Iqlim va uning o'zgarishining insoniyat rivojlanishiga ta'siri Reja: Iqlim va uning o'zgarishining insoniyat rivojlanishiga ta'siri. Issiqxona samarasi. Iqlim o'zgarishi va qishloq xo'jaligi. Iqlim o'zgarishi va okean sathi. Iqlim o'zgarishi va cho'llashish. Iqlim o'zgarishi va suv resurslari. Iqlimning o'zgarishi va uning ijtimoiy oqibatlari. O'zbekiston iqlimining hozirgi o'zgarishi va uning iqtisodiyotga hamda tabiiy resurslarga ta'siri. Tayanch iboralar: Sayyora, iqlim, asteroid, issiqxona samarasi, cho'llashish, antropogen ta'sir, okean sathi, issiqxona gazlari emessiyasi, global harorat, iqlim modeli, ekvator zona, chegaralovchi omil. 1. Iqlim va uning o'zgarishining insoniyat rivojlanishiga ta'siri Iqlim tushunchasi taxminan 2200 yil oldin yunonistonlik olim Gipparx tomonidan kiritilgan bo'lib, u yunonchada quyosh nurlarining kun yarmida Yer yuzasiga «og'ishi»ni bildiradi. Hozirgi vaqtda iqlim deganda harorat, namlik va atmosfera tsirkulyatsiyasining o'ziga xos rejimini vujudga keltiradigan, malum joy uchun eng qo'p takrorlanadigan ob - havo xususiyatlari tushuniladi. Iqlim va uning o'zgarib turishi o'simliklar va hayvonot olamining rivojlanishi va insonning inson sifatida shakllanishini ta'minlaydi. Olimlarning taxmin qilishicha, bundan 65 mln. yil ilgari Yerga ulkan asteroid kelib urilgan, natijada atmosferaga juda ko'p chang chiqarilgan va oqibatda dunyo uch yil zimistonga aylangan. Huyosh nurlarining kam tushishi natijasida harorat pasaygan, ko'p o'simliklar o'sishdan to'xtagan, oziq zanjirlari buzilgan va ko'p turlar shu jumladan dinozavrlar ham qirilib ketgan. Bu dinozavrlarning qirilib ketish sababini tushuntiruvchi yetakchi nazariyalardan biridir. Boshqa nazariyaga ko'ra inson zoti taxminan 6 mln. yil oldin, yog'in miqdori kamayib, harorat keskin pasaygan davrda tez rivojlana boshlagan. Afrikadagi Buyuk Yorik vodiysidagi eng qadimgi ajdodlarimiz daraxtlarda yashashga moslashgan edilar. Lekin iqlimning uzoq vaqt davom etgan o'zgarishlari natijasida daraxtlar o't-o'simliklar bilan almashgan. Eng qadimgi ajdodlarimiz oilalari o'zlari moslashgan sovuqroq va quruq yalang tekislikka o'tib, yirtqichlar etishi mumkin bo'lgan sharoitga tushib qolganlar. Ana shunday qirilib ketishi mumkin bo'lgan sharoitda ikki evolyutsion sakrash yo'li bilan moslashib olganlar: Birinchisi uzoq masofalarga tik yurib bora oladigan, qo'llari bola va oziqni tashish uchun bo'sh bo'lgan mavjudotlarga va undan keyin katta aqliy imkoniyatlarga ega bo'lgan, mehnat va ov qurollarini ishlata oladigan, ham go'sht va o'simlik eydigan mavjudotlarga aylanganlar. Ikkinchisi - aql qobiliyati bo'lgan mavjudotlar dastlabki odam deb qaralgan. Inson keyinchalik moslasha borib ko'chib yurib, yanada kuchli bo'lib iqlim o'zgarishlariga moslashgan. Muzlik davrida quruqlik ko'priklari orqali Osiyodan Amerikaga va Tinch okeani orollariga ko'chib o'tganlar. Bu ketma - ket ko'chishlarda albatta faloqatlar ham bo'lgan. Bu faloqatlarning ayrimlari unchalik kuchli bo'lmagan. Oxirgi yuz yilliklar va ayniqsa XX asrning xususiyati shundaki insonlarning faoliyati malum joy va hududning iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan o'simliklar hamda hayvon turlarini yaratish va o'stirishga qaratilgan. Hozirgi vaqtga kelib, ko'pchilik xalqlar ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.35 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.35 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc