Inson faoliyatining tuproq muhitiga ta'siri

Inson faoliyatining tuproq muhitiga ta'siri

O'quvchilarga / Ekologiya
Inson faoliyatining tuproq muhitiga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Odam faoliyatining tuproq muhitiga ta'siri Tuproqning hosil bo'lishi. Tuproq- quruqlikning tirik organizmlar va iqlim ta'sirida ona jinsdan hosil bo'lgan g'ovak yuza qismi. Tuproq tarkibi juda murakkab bo'lib, u mineral jinslar (qum, cho'kma, loyqa), detrit (organik qoldiqlar) va xilma-xil tirik organizmlardan iborat. Tuproq - mineral moddalar, detrit va tuproq organizmlarining o'zaro dinamik ta'siri natijasida hosil bo'lgan biokos sistema hisoblanadi. Tuproq hosil bo'lishi, tog' jinslarining iqlim (harorat, suv) ta'sirida emirilishi, cho'kma chang zarralarining shamol, suv bilan kelib qolishidan boshlanadi. Bu substratga mikroorganizmlar, lishayniklar, yo'sinlar, mayda suv o'tlari, mikroskopik hayvonlar tushib qolishi bilan sodda ekosistema shakllanadi. Asta-sekin boshqa o'simliklar va hayvonlar kirib kelishi bilan ekosistema murakkablashib, uning anorganik va organik tarkibi o'rtasida xilma-xil bog'lanishlar paydo bo'lishi natijasida tuproq hosil bo'ladi. Tuproqning xususiyatlari uni hosil qilgan ona jins va iqlim sharoitiga bog'liq bo'ladi. Uning tarkibiy qismlari, iqlim va o'simlik qoplami o'rtasida mutanosiblik tarkib topishi bilan tuproq hosil bo'lishi jarayonlari ham poyoniga etadi. Tuproqning shakllanish jarayoni ekosistemalarning suktsession o'zgarishiga o'xshaydi. Tuproqning tarkibi. Tuproq xuddi tirik organizmga o'xshash. Unda har xil murakkab jarayonlar sodir bo'lib turadi. Uning yuza qismi, odatda ko'p miqdorda o'simlik va hayvonlar qoldig'idan hamda turli xil organizmlardan iborat. Bu organizmlar tuproqdagi organik qoldiqlarni parchalab, gumus hosil qiladi. Tuproqning unumdorligi gumus miqdoriga bog'liq. Tuproqda juda ko'p tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug''lar, suv o'tlari, bir hujayrali hayvonlar, yomg'ir chuvalchanglari, hasharotlar va ularning lichinkalar hamda boshqa hayvonlar yashaydi. Ular o'zaro dinamik bog'langan murakkab detrit to'rini hosil qiladi. Bu organizmlar tuproqning shakllanishi, uning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishida juda muhim ahamiyatga ega. O'simliklar zarur mineral moddalarni suvda erigan holda tuproqdan olib, o'z tanasini tiklaydi. Ular qoldig'ini tuproq organizmlari parchalaganida mineral moddalar yana tuproqqa tushadi. Bu moddalarni o'simliklar yana qaytadan o'zlashtiradi. Shunday qilib, tabiiy sharoitda tuproqda moddalar almashinuvi jarayoni to'xtovsiz sodir bo'lib turadi. Agrotsenozlarda qishloq xo'jalik ekinlari hosilining ko'p qismini odam yig'ishtirib olgani tufayli tuproqda moddalar aylanish jarayoni buziladi. O'simlik o'sishi uchun zarur bo'lgan mineral elementlar kamayib, tuproq kam hosil beradi. Bunday holat yuz bermasligi uchun odam tuproqqa mineral va organik o'g'it soladi. Tuproq eroziyasi. Eroziya-tuproqning unumdor yuza qatlamining buzilishi, suv va shamol ta'sirida yuvilishi yoki uchirib ketilishidan iborat. Eroziya tabiiy sharoitda juda sekin sodir bo'lib turadi. Bu jarayonga odamning oralashuvi esa tabiiy muvozanatning buzilishiga olib keladi. Ko'p hollarda odamning xo'jalik faoliyati tuproqning ifloslanishi, tarkibining o'zgarishi, hatto uni butunlay yo'q bo'lib ketishiga olib keladi. Hozirgi davrda planetamizdagi har bir kishiga bir gektardan kamroq haydaladigan yer to'g'ri keladi. Lekin bu maydon ham odamning xo'jalik faoliyati tufayli tobora qisqarib bormoqda. Kon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.82 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.82 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga