Inson faoliyatining asosiy turlari Mehnatkashlarning hayoti va sog'ligini muhofaza qilish O'zbekiston Respublikasining mehnat qonunlarikodeksi bilan hamda xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga oid normalar bilan kafolatlangan. Mehnat qonunlarga mehnat bozori samarali amal qilishni adolatli mehnat sharoitlarini, xodimlarning mehnatga doir huquqini himoya qilinishini, mehnat unumdorligi o'sishini, ish sifatini yaxshilanishi va shu asosida mehnat bilan birga mulkchilikning turli shakldagi korxonalarda mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan barcha shaxslarning mehnatga doir munosabatlarini tartibga soladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xar bir kishi mehnat qilish, qonunda belgilangan tartibda erkin ish tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Majburiy mehnat taqiqlanadi. Respublikamizda mehnat qonunchiligi faqatgina ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarining oldini olish vazifalarinigina ko'rib cheklanmay, balki xodimlarni ishdan bo'shatishni va xodimlar bilan korxona ma'muriyati o'rtasidagi janjalni muhokama etishni tartibga soladi va mehnatkashlar manfaatini himoya qiladi. Ayollar mehnatidan og'ir ishlarda va mehnat sharoitlarida zararli bo'lgan ishlarda, yer osti ishlarida foydalanish taqiqlanadi. homiladorlar ayollarni va bolasi uch yoshga yetmagan ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari ishlatishga, dam olish kunlarida ishlatishga va kamandirovkaga yuborishga yo'l qo'yilmaydi. Ayollarga bolasi bir yarim yoshga etkunga qadar qisman xaq to'lanadigan otpuska beriladi. Bundan tashqari, bolasi uch yoshga to'lgunga qadar qo'shimcha otpuska xam beriladi. Ayollarni homiladorligini yoki bolasi borligini boxona qilib ishga qabul qilmaslik yoki ish xaqqini kamaytirish taqiqlanadi. 16 yoshga to'lmagan shaxslarni ishga qabul qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Kasb hunar bilim yurtlarining o'quvchilarini o'n to'rt yoshga to'lgandan keyin ota-onasining roziligi bilan yengil ishlarni bajarishga qabul qilishga yo'l qo'yiladi. 18 yoshga to'lmagan o'smirlar og'ir ishlarda va mehnat sharoiti zararli yoki xavfli bo'lgan ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Ularni meditsina ko'rigidan o'tkazilgandan keyingina ishga qabul qilinadi, shuningdek xar yili meditsina ko'rigidan o'tib turishlari shart. 18 yoshga to'lmagan o'smirlarning tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Ularni ishdan bo'shatish tumandagi voyaga yetmaganlar komissiyasining roziligi bilangina yo'l qo'yiladi. Korxona ma'muriyati sog'lom va xovfsiz ish sharoitlarini yaratishlari ko'zda tutilgan. ma'muriyat ishlab chiqarishda xavfsiz texnika vositalarini tadbiq qilish, sanitar-gigiyenik sharoitlarini yaratish, turli kasbiy kasalliklarni oldini olish choralarini ko'rishlari zarur. Shu bilan birga ishchi xodimlar o'rtasida texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi bo'yicha instruktajlar o'tkazib turish ma'muriyatga yuklanadi. ma'muriyat kasaba uyushmasi qo'mitasi hamda boshqa davlat organlari bilan birgalikda baxtsiz hodisalarni o'z vaqtida qo'rib chiqishlari shart. Korxona ma'muriyati tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuqori idora organlari, maxsus davlat inspeksiyasi (Gos energonadzor), prokratura shuningdek kasaba soyuz organlari va ularning rahbarligidagi jamoatchilik nazorat qiladi. Kasaba soyuzlarning ishlab chiqarishdagi kumitalari xuzuridagi mehnat muhofazasi bo'yicha komissiya tashkil kilinadi. Komissiya mehnat qonunchiligiga, xavfsizlik texnikasiga ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
136.53 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
136.53 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: ppt