Iqlim o'zgarishi etibor markazida EKOSAN xalqaro jamoat fondi Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti Toshkent shahar filiali va Shahar Silga qarshi kurash dispanseri bilan hamkorlikda tadbir o'tkazdi. Davra suhbati ishtirokchilari Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti bosh mutaxassisi Zulfiya Mahmudova, Toshkent shahar sog'liqni saqlash Bosh boshqarmasi bosh pediatri Noila Muxamedova, Shahar silga qarshi kurash dispanseri bo'lim mudiri Shaxnoza Ibragimova, Shahar Xalq ta'limi Bosh boshqarmasi mutaxassisi Nodira Shomansurovaning Sog'lom turmush tarzi va sil, EKOSAN xalqaro jamoat fondi bo'lim boshlig'i Zaribboy Qo'zievning Toza suv, yoshlar va ekologiya mavzusidagi chiqishlaridan atrof-muhit muhofazasi borasida olib borilayotgan ishlar, muammolar va ularning yechimidagi ishtirok, dolzarb vazifalar haqida yangi ma'lumotlar, hukumat hujjatlaridan xabardor bo'ldilar. Notiqlarning malum qilishicha, hozirgi vaqtda jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan va insoniyatni tashvishga solib kelayotgan ekologik muammolar - iqlim o'zgarishi, ozon tuynugining hosil bo'lishi va Orol dengizi muammolaridan iborat. Ushbu global hisobdagi muammolar bilan bir qatorda mintaqaviy muammolarga kiruvchi suv resurslaridan foydalanish, atrof-muhitning transchegaraviy ifloslanishi, cho'llanish, yuqumli (jumladan, sil) va o'ta xavfli kasalliklarning tarqalishi, tabiiy va texnogen tusdagi kataklizmlarni, mahalliy miqyosda - muayyan hududlarning radiatsion ifloslanishi, yer osti suvlarining ifloslanishi, chiqindilarni to'planishi tashvishga solmoqda. Birgina iqlim o'zgarishi xavfli ob-havo sharoitlari, turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi ko'rinishlarida, jumladan iqtisodiy jihatdan sezilarli darajada ta'sir etmoqda, insonlarning hayoti va sog'lig'iga ekotizimlarning nobarqaror rivojlanishiga, toza ichimlik suvi tansiqligi kabi muammolarga sabab bo'lmoqda. Zarur chora-tadbirlar amalga oshirmasa, bundan ham xavfli oqibatlar vujudga kelishi mumkin. Iqlim tez darajada o'zgarmoqda, ushbu tabiiy iqlim o'zgarishiga inson faoliyati natijasida kelib chiqadigan isish jarayoni ham qo'shilmoqda. Iqlim o'zgarishi havo haroratining shunchaki ko'tarilishini anglatmaydi. Isish esa, Dunyo okeani sathining ko'tarilganligi, muzliklarning erishi, daryolar oqimining o'zgarishi hamda iqlimning barqaror emasligi bilan bog'liq boshqa global o'zgarishlarga omil bo'lmoqda. Iqlim o'zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlariga ta'sirchan hisoblanadigan Markaziy Osiyo mintaqasida haroratning 1-2 gradusga ko'tarilishi qorlarning erishi hisobiga daryolarning to'lishiga, havo haroratining 3-4 gradusga oshishi esa tog'li hududlardagi muzlarning erishiga, natijada suv resurslarining hozirgi holatidan 40 foizgacha kamayishiga sabab bo'lishi bashorat qilinmoqda. Ular bugungi sharoitda aholining adaptatsiyasi masalalarida jon kuydirish, ularning ekologik ongi va madaniyatini ko'tarish borasida targ'ibot-tashviqot ishlarining saviyasini oshirish mutassadi tashkilotlar, jumladan, sog'liqni saqlash tizimi, ta'lim sohasi vakillarining, mahallalar faollari, nodavlat va notijorat tashkilotlarning, ayniqsa, mahalliy hokimliklarning asosiy-etibortalab, kundalik vazifalaridan ekanligiga etibor qaratdilar. Endilikda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 14 kitobdan iborat O'zbekistonning ekologik elektron kutubxonasidan ushbu va boshqa ma'lumotlarni topish imkoniyati mavjudligiga ham etibor qaratildi. Uchrashuv ishtirokchilariga Orol fojiasiga bag'ishlab EKOSAN tomonidan olingan Xaritaga kirmagan sahro hujjatli filmi namoyish etildi Tadbir jarayonida maktab o'quvchilari o'rtasida Sog'lom ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.04 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.04 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc