Inson ekologiyasida ijtimoiy va biologik umumiylik (yaxlitlik) Reja: 1 .Turli sohalarnint inson ekologiyasiga ta'siri 2. Inson ekologiyasining demografik tomoni 3. Insonning tabiiy, ijtimoiy muhitga moslashishi 4. Hayvon organizmlarining atrof-muhit sharoitiga moslashishi. Inson ekologiyasida ijtimoiy va biologik o'zaro bog'lanish uning mehnati elementlarida, shaklida, sharoitlarida, mehnat jarayonlarida, yashash sharoitida, shaxsiy hayotida ko'rinadi. Mehnatning har bir elementi organizmning ontogenez jarayonidan boshlab, to ijtimoiy-biologik taraqqiyotiga, rivojiga o'z ta'sirini namoyon qiladi. Jumladan, insonning istemol mahsulotlarining qiymatini yaratishda qatnashishi uning jamiyat hayotida o'z o'rnini topishidan va ijtimoiy-biologik bog'lanishidan darak beradi. Yani, boshqacha qilib aytganda, insonning abstrakt va aniq (konkret) mehnat jarayonida, ijtimoiylik va ijtimoiy-biologiklikning dialektik bog'langanligi, umumiyligi yaqqol ko'rinadi. Ayrim shaxe, guruhlarning ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida ko'p qirrali va murakkab munosabatlari, insonning konkret mehnat faoliyatidagi, mehnat sharoitidagi odob, psixologik ahvol, ishlab chiqarishning unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishdagi boshqa faktorlarning inson organizmiga, uning sog'ligiga ta'sir etishini o'rganishni vazifa qilib qo'yadi. Bunday yondoshish oqibatida ilmiy-texnika taraqqiyoti bosqichlarida mehnat jarayonlarining ijtimoiy, biologik va iqtisodiy o'zaro bog'lanishlarini yaqqol kuzatish mumkin. Masalan, shunday tarzda baholamoq «inson, texnika va tabiat» sistemasida asosan ijtimoiylikning rolini tan olishdir. Shunday qilib, inson va jamiyatni bir-butun bo'lib shakllanishi bu asosan ijtimoiy va ijtimoiy-biologik hodisadir. Shuni aytmoq zarurki, insonning jamiyatdagi o'rniga qarab unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar ko'p qirralidir. Insonga ko'rsatiladigan ta'sirotlar, jumladan, mehnat sohasida, turmush, uy-joy, moddiy holat, ijtimoiy xizmat va boshqa sohalarda o'ziga yarasha ta'sirlar bo'ladiki, undan inson qochib qutila olmaydi. Bu omillar alohida va birgalikda odamlarning sog'ligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Biz, inson ekologiyasini «inson, jamiyat va tabiat» sistemasida o'rganar ekanmiz, quyidagi o'zaro ta'sirlarni ajratamiz. Yani, 1»shntaqaviy, tarmoqli (sohali), mehnat kollektivlari darajasida, ish joyida va korxonadagi bo'ladigan ta'sirlar. Bunda hal etuvchi bo'lib ijtimoiy faktorlar hisoblanadi, yani: alohida va jamoa bo'lib ishni tashkil qilish jarayonlarida ijtimoiy va biologik faktorlarning ta'siri; ayrim, konkret insonning mehnat faoliyatini tashkil qilishda fiziologik, psixologik holatning ta'siri; har bir ishlab chiqarish operatsiyasida aqliy va jismoniy mehnatning ta'sir etishi va boshqalar. Har holda inson organizmiga har qanday mehnat, uning tashkiliy tomoni, sifati, mehnat qilish davri ta'sir ko'rsatadi va organizm ham ularga doimo reaksiya beradi va o'ziga yarasha ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday ziddiyatlarni bartaraf etishda ilmiy-texnikaning natijalaridan ishlab chiqarishda, mehnat qilishda foydalanish, mehnatni takomillashtirish katta rol o'ynaydi. Mintaqa darajasidagi ta'sirotlar: Yu.Shodimetovning fikricha, bunga yaqqol misol bo'lib O'rta Osiyo mintaqasi hisoblanadi. Jamiyatning texnika taraqqiyoti, mehnatni tashkil qilishga, aholining sihat-salomatligini asrashga nisbatan yangicha yondashishni taqozo qiladi, unda masalani ijtimoiy-gigiyenik, psixofiziologik va ekologik nuqgai nazarlari hisobga olinmog'i kerak bo'ladi. Hozirgi zamon kishilariga borgan sari kuchliroq ta'sir etuvchi faktorlar miqdori ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.2 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.2 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc