Landshaftlarga antropogen yuklama Landshaftlarga antropogen yuklamani qishloq xo'jalik landshaftlarida: a) moddalar aylanma harakatini, b) energiya va c) organizmlar harakatini tahlil qilish yordamida tavsiflash mumkin. Yuklamani tavsiflashda asosiy e'tibor ilgari geosistemaga kirishlarga (masalan, geosistemaning atmosfera orqali ifloslanishi) qaratilgan. Biroq, geosistemadan chiqishlar va shuningdek sistemaning o'zidagi akkumulyatsiya va transformatsiya (masalan, organizmlarning) katta ahamiyatga ega. Landshaft - bu polistrukturaviy dialektik birlik bo'lib, bu birlik turli belgilarga: substansial (moddiy), funktsional va zamon belgilariga ko'ra ajratiladigan ko'pgina xususiy strukturalardan tashkil topgan. Substantsial jihatdan landshaftning turli strukturalarini shakllantiradigan 3 ta asosiy (tabiiy, sun'iy va sotsiobiologik)element ajratiladi.Tabiiy landshaftga tushadigan yukning mezoni bo'lib uning invariantligining saqlanishi, dastlabki holatiga qayta olish qobiliyati xizmat qiladi. Tabiiy landshaftning sotsiogen landshaftga aylantirilishi - o'zgartirilishi sotsiogeogenez deyiladi. Sotsiogen landshaftlarning turlari: agrogen, o'rmon sotsiogen, industrial - texnogen va b. O'simlikning holati 80% dan ko'proq holda geosistemaning boshqa elementlarining holatini va mavjudligini (faoliyatini) belgilashi sababli o'simliklarni tadqiq qilishga birinchi darajali e'tibor qaratilmog'I lozim. Regional geosistemadagi o'zaro aloqalar modelining bloklari: faoliyat maqsadi, xo'jalik tadbirlari, energiya balansi, hududiy tuzilma, barqarorligi Tabiatning tarkibiy qismini tashkil etuvchi landshaft inson bilan doimiy ravishda o'zaro ta'sirda bo'ladi. Chunki inson atrof muhitdan o'zining ehtiyojlari va manfaatlarini Qondirish uchun foydalanadi. Shu sababli landshaft qonuniy ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog'liq bo'liq bo'lganreja va maqsadlar ta'siri ostida bo'ladi.Tabiatning yaratuvchanlik kuchining namoyon qilishi, landshaftning go'zalligi qadimdan odamlarni zavqlantirgan. Odam tabiat qonuniyatlari va omillarining bu ulkan tizimidagi o'z o'rnini uzoq vaqt davomida qidirgan. Inson va tabiatning dialektik birligi g'oyasi insonning bilish va inson va landshaftning haqiqiy nisbati bilan bo'liq bo'lgan ko'pgina muammolar yechimi uchun boshlang'ich nuqta joylashuvining muhim momentidir. LANDSHAFT BALANSI VA RESURSI Tabiiy muhitning tarkibiy qismini tashkil etuvchi landshaft inson bilan doimiy ravishda o'zaro ta'sirda bo'ladi. Chunki inson atrof muhitdan o'zining ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish uchun foydalanadi. Shu sababli landshaft qonuniy ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan reja va maqsadlar ta'siri ostida bo'ladi. Nemis geograflari L.Bauer va H.Vaynichkye (1971) fikricha, geoekologiya tabiiy balans to''risidagi umumlashtiruvchi ta'limotdir. Muayyan ekosistemaning shakllanishi va saqlanishiga imkon beradigan ekologik vaziyatni ta'minlovchi ekologik komponentlar (energiya, gazlar, suv, substrat, produtsent o'simliklar, konsument hayvonlar va redutsen organizmlar)ning miqdoriy birikmasi ekologik komponentlar balansi (fr. balance tarozi) deyiladi. Biror bir doimiy ravishda o'zgarayotgan hodisadagi nisbat yoki muvozanatni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi landshaftlarda modda va energiya balansi deyiladi. Balans - landshaftga keladigan, unda o'zgaradigan (landshaft sharoitlariga sarflanadigan) va landshaftdan chiqib ketadigan modda va energiya miqdorini solishtirishdir. Balanslarni tuzish - landshaft tuzilmasini shakllanishida ishtirok etadigan va uning mavjudligini ifodalovchi modda va energiya harakatini ( almashuvini) tadqiq qilishning eng samarali ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.48 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.48 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: doc