Kimyoviy moddalarning tas'hqi muhitga ta'siri. Reja 1. Kimyo sanoatining hozirgi kunda tutgan o'rni. 2. Kimyo sanoati havo, suv va tuproqni ifloslantiruvchi manba sifatida. 3. Respublikamizda sanoatlashgan viloyatlar va ularning tashqi muhitga salbiy ta'siri. 4. Zaharli kimyoviy moddalarning inson salomatligiga salbiy ta'siri. Inson ehtiyoji uchun kimyo mahsulotlari shunchalik ko'p qo'llanilmoqdaki, endilikda turmushimizni busiz tasavvur qila olmaymiz. Kimyo sanoati rang - barang kimyoviy moddalarni - kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o'g'itlar, zaharli ximikatlar, polimerlar, sintetik tolalar, erituvchilar, smolalar, bo'yoqlar, loklar, gugurt, kir yuvishda ishlatiladigan poroshoklar, plastmassadan yasalgan xilma - xil ro'zg'or buyumlari, xo'jalik buyumlari, shuningdek sanoatimiz uchun asqotadigan ko'pdan - ko'p vositalarni ishlab chiqaradi. E'tirof etish kerakki, kimyo sanoatidagi ishlab chiqarish texnologiyasida hali jiddiy kamchiliklar bor. Shuningdek transport vositalaridan chiqqan zaharli kimyoviy moddalar ham tashqi muhitni ifloslantirmoqda. Ulardan chiqqan zaharli chiqindilar tashqi muhitga salbiy ta'sir ko'rsatib, havoni, suvni, tuproqni ifloslantirib yubormoqda. Bu o'z navbatida kishilar sog'lig'iga ziyon yetkazmoqda, o'simliklar, hayvonlar turli kasalliklarga chalinib, haloqatga uchramoqda. Kimyo mahsulotlarining ko'p ishlab chiqarilishi, ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo'layapti. Natijada ulardan keladigan ofat hozirgi davrda global xarakterga ega bo'lib qoldi. Masalan, Antraktida ustida ozon qavatining siyraklashib borayotganligi jahon jamoatchiligini katta tashvishga solmoqda. Pomir tog'ining ustidagi ozon qavati, mintaqaning sahro joylariga nisbatan 15-20 foiz siyrak ekanligi ma'lum bo'ldi. Mutaxassislarning fikricha, buning sababi Markaziy Osiyodagi ekologik muvozanatning keskin buzilishidir. Ozon qavatining siyraklashivi Amerika, YEvropa, Osiyo mamlakatlari osmonning yuqori qavatlarida ham sodir bo'layotganligini aniqlandi. Ma'lumki, ozon quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarini to'sib, yerdagi barcha tirik mavjudodlarga hayot bahsh etadi. Aniqlanishicha, ozon qavatining siyraklashishiga asosiy sabab kimyo korxonalaridan chiqayotgan metan, azot oksidlari, ayniqsa, xolodilniklarda (muzlatkichlarda) sovitgich sifatida ishlatiladigan freon birikmalari ekan. Freon galogen elementlari (ftor, xlor, yod va boshqalar) birikmalaridan iborat bo'lib, ular unchalik zaharli emas, yonmaydi, boshqa moddalar bilan tez reaksiyaga ham kirishmaydi. Ammo bu gazlar atmosferaning yuqori qatlamiga ko'tarilgach, ozon gazni parchalab yuborish xususiyatiga ega ekan. Hozirgi davrda dunyo bo'yicha 1 mln tonna freon ishlab chiqariladi. Umumiy ishlab chiqariladigan freonlarning 40% AQS'H, 10% Sobiq SSR va Yaponiya hissasiga to'g'ri keladi. Aniqlanishicha hozirgi paytda biosferada 70 ming xil yangi kimyoviy moddalar tarqalgan, qaysiki ular ilgari tabiatda uchramagan. Shundan 400 xili kishilar organizmidan topilgan. Tekshirilganida 100 kishidan 99 kishining tanasida bu yot kimyoviy moddalarning borligi ma'lum bo'lgan. Ayni paytda sayyoramizning biror burchagi yo'qki, har xil kimyoviy moddalar bilan ifloslanmagan bo'lsa. Reyn daryosiga korxonalardan oqiziladigan kimyoviy moddalar, daryoning barcha tirik mavjudotlarini nobud qilib yuborganidan tashqari, dengiz suvini ham ifloslantirib, Gollandiya qirg'oqlaridagi ko'plab suv hayvonlarini halok etgan. Hozirgi paytda Boltiq dengizidagi tyulenlar soni kamayib ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.98 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.98 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc