Jamoalar to'g'risida ta'limot

Jamoalar to'g'risida ta'limot

O'quvchilarga / Ekologiya
Jamoalar to'g'risida ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Jamoalar to'g'risida ta'limot Reja: Jamoaning tuzilishi va shakllanishi. Biotsenozlar. Jamoa komponentlari o'rtasidagi munosabatlar. Jamoaning tur, tizim,genetik turli tumanligi (tizimi). Jamoaning shakllanish mexanizmida yirtqichlik va raqobatning roli. Jamoalar klassifikatsiyasi. Ekologik suktsessiyalar. Mono va poliqlimaks nazariyalar. Tayanch iboralar: Jamoa, ekologik suktsessiya, birlamchi suktsessiya, ikkilamchi suksessiya, biotsenoz, fitotsenoz, zootsenoz, avtotrof organizm, geterotrof organizm, tur tizimi, masofa tizimi, tropik tizim, konsortsiya, konkurensiya, kammensalizm, klimaks jamoa, monoklimaks konsepsiya, poliqlimaks konsepsiya. 1. Jamoaning tuzilishi va shakllanishi 1.Jamoa - Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo'lib, malum bir hududni egallagan, bir - biriga o'zaro ta'sir qo'rsatuvchi populyatsiyalar yig'indisi hisoblanadi. Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hududlarda yashovchi barcha o'simliklar va hayvonlarni o'z ichiga oluvchi tirik organizmlar jamoasini etiborga olib, ularda emanlar va shuvoqlar ustunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalarni emanlar yoki shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi. Bazi bir jamoalarni aniqlash qiyinlik tug'diradi, chunki bu jamoaga kiruvchi bir - birlari bilan o'zaro munosabatda bo'lgan komponentlar o'z chegarasidan tashqariga chiqib ketgan bo'lishi mumkin. Jamoa bu dinamik harakatda bo'lgan birlik bo'lib, unda har xil tropik darajada bo'lgan organizmlar hayot kechiradi, jamoa orqali energiyalar oqimi hamda oziqa moddalarning uzluksiz almashinuvi bo'lib turadi. Jamoaning tizimi malum vaqt ichida asta - sekinlik bilan shakllanadi. Bunga misol qilib, vulqonlar ta'sirida hosil bo'lgan yolong'och tog' jinslarida asta - sekinlik bilan jamoaning hosil bo'lish jarayonini model qilib olish mumkin. Bunday jinslarda tuproq hali hosil bo'lmaganligi sababli ularda daraxtsimon o'simliklar o'sa olmaydi. Biroq, har xil yo'lar bilan bu erlarga kelib qolgan suvutlari va lishayniklar o'sib joylashib oladilar va jamoaning dastlabki tizimini shakllantiradilar. Sekin - asta halok bo'lgan va parchalangan suvo'tlari va lishayniklarning qoldiqlari bu erlarda tuproq qatlamining hosil bo'lishiga olib keladi, natijada bunday joylarda moxsimonlar va paporotniklarning o'sishi va rivojlanishi uchun imkoniyat vujudga keladi. Pirovardida ulardan so'ng yuqori taraqqiy etgan urug'li o'simliklarning o'tsimon, bo'tasimon va hattoki daraxtsimon vakillari paydo bo'la boshlaydi. Ana shu yuqorida aytilgan sxemalardagidek malum davr ichida bir turlarning ikkinchi bir turlar bilan almashinishi ekologik suktsesiya deyiladi. Shunday jamoalarning hayvonlar dunyosida ham bir turning ikkinchi tur bilan almashinib turishi kuzatiladi. Bunday almashinib turishga turlarning almashinishi yoki qo'shni jamoalardan turlarning migratsiyasi (kirib kelishi) sabab bo'ladi. Tog' jinslaridagi dastlabki paydo bo'lgan suktsessiyalar birlamchi suktsessiyalar deyiladi. Birlamchi suktsessiyadan farq qilib ikkilamchi suktsessiya deb ilgari tirik organizmlar yashagan qoldiqlari bo'lgan, biroq hozirgi kunda o'simliklari juda kam rivojlangan joylarda boshlanayotgan suktsessiyaga aytiladi. Ana shunday ikkilamchi suktsessilarga misol qilib, kesilgan o'rmonlarni, qishloq xo'jaligida foydalanib kelingan, biroq kuygan va tashlab qo'yilgan erlarni olish mumkin. Ana shunday joylarda o'simliklarning sporalari, urug'lari, vegetativ ko'payish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.63 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.63 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga