Jamoat ekologik ekspertizasi va ekologik audit Reja: Jamoat ekologik ekspertizasi Ekologik audit Jamoat ekologik ekspertizasi jamoat tashkilotlari (uyushmalari), fuqarolar, shuningdek mahalliy boshqaruv organlari (mahallalar) tashabbusi bilan tashkil etiladi va o'tkaziladi. U ekologik asoslanish talab qilinadigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat, notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning ishtirokida o'tkaziladi. Qonunga binoan ekologik ekspertizani amalga oshirishga to'sqinlik qilish taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi qonun bilan muhofaza qilinadigan davlat, kommersiya (tijorat) sirlari bo'lmagan ma'lumotlarga ega bo'lgan obyektlar uchun o'tkazilishi mumkin. Bu ekspertiza davlat ekologik ekspertizasi o'tkazilishidan qatiy nazar, ungacha, u bilan bir vaqtda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin. Jamoat tashkilotlari(uyushmalari) qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: ekologik ekspertiza uchun zarur bo'lgan hujjatlarni buyurtmachidan olishga; jamoat ekologik ekspertizasi xulosalari davlat ekologik ekspertizasi komissiyalarining majlislarida muhokama qilinayotganda o'z vakillari bilan kuzatuvchi sifatida qatnashishga. Jamoat ekologik ekspertizasi uni o'tkazish to'g'risida jamoat tashkilotlarining (uyushmalarining) arizasi davlat ro'yhatidan o'tkazilgan taqdirda amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo'ladi. Bu xulosalar ommaviy axborat vositalaridan elon qilinishi va manfaatdor tomonlar va shaxslarga berilishi mumkin. Ekologik audit Ekologik audit konkret obyektda atrof tabiiy muhitning holatini baholash faoliyatidir. Ekologik audit atrof muhitning qulay shart-sharoitini ta'minlashning muhim ekologik iqtisodiy vositasidir. U atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilish faoliyati hisoblanadi. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida ekologik audit protsedurasi korxonalar yoki boshqa xo'jalik obyektlari to'g'risida ekologik axborot olish va uni baholashning muhim vositasi hisoblanadi va ekoaudit axborotlari boshqarishning turli bug'inlarida turli tadbirlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishda keng qo'llaniladi. O'zbekistonda ekologik audit protsedurasining rivojlanishi va qo'llanilishi faqat so'nggi yillarda amalga oshirilmoqda. Ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan va xorijiy davlatlarda rivojlangan ekoauditning quyidagi asosiy yo'nalishlarini ko'rsatish mumkin: Standartlarga rioya qilish auditi. U atrof muhit sifat ko'rsatkichlarini milliy va xalqaro standartlar bilan taqqoslab, korxonalar uchun zarur chora tadbirlarni tavsiya etadi. Javobgarlik auditi. Unga muvofiq atrof muhitga etkaziladigan zararning xavf xatari bo'yicha javobgarlik aniqlanadi. Ekologik sug'o'rtalashdagi audit. U sug'o'rtalash shartnomalarini tuzish, ekologik xavf xatarni kamaytirish bo'yicha preventiv (oldini oluvchi) tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, ekologik sug'o'rta hodisalari sodir bo'lgandagi zararni hisoblashda, atrof muhitning ifloslanishiga bog'liq holda korxonalarga davo qo'zg'atishda amalga oshiriladi. Ekologik sertifikatsiya tizimidagi audit. U sertifikatsiya obyektlarining belgilangan ekologik talablarga (standart, normativlarga) mos kelishini baholaydi. Hududlar auditi. U hududlar ekologik holatini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. Mahsulotni bo'lish to'g'risidagi bitimlarni tayyorlashdagi audit. Bu ekoaudit turi mo'ljallanayotgan investitsiyalash obyektlarini ekologik nuqtai nazardan to'liqroq o'rganish maqsadida o'tkaziladi. Bunda audit vazifasiga to'proq, o'simlik va hayvonot olami resurslarini tadqiq etish, ilgari etkazilgan ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.85 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.85 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc