Reja: Fan-texnikaning taraqqiyoti, inqilobi va rivojlanishi. Fan-texnika taraqqiyoti ta'siri ostida demografik vaziyat. Fan-texnika yutuqlarining tibbiyotdagi o'rni. Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi Fan-texnika taraqqiyoti va sharoitlarida insonning tabiat bilan o'zaro munosabatlari, sifat jihatdan yangi shakl kasb etadi. Zamonaviy texnika bilan jihozlangan vositalar bilan va mehnat qurollaridan foydalanish tabiat bilan intensiv ravishda moddalar almashishiga ko'maklashishida va inson yashab turgan muhitning dastlabki tabiiy mazmunining o'zgarishiga olib keldi. Shu bilan birga fan-texnika inqilobi ba'zi bir xollarda ham inson ham tabiat zarariga, inson bilan tabiat o'rtasidagi aloqa jarayoni muvozanatining buzulishiga olib keladi. Inson muhit tizimiga yangi tibbiy biologik muammolar paydo bo'ladi. Ana shu muammolarning ba'zilari O'rta Osiyo mintaqasiga ham xosdir. Zamonaviy fan-texnika inqilobi negizida, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning intensiv rivojlanishi agrosanoat majmuida kimyolashtirishning keng qo'llanilishi yangi yerlar o'zlashtirilishi va g'oyat yirik hududiy komplekslarning qurilishi katta ijtimoiy iqtisodiy o'zgarishlar bilan birga qator yangi ekologik muammolarni ham k'ondalang qo'ymoqda. Vujudga kelgan ekologik vaziyat inson hayot faoliyatinign ijtimoiy va ekologik tomonlari o'rtasida ziddiyatli sharoitlar yuzaga kelishida muhim omil bo'ldi. Buning natijasida mintaqa atrof-muhitga mos bo'lmagan o'zgarishlar bilan bog'liq bir qator patologik holatlar yuzaga kela boshladi. Ular esa odam organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Insonning ijtimoiy va ekologik rivojidagi ziddiyatlar bu ilmiy texnika va ekologik siyosatni amalgam oshirishdagi nomuvofiqlikning bevosita ifodasidir. Fan va texnikaning rivojlanishi inson, jamiyat va tabiat evolyutsion ekologik rivoji bilan dialektik birlik va ziddiyatli holatda bo'ladi. Fan-texnika taraqqiyoti bir tomondan, hozirgi zamon kishisining hayot faoliyati barcha tomonlarni yaxshilashda juda katta imkoniyatlar yaratadi. Fan-texnika taraqqiyoti ta'siri ostida demografik vaziyat jiddiy ravishda o'zgaradi. Bu o'zgarish o'limning kamayishi va o'rtacha umr ko'rishning uzayishi bilan tavsiflanadi. Fan-texnika taraqqiyoti tibbiyotning barcha tarmoqlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Davolash tashxis sifat jihatdan o'zgardi, kasalliklar oldini olishning ko'pgina yangi uslublari yaratildi, dori-darmonlar biologic jihatdan faol moddalar xili kengaydi, organizmni kuzatish va hayotni ta'minlashning yangi avtomatik hamda o'zini-o'zi tartibga soladigan tizimlari yuzaga keldi. Ichki organlarni ko'chirib o'tkazish, ularni protezlash imkoniyati tug'uldi. Mikroelektronika, kompyuter bilan jihozlangan zamonaviy apparatlar bilan foydalanish inson organizmida ro'y beradigan fiziologiya va potologiya jarayonlariga chuqur kirib boorish imkonini beradi. Fan-texnika yutuqlari O'zbekistonda ham tibbiyotda ya'ni tibbiyot faoliayti xususiyatlarini tubdan o'zgartirib yubordi. Hozirgi vaqtda Respublika klinikalari va ilmiy tadqiqot institutlarida zamonaviy tibbiyot texnikalari muvofaqqiyatli qo'llanilmoqda. Rengen - radio qurilmasi va monitorlar, a'zolar vazifasini bajarib turuvchi va organizmdan tashqarida qonni shimdiradigan apparatlar, yordamchi qon aylanishi va o'pkani sun'iy tozalash qurilmalari shular jumlasidandir. Ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-ekologik siyosat mushtarakligini ta'minlash, nafaqat ma'naviy kamol topgan insonni shakllantirish imkonini beradi, balki uning ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi suratlarda mos ravishda jismoniy ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.95 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.95 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc