Iqlim o'zgarishiga sabab bo'ladigan issiqxona gazlarini o'rganish

Iqlim o'zgarishiga sabab bo'ladigan issiqxona gazlarini o'rganish

O'quvchilarga / Ekologiya
Iqlim o'zgarishiga sabab bo'ladigan issiqxona gazlarini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Iqlim o'zgarishiga sabab bo'ladigan issiqxona gazlarini o'rganish Reja: 1. Iqlim o'zgarishi va insoniyat. 2. Iqlim o'zgarishining asosiy sabablari. 3. Issiqxona samarasi. 4. O'zbekistonda iqlim o'zgarish sabablari. 5. Xulosa. 6. Foydalanilgan adabiyotlar. Iqlim o'zgarishi va insoniyat. Global isish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tahdidlar Iqlim o'zgarishi - keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan jarayondir. G'arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning isish xavfi endi faqat chekka hududlarga ta'sir qiladigan muammo emas. Dunyoning deyarli barcha qismida istiqomat qilayotgan insonlar iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan hodisalarni o'z tanalarida his qilishmoqda Anomal issiq 3-7 iyun kunlari Toshkentda uch asrning maksimum harorati kuzatilgani qayd etilgandi. Poytaxtda 5, 7 va 8 iyul kunlari yana rekord darajadagi issiq harorat takrorlandi. Fransiyaning ijtimoiy masalalar va sog'liqni saqlash vaziri Anes Byuzen yozda kuzatilgan anomal issiqlik 1,5 ming kishining o'limiga sabab bo'lganini ma'lum qildi. Kanadaning Britan Kolumbiyasi provinsiyasida anomal issiq havo sababli deyarli 500 kishi vafot etgan. Provinsiyada havo harorati rekord ko'rsatkich - 49,6 darajaga yetgan. Bungacha Kanadada harorat 45 darajadan oshmagan. Yaponiyada sakkiz mingdan ortiq odam kasalxonalarga yotqizilgan. Bunga jazirama tufayli issiqlik urishi sabab sifatida ko'rsatilgan. Bu hodisalarning har biridan iqlim o'zgarishi insoniyatga qanchalik xavf tug'dira boshlaganini ko'rishimiz mumkin. Mutaxassislar asrlar davomida dengiz sathining ko'tarilishini bashorat qilmoqdalar, ilgari «asr toshqini» deb hisoblangan narsa 80 yil ichida har yili sodir bo'ladigan hodisaga aylanishi mumkin. Cloud to Street» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, XXI asr boshidan buyon suv toshqinidan jabr ko'rgan odamlar soni 24 foizga ortgan. Bu ko'rsatkich olimlarning prognozidan 10 barobar ko'p. Olimlarning hisob-kitobicha, 200 yildan 2018 yilgacha toshqinlar sayyoramizning 2,23 mln kvadrat kilometrlik hududiga zarar keltirgan, toshqinlardan 290 millionga yaqin kishi jabr ko'rgan. Suv toshqinlarining qariyb 90 foizi Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, ayniqsa Hind, Ganga-Braxmaputra va Mekong daryolari mintaqasiga to'g'ri kelmoqda. Bundan tashqari, sun'iy yo'ldosh ma'lumotlari Lotin Amerikasining janubiy qismi, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida ham suv toshqinlari ko'payganini ko'rsatadi. Iqlim va demografik o'zgarishlar tufayli 2030 yilga borib suv toshqinlari yana 25ta mamlakatda yuz bera boshlashi prognoz qilinmoqda. Greenpeace Australia Pacific tadqiqotlar bo'limi boshlig'i Nikola Kazulening ta'kidlashicha, global isish oqibatida Tinch okeanidagi ayrim orol davlatlar yo'q bo'lib ketishi mumkin. «Dunyo okeani sathining ko'tarilishi Kiribati, Vanuatu va Sulaymon orollarini yashash uchun yaroqsiz holga keltiradi», deydi mutaxassis. Ma'lumot berilishicha, 1900 yildan buyon dunyo okeani sathi 20 santimetrga ko'tarilgan. Iqlim o'zgarishining asosiy sababi nimada? Mutaxassislar iqlim o'zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta'kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya'ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.24 MB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.24 MB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga