Iqlim omillari

Iqlim omillari

O'quvchilarga / Ekologiya
Iqlim omillari - rasmi

Material tavsifi

Iqlim omillari Reja: Atmosfera, uning tarkibi va organizm uchun ahamiyati. Yorug'lik va uning organizmlar uchun ahamiyati. Harorat va uning organizmlar uchun ahamiyati. Suv va uning organizmlar uchun ahamiyati. Tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar. Atmosfera, uning tarkibi va organizm uchun ahamiyati Planetamizni o'rab olgan havo qobig'iga atmosfera (yunoncha atmosfera - yerning bug' qobig'isiz havo qatlami degan ma'noni bildiradi) deyiladi. Atmosferaning qalinligi 300 km ga yetadi. Atmosfera planetamiz va unda yashaydigan jonli organizmlarning nafas olishi uchun katta ahamiyatga ega. Atmosfera (Yer yuzasi yaqinida) asosan azot (78,08%) va kislorod (20,95%) dan iborat bo'lib, unda kamroq miqdorda argon (0,93%), karbonat angidridi (0,03%), geliy, neon, ksenon, kripton, vodorod, ozon, ammiak, yod va boshqa gazlar (0,01%) bor. Atmosfera tarkibidagi gazlar ichida kislorod juda katta ahamiyatga ega. U barcha tirik organizmlarga nafas olish uchun kerak. Uning atmosferadagi miqdori 1015 t.dir. Kislorod organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog', uglevodlar tarkibiga kiradi. Atmosferadan sarflangan kislorod o'rnini yashil o'simliklar fotosintez natijasida to'ldirib turadi. Karbonat angidrid gazi tabiatda katta ahamiyatga ega bo'lib, u yashil o'simliklar oziqlanishi uchun zarurdir. Shuningdek u yerning issiqlik balansini tartibga solib turadi. 100-1200 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan, undan yuqorida 2500 km gacha bo'lgan qismida geliy gazidan, 2500 km dan yuqorida esa eng yengil gaz vodoroddan iborat. Yorug'lik va uning organizmlar uchun ahamiyati Barcha organizmlar uchun yorug'likning ahamiyati katta, chunki ekosistemada kechadigan jarayonlarda sarflanadigan energiya bu asosan quyosh energiyasidir. Biologik ta'sir nuqtai nazaridan olinganda quyosh nuri uch xil spektrga bo'linadi: 1. Ultrabinafsha, 2. Ko'rinadigan 3. Infraqizil nurlar. Ultrabinafsha nurlarning juda kam qismigina yer yuzasiga yetib keladi. Bu nurlarning to'lqin uzunligi 0,30-0,40 mkr.ga teng bo'lib, yuksak kimyoviy faollikka ega, ular tirik hujayralarni jarohatlashi mumkin. Ko'rinadigan nurlarning to'lqin uzunligi 0,40-0,75 mkr.ga teng bo'lib yerga yetib keluvchi quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tashkil etadi. Har xil to'lqin uzunlikdagi nurlar turlicha ta'sir etadi. Infraqizil nurlarni odam ko'zi ilg'amaydi, ular tirik organizmlar qabul qiladigan quyosh energiyasining 49% ga yaqinini tashkil qiladi. Infraqizil nurlar asosan issiqlik manbaidir. O'simliklarda fotosintez jadalligi yorug'likning optimal darajasiga (yorug'lik to'yinishiga) bog'liq. Bu optimal darajadan o'tilganda fotosintez sekinlashadi. O'simliklar ko'rinadigan nurlarning har xil spektrlarini fitopigmentlar orqali o'zlashtiradi. To'lqin uzunligi 0,75 mkr.dan yuqori bo'lgan infraqizil nurlarni odam ko'zi ilg'amaydi, Yorug'lik tarkibidagi ultrabinafsha nurlarga bo'lgan o'ta sezuvchanlik xususiyati ko'pchilik umurtqasiz hayvonlar lichinkasining rivojlanishini to'xtatib qo'yishi mumkin. Ko'pchilik hayvonlarning aktivlik va passivlik xususiyati yorug'likka bog'liq bo'ladi. Fotoperiodizmning ta'siri o'rta va baland kengliklarda yashaydigan organizmlar hayot faoliyati uchun ayniqsa kattadir. Harorat va uning organizmlar uchun ahamiyati Yer yuzidagi organizmlarning yashashi, rivojlanishi va tarqalishiga katta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 967.86 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 967.86 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga