Odam faoliyatining atmosfera va suv zaxiralariga ta'siri Reja: Atmosferaning ifloslanishi. Kislotali yomg'irlar. Parnik effekti. Suv zahiralari. Chuchuk suvlar va dengizlarning ifloslanishi. Atmosfera. Planetamiz atmosferasi Yer massasining milliondan bir qismini tashkil etadi. Lekin atmosfera biosferadagi jarayonlarga juda katta ta'sir etadi. Atmosfera planetamizning issiqlik rejimini belgilab beradi hamda uni kosmik va ultrabinafsha nurlarining haloqatli ta'siridan himoya qiladi. Atmosfera tsirkulyatsiyasi muayyan hududlar iqlimiga va u orqali daryolardagi suv rejimi, tuproq va o'simliklarga ta'sir ko'rsatadi. Atmosferaning hozirgi tarkibi. Yer planetamizning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida tarkib topgan. Atmosfera asosan, azot va kislorod aralashmasidan iborat. Unda inert gaz, argon va karbonat angidrid, juda oz miqdorda inert gazlar (neon, geliy, kripton, ksenon), ammiak, metan, ozon, oltingugurt oksidi va boshqa gazlar bor. Bundan tashqari atmosferada Yer yuzasidan keladigan qattiq zarrachalar yonish va vulqonik mahsulotlar, tuproq zarrachalari, kosmosdan keladigan kosmik chang hamda har xil o'simlik, hayvon va mikroblar mahsulotlari, shuningdek suv bug'i bo'ladi. Atmosferaning ifloslanishi. Atmosferadagi salbiy o'zgarishlar asosan, atmosfera havosida ikkinchi darajali moddalar miqdorining o'zgarishi bilan bog'liq. Atmosfera ifloslanishning tabiiy va antropogen manbalari bo'ladi. Atmosferaning tabiiy ifloslanishi Yer yuzining ayrim hududlarida sodir bo'lib turadigan tabiiy ofatlar: vulqonlarning otilishi, changli to'fonlar, o'rmonlarning yonishi, organik qoldiqlarning chirishi bilan bog'liq. Bunday ofatlarda atmosferaga ko'p miqdorda oltingugurt oksidi, vodorod sulfid, uglerod oksidlari, boshqa gazlar, chang va organik zarralar ko'tariladi. Changli to'fonlarning paydo bo'lishi va kuchayib borishi odam xo'jalik faoliyatining rivojlanib borishi bilan ham bog'liq. Orol dengiziga qo'yiladigan daryolarning yo'li to'silishi oqibatida dengiz tubining ochilib qolishi bu mintaqada changli to'fonlarning ko'chayishiga olib keldi. ma'lumotlarga ko'ra, Orol dengizining qurib qolgan tubidan bir yil davomida 12,5-17,5 mln tonna tuzli changlar havoga ko'tariladi. Bunday changlar, asosan Orol bo'yidagi hududlarga yog'ilib, tuproqning sho'rlanishini kuchaytiradi. Orol dengizi tubidan ko'tariladigan chang izlari Tyanshan muzliklaridan ham topilgan. Atmosferaning antropogen ifloslanishi neft, toshko'mir kabi tabiiy yoqilg'ilarning yonishi bilan bog'liq. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida atmosferaga chiqariladigan yonish mahsulotlarini o'simliklar deyarli to'liq o'zlashtirgan. Lekin yoqilg'i juda ko'p miqdorda ishlatila boshlangan hozirgi davrda atmosferada yonishning zaharli mahsulotlari kontsentratsiyasi tobora oshib bormoqda. Ular orasida oltingugurt oksidi, vodorod sulfid, uglerod oksidi-is gazi ayniqsa zaharli hisoblanadi. Atmosferada oltingugurt oksidi, ayniqsa, mis, ftor, alyuminiy eritish zavodlari yaqinida ko'proq bo'ladi. Oltingugurt oksidi o'simliklar bargidagi xlorofillni emiradi; guldagi changdonlarning etilishga salbiy ta'sir ko'rsatadi; barglarni qurib, to'qilishiga olib keladi. Oltingugurt oksidining bir qismi oltingugurt angidridigacha oksidlanadi hamda suvda erib kislotaga aylanadi va u Yer yuziga kislotali yomg'ir bo'lib yog'iladi. Kislotali yomg'irlar organizmlar va binolarga zarar etkazadi, o'simliklar o'sishi uchun zarur bo'lgan chirindilar (gumus) ni tuproqdan yuvib ketadi. Bundan tashqari tuproqda ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.92 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.92 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc