Landshaftlarni ekologik vaziyati, ularni geoekologik tadqiqot qilish va baholash

Landshaftlarni ekologik vaziyati, ularni geoekologik tadqiqot qilish va baholash

O'quvchilarga / Ekologiya
Landshaftlarni ekologik vaziyati, ularni geoekologik tadqiqot qilish va baholash - rasmi

Material tavsifi

Landshaftlarni ekologik vaziyati ularni geoekologik tadqiqot qilish va baholash Reja: 1. Ekologik vaziyat nima? Uning ilmiy ta'rifi, olimlarning ekologik vaziyatni tadqiq qilishdagi xizmatlari. 2. Ekologik vaziyatni barqarorlashda muvozpnatni ahamiyati. 3. Ekologik vaziyat nima uchun baholanadi? 4. Ekologik vaziyatni baholash bo'yicha olimlar bildirgan fikrlari. 5. Ekoogik vaziyatning darajalarini aniqlash uchun mezonlar ishlab chiqish, mezonlar shkalasi. 6. Ekologik vaziyat darajalari va ularni tasniflanishi. 7. O'zbekistonda ekologik vaziyat darajalari va ularning ta'rifi. Inson bilan tabiat o'rtasida munosabatlarni kuchayishi natijasida tabiiy muhitda o'zgarishlar sodir bo'ladi. Tabiatdan foydalanish tamoyillarining buzilishi nafaqat atrof muhitda o'zgarishlarni sodir bo'lishiga ta'sir etmay balki jamiyatda xam aks ta'sir shakllanadi. Boshqacha aitganda jamiyat tabiiy boyliklaridan qanchalik asoslangan holda foydalanishga qarab shunchalik naf ko'radi. Bu jarayonda tabiiy muhitda turli darajada vaziyat tarkib topadi. Vujudga kelgan ekolgik vaziyatlarni o'rganish amaliy ahamiyatga ega. Ekologik vaziyat ta'rifi. Mutaxassislar u yoki bu joy (hudud)ni ekologik holatini turli so'zlar bilan tavsiflaydilar. Masalan, sharoit, ahvol, holat, vaziyat va boshqalar. Bu so'zlarning o'rtasida keskin farq deyarlik yo'q, ular bir xil ma'noni anglatadi yoki sinonim deb x,isoblash mumkin. Lekin bu so'zlar orasida vaziyat ekologik ahvolni aniq tavsiflashga juda moe keladi. Boshqacha aitganda ekologik ahvol tizimida vaziyat aniqlik kiritadi. Bu borada fanda mutaxassislar orasida xaligacha yakdil fikrga kelishilganicha yo'q. (Kalesnik va b., 1992; SHestakov, 1992; Rafikov, 1998). Ekologik vaziyat turli iboralar bilan ishlatiladi: ekologik-iqtisodiy, ekologik-tang, sotsial-ekologik, landshaft-ekologik, geovaziyat va boshq. Bizningcha, ekologik vaziyat tushunchasi xaqiqatga yaqinroq. CHunki xar bir ekosistema yoki landshaftni ekologik vaziyati mavjud bo'ladi. Ekologik vaziyatni talqin qilishda xam turli fikrlar bildirilgan. A.S.SHestakov (1992) ekologik vaziyatni sharoit va ahvolni o'zaro almashib kelishi natijasida ma'lum holatni vujudga kelishi bilan bog'liq deb tushuntiradi. A.A.Kalesnik va boshqalar (1992) ning ta'kidlashicha xoxlagan geotizimning ekologik holati ekovaziyatning alohida spektri deb qarash lozim, ekovaziyat geotizim doirasida bir-birlari bilan bog'liq bo'lgan abiotik va biotik omillarning jamlamasini tushunish kerak deb asoslaydilar. B.I.Kochurov va boshq. (1996) ekologik vaziyat turli darajada noqulayliklar vujudga keltiruvchi ekologik holat va insonning hayotiy tizimlari bilan bog'liq ekologik muammolarning makon va zamonda almashib kelishidan iborat deb ta'kidlaydilar. Bizningcha, ekologik vaziyat - ma'lum ekologik sharoitda mavjud bo'lgan tabiiy muvozanat, uning dinamik holati, komponentlarini shu vaziyatdagi me'yoriy xuususiyatlari, o'zgarish yo'nalishlari, tirik tabiat bilan notirik tabiat o'rtasidagi munosabatni barqarorlik holati, kishi (inson)larning turg'un tibbiy holat darajasidan iborat. Ekologik muvozanat - ma'lum chegaralangan qudud (landshaft) da tirik va notirik tabiat o'rtasidagi tenglik, to'g'ri munosabat, bir-birlarini taqozo qilishi, ma'lum daarajadagi o'lchamlari (kirim-chiqim, biomassa va boshq) bilan tavsiflanadigan xususiyatlari, tirik organizmlarning o'zaro munosabatlaridan iborat. Ekologik muvozanat tabiiy va antropogen omillar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.78 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.78 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga