Ichimlik suvining yetishmovchilik muammolari. Suv tanqisligi Markaziy Osiyoda yaqin 10 yillikdagi eng dolzarb muammolardan biriga aylanadi. O'zbekistonda nafaqat sug'orish, balki ichimlik suvi yetishmovchiligi ham kuchaymoqda. Mintaqada muzliklar erishi tezlashmoqda, qishloq xo'jaligida suvdan tejamli foydalanish mexanizmi shakllanmagan. Tejamkorlikni ta'minlovchi yangi texnologiyalar katta mablag' va davlat e'tiborini talab qiladi. Yaqin yillardan boshlab kuzatilyotgan qurg'oqchilik sabablari haqida mutaxassislar orasida ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashga ko'ra, mintaqa global iqlim o'zgarishi ta'siri ostida. Bu mintaqada nafaqat keskin qurg'oqchilikni, balki o'ta og'ir ekologik inqirozlarni yuzaga keltiradi. Ta'kidlash joiz, turli xalqaro hisobotlarda ham suvsizlik, qurg'oqchilik mintaqada turli ziddiyatli holatlarga sabab bo'ladi deya ogohlantirilgan. Ekologik inqirozlar taxminlarga ko'ra 2020 yillardan boshlab yaqqolroq namoyon bo'ladi. Mintaqadagi qurg'oqchilikni tahlil qilayotgan ikkinchi guruhga ko'ra, suv yetishmovchiligi haqidagi hisob-kitoblar haddan oshirilgan, yuz yillikda mintaqada qurg'oqchilikning davriy bosqichiga kirish boshlanadi. Har 7-8 yilda bir kuzatilayotgan qurg'oqchilik davriylik boshlanganidan dalolat beradi. Professor Rustam Razzoqovga ko'ra ikki qarash ham o'rinli. Biroq asosiy masala bunda emas, balki yer sho'rlanayotganiga qarshi biror samarali chora ko'rilmayotganidadir. Olimlar ishlab chiqarayotgan texnologiyalarni kuzatadigan, tatbiq qiladigan, tajriba uchastkalariga ko'mak ko'rsatadigan davlatni maxsus yordami bo'lishi kerak. Tajriba maydonlarida olimlarni o'zlari ishtirok etishi kerak, shunda natija bo'ladi. Oxirgi 30-40 yilda birorta yangi texnologiya qo'llanilmadi. Masalan, Amerikada yopiq aylanma sug'orish qo'llaniladi. Chuchuk suvni o'simlik turiga qarab bir necha bor qayta ishlatish mumkin. 75 foiz chuchuk suvga sho'r suv qo'shib paxtani sug'orish, undan chiqarib boshqa bir o'simlikni sug'orsa bo'ladi. Asosiysi suvni saqlash mumkin bo'ladi, - deydi Ekoservis nodavlat tashkiloti rahbari professor Rasul Razzoqov. Mutaxassislar tashvishiga sabab bo'layotgan masalalardan biri nafaqat qishloq xo'jaligi, balki toza ichimlik suvining ham kamayishi, sifatini buzilishidir. Yaqinda tashkil etilgan O'zbekiston Ekologlari ijtimoiy harakati ijroiya qo'mitasi raisi o'rinbosari Saidrasul Sanginovga ko'ra, avval Orolbo'yi havzasida kuzatilgan ichimlik suvi sifatining buzilishi Respublikaning boshqa hududlari tomon kengaymoqda. Toza ichimlik suvini sifati pasayayotgani, afsuski, bor masala. Sabablari albatta birinchi navbatda sho'rlanish, keyin yerosti suvlaridan foydalanishni noto'g'ri tashkil qilingani. Sanoat va maishiy chiqindilarni ham bu jarayonga ta'siri bor. Shu bois ko'p joylarda ichimlik suvining sifati pasayib ketmoqda, - deydi Sanginov. Bi yilgi qurg'oqchilikdan nafaqat O'zbekiston ziyon ko'rgan. Paxta ekiniga moslashgan Janubiy Qozog'istonda ham suv ta'minoti bilan bog'liq avhol ancha og'ir. Qurg'oqchilik chorva bilan shug'ullanuvchi aholiga ham katta zarar yetkazgan. Mutaxassislar bu kabi qurg'oqchilik 200-yillarda kuzatilganini qayd etadi. Mamlakatda qurg'oqchilikdan zarar ochiq hisob-kitob qilinmaydi. Fermerlarga ko'ra bu yil hukumat paxta planini talab qilayotganda qurg'oqchilikni e'tiborda tutmoqchi emas. Sharhlovchilarga ko'ra davlat suvdan foydalanishni samarali yo'lga qo'yganda, bu yilgi qurg'oqchilik asoratini yumshatish mumkin edi. Hozir suv tanqisligi yaqqol sezilayotgani ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.13 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.13 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: pptx