Inson tomonidan yaratilgan ekosistemalar

Inson tomonidan yaratilgan ekosistemalar

O'quvchilarga / Ekologiya
Inson tomonidan yaratilgan ekosistemalar - rasmi

Material tavsifi

Odam tomonidan yaratilgan ekosistemalar Agrotsenozlar Agrotsenozlar tarkibi. O'rmon, cho'l, dasht, to'qay, dengiz, daryo va boshqalar-tabiiy ekosistemalar. Ulardagi hamjamoalar uzoq evolyutsiya davomida tabiiy yo'l bilan tarkib topgan. Bog'lar, hiyobonlar, ekin dalalari, poliz, o'tloq, ixota daraxtlari va odam tomonidan yaratilgan boshqa ekosistemalar-sun'iy ekosistemalar, yani agrotsenozlar deb ataladi. Agrotsenozlarni odam yaratishi bilan birga ularni o'z maqsadiga binoan boshqarib turadi. Agrotsenozga misol qilib g'o'za dalasini olamiz. Uning o'simlik qoplami asosan g'o'za, bazan ayrim begona o'tlar (g'umay, ajriq, ituzum) dan iborat. Hayvonlar turlari ham kam, asosan g'o'za zararkunandalari: o'simlik shiralari, xon qizi, tillako'z, g'o'za tunlami qurti, ayrim qandalalardan iborat. Ayrim yillari g'o'za tunlami va g'o'za shiralari soni keskin oshib ketadi. o'za dalasi tuprog'ida ayrim hasharotlar qurtlari, tuproq nematodalari, dala chetidagi inlarda sichqonlar, chumolilar, o'rgimchaklar yashaydi. Sichqonlarni bazan tulkilar tutib eydi. Begona o'tlar urug'i bilan chumolilar va qushlar oziqlanadi, qushlar, hasharotlarni tutib eydi. Xon qizi va tilla ko'z shiralarni qiradi. Kuz chanoqlarida emishning oppoq momiq tolalar terib olinadi, g'o'zapoya o'rilib daladan olib ketiladi. Dalada g'o'zaning qurib qolib to'kilgan barglari, ildizi va begona o'tlar qoladi. Tuproq haydalib, shudgor qilinganida o'simlik qoldiqlari zamburug''lar, bakteriyalar, hasharotlar va tuproq nematodalari yordamida parchalanib, tuproqqa aralashib ketadi. Agrotsenozlarda moddalar va energiya almashinuvi. Har qanday tabiiy ekosistemalardagi singari agrotsenozlarda ham produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar bor. o'za dalasi produtsenti asosan g'o'za o'simligi, qisman begona o'tlar hisoblanadi. Shiralar, qondalalar, sichqonlar, chumolilar, g'o'za tunlami qurtlari, birlamchi konsumentlar yani o'simlikxo'r; xon qizi qo'ng'izi, oltinko'z to'rqonati, hasharotxo'r qushlar, ikkilamchi konsumentlar, yani yirtqichlar, zamburug''lar, bakteriyalar, saprofag hasharotlar, tuproq nematodalari redutsentlar, yani parchalovchilar hisoblanadi. Agrotsenozlarda ham tabiiy ekosistemalardagi singari oziqlanish zanjiri shakllanadi. O'simliklar to'plagan energiya va oziq moddalar oziqlanish zanjiri hamma pog'onalari orqali o'tadi. O'simliklar hosil qilgan biomassa va energiyaning bir qismi organizmlarning nafas olishi uchun sarflanadi; boshqa bir qismi tuproqning organik tarkibiga kiradi. Lekin, organik massa va u bilan birga to'plangan energiyaning asosiy qismi g'o'za tolasi hosili va g'o'zapoya sifatida ekosistemadan olib chiqib ketiladi. Shunday qilib, agrotsenoz va tabiiy biogeotsenoz hamjamoalarining tarkibi va funksiyasi ko'p tomondan o'xshash. Agrotsenozlarda ham oziqlanish zanjiri murakkab va o'zaro uzviy bog'langan qismlardan iborat. Agrotsenozlarning tabiiy ekosistemalardan farqi. Agrotsenozlar tabiiy biogeotsenozlardan katta farq qiladi. Ular o'rtasidagi birinchi farq tanlanishning har xil yo'nalishida bo'lishidan iborat. Tabiiy ekosistemalardagi tabiiy tanlanish tabiiy sharoitga mos kelmaydigan, yani hayotchan bo'lmagan organizmlar va ular hamjamoasini biogeotsenozdan surib chiqaradi va sistemaning barqarorligini ta'minlaydi. Muayyan omil (masalan, namlik) etarli bo'lmaganida biogeotsenozda faqat raqobatdosh turlar yashab qoladi, rivojlanib nasl qoldiradi. Agrotsenozlarda tabiiy tanlanish kuchsiz ta'sir ko'rsatadi va sun'iy tanlash asosiy ahamiyatga ega. Tanlashni odam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.3 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.3 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga