Inson salomatligi va uni muhofaza qilish

Inson salomatligi va uni muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Inson salomatligi va uni muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Tabiat bilan inson o'rtasidagi muammo. 2. Ekologik muhitning inson salomatligiga ta'siri. 3. Sog'lom yashash va turmush tarzini shakillantirish muommolari. 4. Demografik muammolar. Inson o'zining paydo bo'lishi, evolyutsion taraqqiyot yo'lini bosib o'tishi jarayonida o'z yashash muhitining sifat ko'rsatgichiga ta'sir etib kelgan. Lekin sanoat va boshqa sohalar ishlab chiqarishning rivojlanishi, uning bu xilda ko'rsatadigan ta'sirini nihoyatda kuchaytirib yubordi. Darhaqiqat, ishlab chiqarish va sivilizatsiyaning rivojlanishi hayot uchun zarur bo'lgan komponentlar - havo, suv va tuproqni ifloslantiradi.Bu komponentlardan hamma tirik organizmlar, shuningdek odam organizmiga ham tana uchun tamoman yot bo'lgan zararli moddalar ko'p kirib keladi. Ularning bazilari odamlarning g'ashiga teguvchi, boshqalari zaharlovchi (toksik) va yana boshqalari mutagen va kantserogen ta'sirlarga ega bo'ladi. Inson salomatligi taraqqiyotini ta'minlash va uning umrini uzaytirish muommolari fan so'nggi bosqichga o'tgan sari amaliy antropoekologiya talqinida o'z yechimiga ega bo'laveradi. Oddiyroq fikr yuritib, inson salomatligini ta'minlash va umrini uzaytirish nimalarga bog'liq ekanligini aniqlashga harakat qilinsa, samarali tarzda oziqlanish, atrof-muhitning salbiy ta'sirlaridan himoyalanish va malum tizimga kirib kelgan turmush tarzini keskin o'zgartirmaslik lozim ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Binobarin, salomatlik deganda, odamning biologik, psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan o'zini faol va o'ta faol tarzda namoyon qilishining optimal holati tushiniladi. Bunday holat odam organizmining ichki va tashqi holatlariga, shuningdek uning umri davomida duch keladigan xilma xil o'zgaruvchan sharoitlarga bog'liq tarzda o'zgarib turadi, yani yosh bolalarda, voyaga etganlarda, qariyalarda, jismoniy yoki aqliy mehnat bilan mashg'ul bo'lgan xilma -xil ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Taniqli ingliz faylasufi Tomas Karleyl «Sog'lom inson tabiatning eng qimmatbaho asaridir» deb etirof etgan edi. So'nggi o'n yillar davomida tashqi muhitning (havo, suv, tuproq va boshqa) ifloslanishi tufayli yurak tomir, jigar - buyrak, oshqozon - ichak, o'pka, qon - asab,allergiya va bepushtltk kasalliklarining ko'payishi ko'zga yaqqol tashlana boshladi. Shuning uchun hozirgi kunda muhit muhofazasi - davr muammosi bo'lib, insoniyat oldiga juda katta va murakkab masalalarni ko'ndalang qilib qo'ymoqda. Hozirgi kunda tabiat bilan inson o'rtasida, jamiyat bilan muhit o'rtasidagi muammo yechimini kutayotgan tugunlardan biri hisoblanadi. Bu tugunlarni echganda asosiy muammolardan biri antropogen faktor tomonidan ekologik omillardan haddan tashqari mantiqsiz foydalanishi natijasida, tabiatning keskin darajada qashshoqlanishiga, tuproq hosildorligining pasayib ketishiga, ekin maydonining ishdan chiqishga, havoda hayot uchun havfli bo'lgan zaharli moddalarning ortib borishiga, qishloq xo'jalik mahsulotlari tarkibida inson organizmini xastalantiruvchi moddalarning ko'payishiga olib keladi. Ikkinchi muammolardan biri sanoat chiqindilari hamma joyda havoni, daryo va ko'llarni, suv havzalarini va tuproqni ifloslantirib tirik organizm va kishilar sog'lig'iga katta zarar keltirmoqda.O'zbekiston hukumati atrof muhitni muhofaza qilishga, ekologiya normalarini tadbiq etishga yo'naltirilgan dasturni amalga oshirish va odamlarda bebaho ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.57 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.57 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga