Kimyoviy ifloslanishning tuproq xossalari va biologik olamiga ta'siri

Kimyoviy ifloslanishning tuproq xossalari va biologik olamiga ta'siri

O'quvchilarga / Ekologiya
Kimyoviy ifloslanishning tuproq xossalari va biologik olamiga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Kimyoviy ifloslanishning tuproq xossalari va biologik olamiga ta'siri REJA Kimyoviy ifloslanishning omillari. Quruqlik va Okean biomassasi. Ifloslanishni oldini olishni chora tadbirlari Tuproq qoplamining kimyoviy ifloslanishi natijasida uning bir qator xossa-xususiyatlari, xususan kimyoviy, fizikaviy, biologik, biokimyoviy, ekologik va boshqa xossalari o'zgarishga uchraydi. Tuproq xossalarining o'zgarishi albatta ifloslanish turiga, xarakteriga, darajasiga va vaqtiga ko'ra o'zgaradi. Tuproq xossalarining o'zgarishiga qarab, unda o'suvchi o'simlik dunyosi va hayvonot olamida ham o'zgarishlar yuz beradi. Har qanday kimyoviy modda tuproq qoplamiga tushganda dastlab tuproqning biologik olami, xususan mikroorganizmlar faolligi va miqdori, fermentlar faolligi zarar ko'radi. YA'ni shartli ravishda toza tuproq deb olingan tuproqda yashayotgan mikroorganizmlar tuproqqa tushgan kimyoviy modda ta'sirida ayrimlari nobud bo'ladi, ba'zi bir mikroorganizmlar esa o'zining faoliyatini susaytiradi. Agar ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi juda zararli bo'lsa, tuproq biologik olami to'lik nobud bo'lishi ham mumkin. Biologik olam zararlangandan so'ng tuproqda ular bilan bog'liq bo'lgan biokimyoviy jarayonlar susayadi, tuproqning kimyoviy va boshqa xossalari yomonlashadi. Quyidagi chizmada kimyoviy ifloslanishlarning tuproq xossalariga ta'siri keltiriladi. 8-rasm Kimyoviy ifloslanishlarning tuproq xossalari, rejimlari, organik va mineral tarkibiga ta'sir etish chizmasi Bundan ko'rinadiki, tuproq qoplamiga tushgan muayyan kimyoviy modda uning bir necha (kompleks) xossalariga ta'sir etadi va boshqa xossalarining o'zgarishiga ham olib keladi. Bunda tuproqning xossalari quyidagi mexanizmlar orqali o'zgarishga uchraydi: organik moddalarning chirindigaaylanish jarayoni buziladi va chirindining guruhiy tarkibida salbiy o'zgarishlar kechishi kuzatiladi; tuproq mikrobiologik olami jiddiy zararlanib, ayrim holatlarda asosiy kismi nobud bo'ladi; tuproqdagi oziqa elementlarning (azot, fosfor va kaliy) harakatchan shakli keskin kamayadi; tuproqning biologik faol moddalari ureaza, polifenoloksidaza, katalaza, invertaza va boshqa fermentlarining faolligi susayadi; tuproqning nafas olish faolligi sustlashadi; agrofizikaviy xossalarning o'zgarishi natijasida tuproqning suv va havo rejimi izdan chiqadi; tuproq qoplamida boradigan biokimyoviy jarayonlar o'zgarishi hisobiga modsalar aylanish jarayoni buziladi; Yuqoridagi holatlarni taxdil etgan holda aytish mumkinki, bu omillar oqibatida tuproq unumdorligi pasayadi va olinadigan qishloq xo'jalik ekinlari hosilining miqdori va sifatiga ta'sir qiladi. Tuproqning takrorlanmas xususiyatlaridan biri, tabiiy tarzda o'zini o'zi tozalashidir. Ya'ni tuproq qatlamlariga tushgan og'ir metallar, chiqindilar, pestitsidlar, neft va neft mahsulotlari, radioaktiv modsalar tuproqqa tushganda turli mikroorganizmlar tomonidan o'zlmng'iriladi. Misol uchun, neft va neft mahsulotlarini parchalovchi bakteriyalar, og'ir metallar va turli mineral tarkibli moddalarni parchalovchi mikroorganizmlar, chirituvchi hamda bijg'ituvchi mikroorganizmlar tuproqning o'zini o'zi tozalash imkonini beradi. Qanchalik tuproqning biologik olami boy bo'lsa, tuproq qoplami shunchalik toza, unumdor va serhosil bo'ladi. Tuproqda mavjud barcha tirik mavjudotlar (mikroorganizmlar, o'similik va hayvonot dunyosi) uning biomassasini tashkil etadi. Tuproq qoplamidagi tirik olam haqida so'z yuritganda dastlab undagi o'simlik dunyosi va mikrobiologik olami ko'z oldimizga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.51 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.51 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga