Koreya Respublikasida ekologik muammolar va ularni bartaraf etishning iqtisodiy yo'llari Reja: Kirish Koreya Respubliksida yuqori darajadagi texnologiyalarning joriy qilinishi natijasida atrof-muhitning ifloslanish darajasi. Atrof-muhitni himoya qilinishning asosiy yo'nalishlari va uning istiqbollari. Toza gibrid avtomobillar ishlab chiqarish Yashil texnologiyalarni rivojlantirish yo'li bilan yangi ish joylarini yaratish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Hozirgi paytda tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib chiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar tabiatning qashshoqlashuviga sabab bo'lmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga ta'sir etar ekan, uning o'zi ham aks ta'siriga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta'siri ko'p hollarda tabiat qonunlarini hisobga olmasdan amalga oshirilmoqda. Bunday ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish va tabiat mahsuldorligini muntazam ko'paytirib borish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov o'z nutqlari, asarlarida ekologik muammolarning dolzarbligini ta'kidlab o'tganlar. Jumladan O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarining I-bobi Xavfsizlikka tahdid, deb nomlanib, unda Prezidentimiz ekologik muammolar masalasiga keng e'tibor berganlar. Ilm-fan taraqqiyoti tobora ilgarilayotgan, stivilizastiya kundankunga yuksalayotgan bugungi zamonda talay global ekologik muammolar o'z yechimini kutayotgani jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Bunday vaziyatni bartaraf etish, ona tabiatni asrab - avaylash, bu borada o'zaro hamkorlik, hamjihatlikni kuchytirish maqsadida sayyoramizda 5-iyunni atrof muhitni muhofaza qilish kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Ekologik muammolarni dolzarb masalaga aylanganligi uchun BMT ning atrof-muhit muhofazasi masalalariga katta ahmiyat berishidan bilib olishimiz mumkin. BMT ning 1972-yilda tashkil qilingan atrof-muhit bo'yicha maxsus dastur - YuNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari 1948-yili tuzilgan nodavlat tashilot Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi (TMXI) yuzdan ortiq davlatlar o'rtasida ekologik muammolarni hal qilish bilan shug'ullanmoqda. Hozirgi kunda ekologik muammolarning naqadar dolzarbligini anglab yetish uchun BMTning global ekologik ma'lumotlari (1992) dan bir qator faktlarni keltirish mumkin. Ekologiya sohasida eng jiddiy masalalari sifatida quyidagilar e'tirof etilgan: Chuchuk suvning yetishmasligi (uning 63% qishloq xo'jaligida, 23% sanoatda va faqat 8% turmushda ishlatidadi); Dunyo okeanining ifloslanishi («o'lik zonalarning» paydo bo'lishiga qadar). Orolning qurishi (uning sathi 3 metrga pasaydi, yana 9-13 metrga pasayishi va sho'rlanishning 10 marta ortish kutilmoqda), Havoning haloqatli tarzda ifloslanishi, xususan yirik shaharlarda (Parij, Madrid, Rio-de-Janeyro, Tokio, Sidney, Toronto, London, Tegeran, Bangkok, Nyu-York va boshqalar); Tuproq eroziyasi (tuproqning 15% allaqachon tiklab bo'lmas darajada eroziyaga uchragan); O'rmonlarning yo'q bo'lib ketishi (har yili 16,8 mln gektar o'rmon kesib ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
138.66 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
138.66 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: docx