Kitob davlat geologik qo'riqxonasi, ekosayyohlik resurslari

Kitob davlat geologik qo'riqxonasi, ekosayyohlik resurslari

O'quvchilarga / Ekologiya
Kitob davlat geologik qo'riqxonasi, ekosayyohlik resurslari - rasmi

Material tavsifi

«Kitob» davlat geologik qo'riqxonasi ekosayyohlik resurslari O'lkamizda tabiatni muhofaza qilish, jonivorlarni asrash maqsadida deyarli har bir viloyatda qo'riqxonalar tashkil etilgan. Ularni tashkil etishdan asosiy maqsad tabiatni muhofaza qilish hamda o'simlik va hayvonot olamini ko'paytirishdir. Qashqadaryo viloyatida «Hisor» tog'-archazor qo'riqxonasidan tashqari O'zbekistondagi yagona Kitob davlat qo'riqxonasi Zarafshon tizma tog'larining g'arbiy qismida 1979-yilda tashkil etilgan. Bu yerda yurtimizdagi noyob o'simlik va hayvonlar muhofaza qilinadi. Qo'riqxonada nafaqat hududdagi ekotizimni saqlab qolish, xalqaro va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ga kiritilgan o'simlik, hayvonot olamini ham muhofaza etishga xizmat qiladi. Uning umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadi. Yer sharining geologik tarixi bo'yicha tabiiy ilmiy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu geologic qo'riqxona o'z ahamiyati jihatidan jahon geologik merosining eng ajoyib ko'rinishi sifatida xalqaro maqomga egadir. Ko'pgina jonivor va o'simlik qoldiqlaridan iborat bo'lgan tog' jinslari bugungi kunda yerning geologik holatini o'rganish uchun dunyo olimlari e'tiborini tortib kelayotganini ham aytib o'tish joiz. Ilmiy manbalarda keltirilishicha, geolog olimlarning izlanishlari natijasida qo'riqxona hududidagi tog' qatlamlarining uzilishsiz yer yuziga chiqib yotishi va o'rganish uchun qulayligi isbot etilgan. Geologik kesmalarda qadimgi hayvon qoldiqlarining ko'pligi va xilma-xilligi yotqiziqlarning yoshini, tog' jinslarining hosil bo'lish holatini aniqlash, ularni taqqoslash, hududning geologik tuzilishini va o'sha vaqtda qanday qazilma boyliklar hosil bo'lishini asoslab berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kesmalar qo'riqxonaning diqqatga sazovor joylari, ya'ni uning geologik obyektlari - tog' qatlamlarining ketma-ket joylashuvi, ulardagi qadimgi hayvonlarning tosh qotgan qoldiqlarini o'rganish mumkin bo'lgan asosiy manba hisoblanadi. Kitob davlat geologik qo'riqxonasi nafaqat bir necha yuz million yillar avval yashagan, davrlar o'tib iqlim o'zgarishlari natijasida qadimgi dengiz jonzotlari tosh bo'lib qotgan kesmalari, balki bugungi kun hayvonot va nabotot olami bilan ham mashhurdir. Qo'riqxona hududida 300 xil manzarali o'simliklar o'sadi. Shundan 280 turi xalq tabobatida ishlatiladi. 22 turi esa O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Shuningdek, sut emizuvchilarning 21 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 2 turi, baliqlarning esa 3 turi mavjud. Qo'riqxona hududida tarvaqaylab o'sgan yong'oqlar, hosili mo'l qizil olmalar, baland bo'yli, yovvoyi qizil do'lanalar va boshqa daraxt turlarini uchratish mumkin. Ammo ularning shoxlarida sayrayotgan qushlar soni uncha ko'p emas. 128 turi muhofaza qilinsa ham, aksariyati juda kam uchraydi. Shuningdek, Zinzilboy soyi bo'ylab yurganda daraxt turlari, archalar, jilg'alarni ham ko'rish mumkin. Hozirgi kunda qo'riqxonada 2 ta loyiha asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Hududdagi paleozoy yotqiziqlarini stratigrafik o'rganishda xalqaro hamkorlik ishlari ham yil sayin kengayib borayapti. Ayni paytda ham qo'riqxona hayvonot (fauna) va o'simlik (flora) dunyosi boy va xilma-xilligi bilan tabiatning betakror go'shalaridan biridir. Ularni saqlash, o'rganish uchun u yerda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.2 MB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.2 MB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga