi Yer yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir. Afsuski, bu jarayonlar O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. Bu yerda, mutaxassislarning baholashicha, juda murakkab, xavfli vaziyat vujudga kelmoqda. Bunday vaziyat nimadan iborat? Birinchidan, yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog'liq xavf to'xtovsiz ortib bormoqda. Ayni vaqtda yer ulkan boylik bo'libgina qolmay, mamlakatning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir. Bu hol O'zbekistonda ayniqsa yaqqol namoyon bo'lmoqda, chunki yerning iqtisodiy va demografik vazifasi yildan yilga kuchayib bormoqda. O'zbekistonning 447,4 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo'lgan umumiy maydonining atigi 10 foizigina ekin maydonlaring tashkil etadi. Respublikaning ancha qismini cho'l va yarim cho'l yerlar tashkil qiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O'zbekistonda aholining zichligi ayniqsa yuqori bo'lib, 1 kv. kilometrga 51,4 kishi to'g'ri keladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.44 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.44 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga