Ishlab chiqarish majmualari rivojlanishining iqtisodiyo ekologik strategiyasi va tabiatdan foydalanish konsepsiyasi Reja: 1. Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik strategiyasi. 2. Tabiatdan foydalanish konsepsiyasini qayta qurish. 3. Iqtisodiy ekologik barqaror rivojlanish. 1. Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik strategiyasi. Ishlab chiqarish ko'p xollarda hududning tabiiy sharoiti, resurslar turlarining boyligi, mehnat resurslari va boshqa omillarga juda ham bog'liq. Atrof-muhit va ekologik vaziyat nuqtai nazardan tabiiy ekologik sharoit ishlab chiqarishning rivojlanishiga malum (bazan kuchli) darajada ta'sir etadi. Chunki yer osti va yer usti boyliklarining mavjudligi, resurs turiga qarab, unga mos (sanoat) korxonalarning vujudga kelishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yulga kuyishga imkon beradi. Sanoat korxonalarining tarkib topishi aholi sonining ortib borishi va pirovardida ishga tushirilgan korxona(lar) negizida aholi yashash punkti va bazan me'yordagi shaharlarning vujudga kelishiga turtki bo'ladi (masalan, Uchkuduk, Muruntov, Sho'rtan va b.). Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish hududning tabiiy - ekologik sharoitlariga juda mos tushishi va asosan uning xususiyatlaridan kelib chiqishi shart (bu tamoyil kuyirokda tahlil qilib utiladi). Ammo 30-50 va xatto 70-80-yillarda ham bunga jiddiy etibor berilmadi va natijada turli mikyosda ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar yuzaga keldi. Masalan, Chirchik va Oxangaron vodiylarida ko'plab turli sanoat korxonalarini joylashtirish, Surxondaryo vodiysi (qo'shni Tojikiston)da alyuminiy kombinatining ishga tushirilishi va boshk. Buning oqibatida atrof-muhit hozirga qadar aziyat chekmokda, aholi salomatligi, chorva mollari, qishloq xo'jaligi jiddiy zarar kurmokda. Boshqacha aytganda, sanoat ishlab chiqarishidan ko'plab daromad olinishi bilan birga atrof-muhit, aholi va qishloq xo'jaligiga keltirilayotgan zarar va uning iqtisodiy bahosi (qiymati), bizningcha, bir-birlariga to'g'ri kelmokda. Chunonchi, ishlab chiqarish juda ham kam samara bilan ishlayotganligi to'g'ri, xolisona tahlil qilinsa, bo'lar o'rtasidagi haqiqiy ayirma obyektiv baholangan bo'lar edi. To'g'ri, odatda, ishlab chiqarish rivojlanishining birinchi bosqichlarida tabiiy ekologik sharoit o'zgarishi, aholining joylashuvi va zichlik darajasi o'sishi etiborga olinmasligi natijasida keyinchalik turli oqibatlar kelib chiqishi mumkin. Xech kimning xayoliga ham kelmagan edi-ku, Chirchik yoki Oxangaron vodiysida sanoat ishlab chiqarishining shu darajada o'sishi havo va suv havzalarini, tuproqni jiddiy tarzda ifloslaydi deb. Bu hodisa sanoat korxonalarining quvvatini hamda aholi sonining ortib borishi bilan to'g'ridan - to'g'ri bog'liq. Ishlab chiqarishni joylashtirish jarayonida obyektiv bashorat qilinganda vaziyat shunchalik taxlikali bo'lmasligi mumkin edi. Ishlab chiqarish majmualarini vujudga keltirish mavjud tabiiy ekologik sharoitlar to'liq hisobga olinishini tadozo etadi. Birinchi navbatda iqlimiy omillar, xususan, shamol yo'nalishini aniq etiborga olish katta ahamiyatga ega. Chunki shamolning harakati, tezligi va yo'nalishi sanoat chiqindilarini turli tomonga yoyadi, bunda bir yoki ikki tomonga yil davomida barqaror esish yo'nalishini ko'prok nazarda tutish muhimdir. Tojikistondagi alyuminiy korxonasini loyihalash va ko'rish jarayonida tog-vodiy ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.05 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.05 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc