Inson salomatligiga shovqinning ta'siri

Inson salomatligiga shovqinning ta'siri

O'quvchilarga / Ekologiya
Inson salomatligiga shovqinning ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Shovqinning inson salomatligiga ta'siri Reja: Shovqin va uning paydo bo'lishi. Shovqinning ta'sir etishi. Shovqinni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar. 1. Shovqin va uning paydo bo'lishi. Shovqin aholi yashaydigan joylarda asosan samolyotlarning chiqargan kuchli tovushlaridan, temir yo'llari transportlarning gurullagan tovushlaridan, har xil mexanizmlarning ishqalanishi va bir-biriga urilishidan - eng asosiysi transportlarning harakatlanishi natijasida paydo bo'ladi. Shovqinning uzoq muddatli ta'siri natijasida inson organizmiga o'zining ta'sirini etkazadi. Shovqinning inson organizmiga ta'siri natijasida insonning eshitish qobiliyati pasayadi, nerv va yurak sistemalarining ish faoliyati buziladi va tez toliqish, o'zini zaif his etish alomatlari sezilib turadi. Izlanishlar va tajribalar shuni ko'rsatadiki, shovqinning inson organizmiga ta'siri natijasida inson organizmidagi o'zgarishlar - zaharli moddalar ta'siridan ham kuchli hisoblanadi. Shovqin paydo bo'lish asosida - egiladigan (plastik) jismlarning mexanik tebranishlari turadi. Eshitish organlari 16-200 Gs li tovush tebranishlarni qabul qiladi. 1-16 Gs chastotali tebranishlar- infratovushlarga, 200 Gs tebranishlar-ultratovushlarga kiradi. Fiziologik nuqtai nazardan inson - past, o'rta va baland tovushlarni farq qiladi. Biz har kun eshitadigan tovushlar bir-biridan farq qiladi. Inson quloqlarining sezuvchanligi tovush chastotalariga bog'liqdir. Insonning eshitish organlari eshitilgan tovushlarni balandligini, tembrini va quvvatini farq qiladi. Tovush quvvati yoki tovush shiddati tebranishlar amplitudasi tomonidan aniqlanadi. Tovush balandligi esa tovush tebranishining chastotasi tomonidan aniklanadi. Tovush chastotasi kam bulsa - u past eshitiladi, tovush chastotasi katta bulsa u baland eshitiladi. Shovqinlarni quyidagi chastotalarga bo'linadi: past chastotali (350 Gs gacha), o'rta chastotali (350 Gs dan 800 Gs gacha), baland chastotali (800 Gs dan baland bo'lgan). Baland chastotali tovushlar inson eshitish organlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. shaharlarda asosiy tovush manbalari- avtotransport, temir va havo yo'llari transportlari va sanoat korxonalari hisoblanadi. Avtotransport. Shovqin asosan shaharlarning magistral, ya'ni asosiy kuchalarida kayd etilgan. o'rta intensiv harakatda- 1 soatda 200-300 transport birligi kayd etilgan. Shovqinning maksimal darajasi 90-95 dBA -ga teng. Transport harakatining (oqimining) shovqin xarakteristikasi birinchi navbatda yul kategoriyasiga bog'liqdir. Ko'chadagi shovqin darajasi transport harakatining intensivligi, tezligi va xarakteridan aniklanadi. Sanoatlashgan shaharlarda og'ir yuk tashish transportlarning harakati nihoyatda ko'pdir. Shovqin darajasining balan bo'lishi ogir yuk mashinalarning va dizel dvigatelli mashinalarning harakatiga bog'liqdir. Avtomobil qatnov yo'llarida paydo bo'lgan shovqin har tomonga tarqaladi. Aholi yashaydigan joylarda shovqin darajasini kamaytirishning turli yo'llari mavjuddir: transport vositalarning harakat paytida tezligini pasaytirish va uni nazorat qilish; ba'zi avtomobil turlariga aholi ko'p yashaydigan joylardagi magistral ko'chalarida harakatini ta'kiklab kuyish; yashash binolarining tovush-izolyasiyasini yaxshilash; avtomobil dvigatellarining qismlarini mukammallashtirish. Temir yo'llari transportlari. Poezdlarning tezligini oshirish natijasida shovqin darajasini ko'tarishi qayd etilgan. Harakatlanayotgan elektropoezdlarning maksimal shovqin darajasi 7,5 km masofada - 93 dBA tashkil etadi. Yulovchi tashish poezdlarning maksimal shovqin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.26 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.26 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga