Inson ekologiyasi haqida tushuncha

Inson ekologiyasi haqida tushuncha

O'quvchilarga / Ekologiya
Inson ekologiyasi haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Inson ekologiyasi va uni o'rganish uslublari. 2. tashqi muhit omillarining inson organizmiga ta'siri. 3. Ekologik muvozanatning buzilish sabablari. 4. Insonning moslashuvi va ekologiyasi. Fan - texnika taraqqiyoti jadallashgan sari insonning atrof -muhitga bo'lgan munosabati ham o'zgarib, u tabiiy boyliklarni bugun kechagidan, ertaga bugungidan ko'proq miqdorda olishga harakat qiladi. Bu jarayon kuchaygan sari ming-ming yillar davomida barqaror bo'lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabat murakkablashdi va tabiat faloqat yokasiga kelib qoldi. Albatta, tabiiy boyliklardan foydalanish kerak, lekin ulardan ehtiyojga yarasha, me'yorida foydalanishni hamma joyda amalga oshirish, tabiatni izchillik bilan boyitib ayniqsa, o'simliklar va hayvonot dunyosini uning komponentlari (tashkil etuvchilari) o'rtasidagi o'zaro tabiiy munosabatni barqaror saqlab turish zarur. Inson ekologiyasi deganimizda tashqi muhitdagi xilma-xil omillarning ta'siri tufayli kishi jismida yuz beradigan o'zgarishlarni anglaymiz. Inson ekologiyasi juda serqirrali fan bo'lib, tashqi muhitning barcha omillari, havo harorati, yorug'lik, namlik, radiatsiya, shovqin, vaznsizlik holati shuningdek, xar-xil tabiiy ofatlar, zilzila, dovul, qurg'oqchilik, suv toshqini, yong'inlar hamda tirik organizmlarning o'zaro bir-biriga ta'siri tushuniladi. Bu barcha omillarning ta'siri kishini hoxishga bog'liq emas. Bulardan tashqari kishilar o'zlari qurgan korxonalar, irrigatsiya inshootlari, transport vositalaridan chiqqan zaharli chiqindilar, qishloq xo'jaligida keng qo'llanilgan kimyoviy moddalar ham havoni, suvni, yerni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini buzib inson sog'ligiga katta zarar keltiradi. Inson ekologiyasi yoki antropoekologiya ijtimoiy jamiyatning markaziy bo'lagi, uning ijtimoii-tabiiy va tabiiy-ilmiy asosidir. Inson ekologiyasi o'zida demografiya, tibbiyot, morfologiya, antropologiya, genetikaning tegishli qarashlarini umumiylashtiradi. Bu fanlar tadqiqot obyekti bir ekanligi negizida bir bo'lakda uyg'unlashadi. O'sha obyekt inson bo'lib, u ikki dunyo tabiiy va ijtimoii dunyoga tegishli nodir jonzotdir. Bunda shu narsani ta'kidlash lozimki, «inson - tabiiy muhit» muammosi munosabati bilan insonni o'rganishda e'tibor beriladigan asosiy obyekt umuman inson va hatto uning ekologiyasi emas, balki inson ekologiyasining tabiat bilan aloqasi orqali namoyon bo'ladigan qismidir. Inson ekologiyasi - bu majmuiy fanlararo ilmiy yo'nalishdir. U odamlar populyatsiyalarining atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri qonuniyatlarini, bu o'zaro aloqa ta'sirida aholining o'sishini, maqsadga yo'naltirilgan boshqaruv muammolarini, aholi salaomatligini saqlash va rivojlantirish muammolarini tadqiq etadi. Inson ekologiyasida, uning asosiy yo'nalishlarida ijtimoiy - maqsadli negiz ustun turishi aniq, zero insonning tabiat bilan jamiyat orqali bevosita o'zaro ta'sirini o'rganish bu fan predmetining obyektiv mazmunini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan inson ekologiyasi-bu ijtimoiy ekologiyaning inson va odamlar populyatsiyasi bilan uni o'rab olgan tabiiy va ijtimoiy muhit o'zaro ta'sir qonuniyatlarini o'rganadigan bo'limii yoki antropodemoekotizim ichidagi ijtimoiy - biologik munosabatlar haqidagi ilmiy yo'nalishdir. Insonning morfofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda noosferaviy o'zgarishlar jarayonida YEr regionlarini, biosfera rayonlarini ishlab chiqarish - xo'jalik, iqtisodiy maqsadli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.25 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.25 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga