Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik iqtisodiy xususiyatlari va istiqbolli yo'nalishlari Reja: 1. Ikkilamchi resurslar va ularning asosiy manbalari. 2. Ikkilamchi resurslardan foydalanishda chet el tajribalari va ularning samaradorligi. 3. O'zbekistonda chiqindilarni boshqarish bo'yicha Milliy Strategiya loyihasi va ulardan foydalanish. 4. Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik-iqtisodiy ahamiyati. 1. Ikkilamchi resurslar va ularning asosiy manbalari. Inson xo'jalik faoliyati, ayniqsa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ko'p miqdorda chiqindilar paydo bo'ladi. Ularning paydo bo'lish manbalariga ko'ra 3 asosiy guruhga bo'linadi: 1) ishlab chiqarish chiqindilari; 2) istemol chiqindilari; 3) utilizatsiya chiqindilari; Ishlab chiqarish jarayonlarida paydo bo'ladigan xom ashyo qoldiqlari, materiallari, yarim fabrikatlar kiradi va ular dastlabki istemol sifatlarini qisman yoki to'liq yo'qotgan bo'ladi. Istemol chiqitlari o'zlarining istemol sifatlarini yo'qotgan va istemolda bo'lgan mahsulotlar hamda ularga yo'ldosh buyumlardir. Foydalanish imkoniyatlariga ko'ra utilizatsiya qilinadigan (foydalaniladigan, ishlatiladigan) va utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilarga bo'linadi. Birinchisi uchun qayta ishlash texnologiyasi va xo'jalik oborotiga kiritish texnologiyasi mavjud, ikkinchisi uchun hozirda shunday texnologiya ishlab chiqarilmoqda. Chiqindilarni hosil bo'lushiga ko'ra guruhlarga bo'lish bilan bir qatorda, ularni hosil bo'lishini hududiy xususiyatlarini ham o'rganish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish korxonalarini, qayta ishlash texnologiyalarini hududiy joylashtirish chiqindilarni tarkibiy va miqdoriy xususiyatlariga bog'liqdir. Quyida O'zbekiston Respublikasi bo'yicha qattiq maishiy chiqindilarni hosil bo'lishini viloyatlar bo'yicha taqsimlanishini ko'rib chiqamiz. Respublikada 199 yilda qattiq maishiy chiqindilar to'planishi ( jamiga nisbatan foizda) Yuqoridagi jadvalda berilgan ma'lumotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, mamlakatimizda hosil bo'ladigan qattiq maishiy chiqindilarni 42,8 % zi, yani yarmiga yaqini Toshkent vilayatiga to'g'ri kelishini ko'ramiz. Boshqa viloyatlarda ham qattiq maishiy chiqindilarni hosil bo'lishiga ko'ra 2. Ikkilamchi resurslardan foydalanishda chet el tajribalari va ularning samaradorligi. Inson xo'jalik faoliyati oqibatida bir necha yuz xil chiqindilar paydo bo'ladi. Ularning bir necha turlari: metall, plastmassa, qog'oz, shisha, yog'ochlardan foydalaniladi xolos. Materiallardan ikkilamchi foydalanish atrof muhit muhofazasining qator majmua muammolarini yechishga xizmat qiladi: birlamchi xom ashyo istemoli kamayadi, atrof muhitning ifloslanishi kamayadi, mehnat resurslari xom ashyoni qayta ishlash jarayonidan ozod bo'ladi. Ko'pchilik mamlakatlarda birlamchi xom Ashe resurslarining tugashi texnologiyalarni faqat ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlashga ko'chirishga olib keladi, bu esa katta iqtisodiy samara berayotir. Masalan, makulaturani qayta ishlashdan olingan qog'ozga yog'ochdan olinadigan qog'ozga nisbatan 60% kam energiya sarflanadi va bunda havoning ifloslanishi 15% ga, suvning ifloslanishi 60% ga kamayadi. Temir tersakdan olinadigan po'lat rudadan olinishga nisbatan 70% ga arzonga tushadi. Hozirgi paytda chet ellarda gazeta makulaturasini, plastmassa, shisha idishlar, temir, rangli metallar hamda eskirgan texnologiyalarni utilizatsiya qilishning eng samarali va tejamli texnologiyalari ishlab chiqilib, amaliyotda qo'llanilmoqda. Germaniyada plastmassa chiqindilarining umumiy hajmi 2,5 mln tonna. Shundan 1 ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.22 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.22 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc