Ijtimoiy - ekologik muammolarni yechishda ekologiyaning ahamiyati

Ijtimoiy - ekologik muammolarni yechishda ekologiyaning ahamiyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Ijtimoiy - ekologik muammolarni yechishda ekologiyaning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy-ekologik muammolarni yechishda ekologiyaning ahamiyati Reja: 1. Ijgimoiy ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishi ekosistema strukturasini ishlab chiqish va yaratish vazifasi yotadi. 2. Ijtimoiy-ekologik sistema - bu ijtimoii ekologiyani o'rganish obyekta Ijtimoiy-ekologik muammolarni yechishda ekologiyaning ahamiyati 4. Ijtimoiy-ekologik faktorlar yuksalishining inson taraqqiyotidagi ahamiyati Insonning antrpogen faoliyatining atrof-muhitga, qolaversa, ekosistemaga og'ir yuk ekanini, unga o'ta og'irlik qilayotganini insoniyat endi seza boshlayapti. Tabiiy resurslardan shiddatli ravishda foydalanish, jamiyatning ekosistemaga kuchli ta'siri foydali qazilmalarning tobora kamayishiga olib bormokda. Bunday holatning kelib chiqishiga ikki sabab bor: birinchisi, inson populyatsiyasining(tsemografikjarayonning) nihoyatda tezlik bilan ortib borishi, tabiiy ekologik sistemani yo'q qilishga yoki o'zgartirishga olib bormokda. Bunday holat inson populyatsiyasining ekosistemaga nisbatan trofik munosabatidadir, bu esa, o'z navbatida, moddalarni, energiyani inson populyatsiyasi orqali harakatlanishini ta'minlamoqtsa. Ikkinchidan, inson jamiyatining texnik taraqqiyoti va ekosistemadan foydalanishda kuchli texnikani ishlatishidadir. Shunday qilib, inson populyatsiyasi o'zining maqsadiga erishish uchun kuchli texnika yordamida, biogeotsenozlarni butun yer kurrasida o'zgartirib yubormoqtsa. Shuning uchun ham hozirgi kunning dolzarb muammolaridan bo'lib insonning antropogen faoliyatini ijtimoiy ekologiya darajasida o'rganishi, ayniqsa, ekosistemaning struktura va funksiyasiga ta'sirini o'rganish vazifasi turadi. Tabiiy muhitning tobora o'zgarib borayotganini, tirik jonlarning o'zgarayotgan sharoitlarga moslanishini, moslashish mexanizmlarini, ekosistemaga tashlanayotgan katta miqtsordagi chiqindi yuklarning normalarini anikdashni, texnologik jarayonlar loyihalari ishlab chiqilayotganda ekolog gigienistlarning aktiv qatnashishini taqozo qiladi. Aks holda, texnologik jarayonlarning mukammal emasligi evaziga atrof-muhit ortiqchasiga ifloslanishi, ekosistemani degradatsiyaga olib borishini olimlar allaqachonlar bilib etdilar. Hozirda, ekosistemani qaysi komponentlariga insonning antropogen faoliyati ta'sir ko'rsatayotganligi, ta'sir etishni o'rganish qaysi yo'nalishda olib borilishi to'g'risida KAMalinovskiyning fikrlarini keltiramiz. 1. Abiotik muhitidagi o'zgarishlar. Bu o'zgarishlar odatda abiotik faktorlarga oldindan o'ylab ta'sir ko'rsatish oqibatida yoki insonning antropogen faoliyatining oqibatida kelib chiqadi. Bunday o'zgarishlar abiotik omillarga moslashib yashayotgan biotik omillarni qaytadan moslashishiga olib keladi, agar o'zgargan sharoitga moslasha olishni uddasidan chiqmasa populyatsiyalar qirilib ketishi mumkin. Chunki, abiotik omillardagi o'zgarishlar o'zining girdobiga gidrogeologik, geologik, meteorologik sharoitlarni buzib tashlashi, yani tuproq, suv, havo tarkibining o'zgarib ketishi tirikjonivorlarni o'zgargan muhitga bo'ladigan reaksiyasi ulardagi fiziologik funksiyalarni, biologik kundalik ritmlarni ham buzishga olib boradi. Bunday o'zgarishlar, sanoat korxonalarining tashqi muhitga chiqarib tashlanayotgan chiqitlari, meliorativ ishlarni olib borishda kechayotgan jarayonlar, qishloq xo'jaligida noto'g'ri, me'yoridan ko'p ishlatilayotgan mineral o'g'it va zaharli ximikatlar, shaharlarda, megapolislarda bo'layottan urbanizatsiya jarayonlari va boshqalar oqibatida paydo bo'lmoqda. Insonning antropogen faoliyatining biotik omillarga to'g'ridan to'g'ri ta'sir etishi oqibatida ham biotik omillarni hayotiy faoliyatini yoki tezlatishiga, yoki sekinlatirishga olib boradi. Ayniqsa, texnik jarayonlarning muhit sharoitiga ta'siri anchagina kuchlidir. Texnik jarayonlarni to'g'ridan to'g'ri tirik organizmlarga ta'sir ko'rsatishi muvozanatni buzib yuboradi. Jumladan, mahsulotlarni yer maydonidan mexanizmlar yordamida yig'ishtirib olish, yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.25 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.25 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga