Individlar ekologiyasi Reja: 1. Yer sayyorasida tirik organizmlarning tarqalish chegaralari. 2. Tirik organizmlarning asosiy guruhlari. O'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar. 3. Hayvonlarning turlar miqdori va ularning tiplar bo'yicha taqsimlanishi. 4. Yashash muhiti va undagi omillar. Abiotik, biotik va antropogen omillar. Biosfera. Yer sayyorasining tashqi qismlari (atmosfera, gidrosfera, litosfera) da tarqalgan va uning dastlabki holatini o'zgartirgan tirik organizmlar yashovchi qobig'i biosfera deyiladi. Biosfera havo qobig'inining pastki troposfera qismini, deyarli butun gidrosferani va litosferaning ustki qismini o'z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda Yerda hayotning paydo bo'lganiga qariyb 2-2,5 mlrd yil bo'lgan deb hisoblashadi. Yerning suv va quruqlik qismlari o'z organizmlariga ega bo'lsa, faqat havoda hayot kechiruvchi hamda litosfera va gidrosfera bilan bog'lanmagan organizmlar umuman yo'q. Lekin shunday bo'lsa ham ayrim tirik organizmlarning vakillari havoda ma'lum vaqt davomida aktiv yoki passiv holda hayot kechirishi mumkin. Lekin ular oqibatda yer betiga yoki suvga oziqlanish uchun (dam olish va hoka'zolar) tushishga majburdir. Biosferaning eng ustki chegarasi 10-15 km balandlikdan iborat. Bunday balandda tirik organizmlarning ayrim vakillari, jumladan, bakteriyalar, zamburug'' sporalari, bir hujayrali hayvonlarning spora va sistalari topilgan. Aslida biosferaning maksimal eng yuqori chegarasi ozon qatlami hisoblanib, u tirik organizmlarga salbiy ta'sir etuvchi ultrabinafsha va kosmik nurlardan himoya qiladi. Ozon qatlami okean sathidan 20-50 km balandda joylashgan. Quruqlikda yashovchi organizmlar Yer sathidan havoga 50-100 m.dan balandga ko'tarilmaydi. Lekin ushbu balandlikdan yana yuqori ko'tarilgan sari organizmlar soni keskin kamaya boradi va 1 km dan so'ng ular deyarli uchramaydi. Shunday bo'lsa ham ayrim qushlarning ko'chib o'tishi 100-300 m balandlikda, ayrim hasharotlar shamol bilan 4-5 km balandga, Markaziy Osiyoning 4-5 km balandlikka ega bo'lgan tog' cho'qqilarida anchagina turdagi o'simlik va hayvonlarni uchratish mumkin. Shuningdek, 8,2 km balandlikka ega bo'lgan Everest tog' cho'qqisida Alp zog'chasi uchragan. Litosferaning 2-3 km chuqurligida joylashgan neft konlaridagi suvda mikroorganizmlar topilgan. Ko'p yillik daraxtlarning ildiz sistemasi 8-10 m. chuqurlikka yetib boradi. Ayrim kemiruvchilar (yumronqoziq va sug'ur)ning inlari 6-7 m. chuqurlikkacha tushib boradi. Termitlarniki 5-6 m, tuproq nematodalari 8 metrgacha tushib boradi. Lekin aksariyat organizmlarning turlari, asosan 1 m. gacha chuqurlikda joylashgan. Tirik organizmlarning ayrim turlari gidrosferaning maksimal chuqurligida (11 km) yashashga moslashgan. Masalan, pogonoforalar bunga misol bo'ladi. Ushbu hayvonlar 1951-56 yillarda tinch okeanining Tuskaror pastligida tashkil qilingan ekspedisiya (Zenkevich) tufayli topilgan. Gidrosferaning ancha chuqur qatlamlarida ko'pincha o'limtikxo'r, chirindixo'r (detritofag) va yirtqich organizmlar uchraydi. Suv o'simliklari va fitofag suv hayvonlarining aksariyati, asosan, 300-500 metr chuqurlikkacha tushib boradi. Lekin ayrim kuchli sho'rlangan (23-32% li tuzli) suv havzalarida organizmlar uchramaydi. Masalan, Armanistondagi tuz ko'li (32% tuz) suvida tirik organizmlar yashamaydi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.58 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.58 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc