Landshaft va uni muhofaza qilish shakllari. Qo'riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmaxona, rezervatlar

Landshaft va uni muhofaza qilish shakllari. Qo'riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmaxona, rezervatlar

O'quvchilarga / Ekologiya
Landshaft va uni muhofaza qilish shakllari. Qo'riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmaxona, rezervatlar - rasmi

Material tavsifi

Landshaft va uni muhofaza qilish shakllari. qo'riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmaxona, rezervatlar Tabiatni muhofaza qilish va tabiat komponentlarini asrash maqsadida yer yuzida juda ko'plab alohida muhofaza etiladigan hududlar mavjuddir.Ular maqsad va vazifasiga qarab O'ylaymizki, tabiatda hech kim oq qoplonlami uchratmagan. Bundan chorak asr avval insonning xo 'jalik faoliyati oqibatida mazkur noyob va go 'zal hay vonlar o'z yashash joylarini tark etib ketishdi. Ular umuman yo'q boiib ketish xavfi ostida edi. Ammo bugungi kunda o'nta oq qoplondan iborat bir oila Hisor togiarining g'arbiy qismida yashab kelmoqda. Bunga Hisor tog'-archa qo'riqxonasini tashkil qilish natijasida erishildi. Zarafshon davlat qo'riqxonasi - Samarqand viloyati (Zarafshon daryosining o'ng qirg'og'i) hududidagi qo'riqxona. 1975 y.datashkil qilingan. Qo'riqxona mayd. 2352 ga, shu jumladan o'rmonzorlar bilan qoplangan mayd. 868 ga. Samarqand sh.dan 5 km janubisharqda joylashgan. Qo'riqxona hududi daryo sohili bo'ylab eni 150 m dan 1400 m gacha bo'lgan 35 km masofaga cho'zilgan. Asosiy vazifasi - to'qay o'simliklari va hayvonot olamiga mansub tabiiy muhitni, noyob va yo'qolib borayotgan o'simliklar va hayvonlar genofondini saqlash, o'rganish hamda tiklashdan iborat. Qo'riqxona - belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratnlgan, alohida ilmiy yoki madaniy ahamiyatga ega bo'lgan (tipik yoki noyob landshaft, o'simliklar va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalar), tabiiy obyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari; i. t. va madaniy-ma'rifiy maqsadlar uchun uzoq mud-datga ajratilgan va to'laligicha xo'jalik ishlaridan xoli tabiiy majmua. 20-asrning 90-yillarida BMTning Milliy bog'lar va ular maqomidagi qo'riqxonalar ro'yxatiga 2618 alohida qo'riqlanadigan hududlar (yer may-doni 4 mln. km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3% ini tashkil qiladi) kiritilgan. Qo'riqxona hududi va uning atrofidagi bel-gilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda qo'riqxona tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obyektlarga xavf tugdiradigan har qanday faoliyat (ov qilish, baliq tutish, daraxt kesish, foydali qazilmalarni qazib olish, o't o'rish, mol boqish va boshqalar), shuningdek, qoriqxona faoliyati bilan bog'liq bo'lgan sanoat va qishloq xo'jaligi obyektlari qurilishi ham taqiqlanadi .Qo'riqxona muriyatning ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi. O'zbekiston Respublikasining davlat qo'riqxonalari O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Ovchilik xo'jaliklari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi tasarrufida 8 ta davlat qo'riqxonasi bor: Zomin tog'-o'rmon davlat qo'riqxonasi, Badayto'qay davlat qo'riqxonasi, Qizilqum davlat qo'riqxonasi, Zarafshon davlat qo'riqxonasi, Surxon davlat qo'riqxonasi, Hisor davlat qo'riqxonasi, Chatqol bio-sfera qo'riqxonasi, Kitob davlat geologiya qo'riqxonasi. O'zbekistonda, shuningdek, milliy bog' va buyurtma qo'riqxonalar faoliyat olib boradi. Nurota davlat qo'riqxonasi Kitob davlat geologiya qo'riqxonasi Buyurmalar (Zakazniklar) Tabiiy geografik komplekslar komponentlarning ayrim qismlari,ayrim hayvon yoki o'simlik turlarini muhofaza qilish va ko'paytirish uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 449.98 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 449.98 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga