Kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari qoldiq mahsulotlarini utilizasiyalash va ikkilamchi mahsulotlar olish Kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining qoldiq mahsulotlaridan unumli foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida presslash, bosim ostida qoliplarga quyish, ekstruziyalash va boshqa ishlov berish usullari, sanoatning ko'pgina tarmoqlarida keng qo'llaniladi. Polimer materiallariga ishlov berish jarayonida 20 xil ishga yaroqsiz mahsulotlar hosil bo'ladi. Chiqindilarning umumiy miqdori dastlabki xomashyoning massasiga nisbatan turli mahsulotlar uchun 5% dan 25% gacha tashkil etishi mumkin. Masalan, poyafzallarni ustki qismi uchun qo'llaniladigan polimer materiallarining miqdori ularning naviga va bichish texnologiyasiga qarab 69-87% tashkil etadi xolos. Materiallarning qolgan miqdori (13-31%) chiqindi bo'lib qoladi. Ishlab chiqarishda buzuq, ishga yaroqsiz polimer mahsulotlarning paydo bo'lish sabablari, ularning asosiy turlari va miqdori quyidagilardan iborat. Olinadigan plastmassa mahsulotiga shakl beruvchi qolip tozalanmagan bo'lsa, yoki polimer xom-ashyosining namlik darajasi yuqori bo'lsa, yoki u omborxonalarda noto'g'ri saqlangan bo'lsa, unda olinadigan mahsulot sirtida boshqa materiallarning qo'shimchalari yopishib qolishi mumkin. Bunday buzuq va ishga yaroqsiz mahsulotlarning miqdori 27% ni tashkil etmoqda. Suyulma tarkibidagi havo yoki gazlarning qolipdan chiqishi qiyinlashganda yoki qolip nobarobar qiziganda mahsulot nursiz, jilosiz bo'ladi, sirtida chiziqlar, nuqtalar va g'ovakliklar paydo bo'ladi. Bunday buzuq mahsulotlarning miqdori 21% ni tashkil etmoqda. Qolip polimer materiali bilan to'lmay qolsa (ya'ni, puanson va matrisa (qolip) orasidagi masofa kattaroq bo'lganda suyulma behudaga tashqariga oqib chiqadi), yoki bosim kichik bo'lib material oqmay qolganda, buzuq mahsulotlar paydo bo'ladi. Ularning miqdori 9% ni tashkil etmoqda. Ba'zan mahsulot sirtida bir tomonlama yoki ikki tomonlama qavariqlar va yorishmalar paydo bo'ladi. Buning asosiy sababi - bosim pasayishi bilan polimer suyulmasi tarkibidagi gazlar uning sirtiga shishib chiqadi. Bunday mahsulotlarning miqdori 7% ni tashkil etmoqda. Ishlab chiqarishda polimer materiali to'la erimasdan suyulma bilan qurshab olingan lo'ndalar paydo bo'ladi. Suyulma oquvchan bo'lganda mahsulot sirtida chiziqlar paydo bo'ladi. Bunday buzuq mahsulotlarning miqdori 6% ni tashkil etmoqda. Mahsulotning qolipdan olish paytida u deformasiyaga uchrashishi mumkin, yoki uni sovitilganda bir tekis sovilmaydi, qisqarishi (o'tirishi) mumkin, tob tashlashishi (qiyshayishi) mumkin. Boshqacha qilib aytganda, olinadigan mahsulotning o'lchamlari loyihadagi andoza va o'lchamlarga mos kelmasligi mumkin. Bunday mahsulotlarning miqdori 4% ni tashkil etmoqda. Suyulmaning yo'naltiruvchi vtulkalarning ifloslanishi va tikilib qolishi natijasida bosim tasodifan kamayib borib mahsulotda yorishmalar paydo bo'ladi. Olinadigan mahsulotning qalinligi ruxsat etilgan qalinlikdan 0,3-0,6 mm ga, qatlamli va tolali materiallar uchun esa 0,6-1,0 mm gacha oshib ketishi mumkin. Bunday buzuq va ishga yaroqsiz mahsulotlarning miqdori 2-4% ni tashkil etmoqda. Ma'lumki, oxirgi yillarda Respublikamizda va viloyatimizning barcha shirkat xo'jaliklarida chigitni plyonka ostida ekish texnologiyasi joriy etildi. Buning uchun qalinligi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.13 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.13 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: docx