Koinot va yer tuzilishi

Koinot va yer tuzilishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Koinot va yer tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Koinot va yer tuzilishi Bizning Yer Koinotning bir zarrasi, Quyosh tizimidagi sayyoradir. Koinot juda murakkab tuzilishga ega.uning asosiy qismi yulduzlarning fazoviy tizimidan iboratdir. Hozirgi vaqtda Yerda turib zamonaviy astronomik asboblar orqali (teleskop va fotografiya; astrograf, fotoelektrik fotomer, radiolakatsiya, spektral analiz va boshqalar) Quyoshdan Yergacha bo'lgan masofaga (1500km) nisbatan 3 ming milliard martauzoqlikdagi koinotning ma'lum kismini kura olamiz. Koinotning «kuringuvchi» qismi asosan vodoroddan (80%) va geliydan (18%), qolgani qisman boshqa elementlardan tuzilgan. Koinotning asosiy massasi (98%) yulduzlarda tuplangan bŏlib,ular ionlashgan issiq gaz-plazmadan iboratdir. Kupchilik yulduzlar yuldoshli (planeta) tizimdan iborat bŏlib, biroq, yuldoshlarning massasi Koinot materiyasiumumiy massasining faqatgina 0,1% ni tashkil etadi. Yulduzlar oraligidagi muhit siyraklashgan gaz va mayda changlardan iborat bqlib,ular ayrim joylarda gigant «bulutlar»ni gaz va changli tumanliklarni vujudga keltirgan. Yulduzlararo bushliqda hamma yo'nalish bo'yicha zaryadlangan zarralar-kosmik nurlar harakat qiladi. Koinotdagi kosmik obyektlar doimo harakatda bŏlib,ular gravitatsion, magnit va elektrik kuchlar (maydon) orqali boglanganlar. Yulduzlar-huddi Quyosh kabi, kizigan gazlardan iborat sharsimon osmon jismidir. Oddiy kuz bilan 3500ga yaqin yulduzni, zamonaviy teleskoplar orqali esa yulduzlarning chegaralanmagan sonini ko'rish mumkin. Hozir astronomlarga yulduzlarning 88 turkumi ma'lum.ularni yulduzlarning ŏziga hos joylashishiga qarab, yulduz kartalaridan foydalangan holda belgilaydilar. Yulduzlarning nomlari qadimdan saqlanib kelinmoqda. Masalan, Sunbulla, Aravakash, Savr yoki grek afsonalari bilan bog'liq bo'lgan:- Androme'da, Persey, Pegas va h.s. Hozirgi vaqtda astronomlar birnecha mln. yulduzlarning turish vaziyatlarini va ravshanliklarini aniqlaganlar vaular bo'yicha kataloglar tuzganlar. Yulduzlar Yermizdan juda katta olis masofada turadilar. Agarda Quyoshdan Yergacha bŏlgan oralik masofani yorug'lik 8 minutu 20 sekundda bosib ŏtsa,u holda Yerga yaqin bo'lgan Tsentavr turkumidagi Proksima yulduzidan yorug'lik Yerga 4 yilu 3 oyda etib keladi. boshqa yulduzlardan esa yanada kechrok ya'ni yuz million va hatto bir necha milliard yildan sung yorug'lik Yerimizga etib kelar ekan. quyoshning «chekkasi»da 15 yorug'lik yili radiusida fakat 43 ta yulduz borligi aniqlangan. Quyosh sistemasi (tizimi) juda katta yulduzlar tizimini tashkil etgan Galaktikaga (Bizning Galaktika) kiradi. Tungi ochiq havoda Galaktikamizdagi yulduzlarning juda katta to'plamini kuramiz.uni «Samon yo'li» deb nomlanadi. «Samon yo'lida»gi yulduzlar-bizning (juda yassi) Galaktikamizning asosiy kismidir. «Samon yo'li» - osmonda bizga kurinib turgan yulduzlarning ravshan halkasidir. Hozirgi davrgacha 21- yulduz kattaligigacha bo'lgan har bir kattalikdagi yulduzlarning soni hisoblab chiqilgan. Bular 2h109 yulduzni tashkil etadi. Albatta, bu bizning yulduzlar sistemamizdagi - Galaktikadagi yulduzlarning hammasi emas. Yer Koinotning bir zarrachasi bŏlib,unda sodir buladigan va bŏlgan butun hodisa va jarayonlar, tabiiy qonun va qonuniyatlaruning olam bilan bog'liqligining oqibatidir. Yer Koinot bilan quyidagicha boglangan:- Yer koinotning bir qismi bŏlib, ŏziga hos kuchlar ta'siridau bilan ŏzviy boglangan vauning ta'siridadir.-ayniqsa, Oy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 237.35 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 237.35 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga