Meteorologik elementlar va ulardan himoyalanish

Meteorologik elementlar va ulardan himoyalanish

O'quvchilarga / Ekologiya
Meteorologik elementlar va ulardan himoyalanish - rasmi

Material tavsifi

Meteorologik elementlar va ulardan himoyalanish Reja: Meteorologik elementlar va shart-sharoitlar. Chiqindilarni atmosferaga tarqalishida shamolning tezligi va yo'nalishini hisoblash. Quyosh radiatsiyasi va uning tabiatdagi roli. Shaharlardagi «issiqlik orollari» ning paydo bo'lishi. Tayanch iboralar: Meteorologik sharoitlar, «fotokimyoviy smog», turbulentlik, «issiqlik orollari», aerozollar, aerodispers sistema. 1. Meteorologik elementlar va shart-sharoitlar. SHahar havosini asosan sanoat korxonalari va avtotransport ifloslantiradi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ba'zi hollarda havoning tarkibidagi zararli moddalarning kontsentratsiyasi ruxsat etilgan me'yordan (PDK) ancha oshib ketayotganligini ko'rsatadi. Zararli moddalarning kontsentratsiyasi noqulay meteorologik sharoitda yanada oshib ketishi mumkin. Bunga shamol, harorat, quyosh radiatsiyasi va boshqalar kiradi. Topografik va meteorologik sharoitlar Yerevan, Toshkent, Farg'ona vodiysi shaharlari kabi joylarda ifloslantiruvchi moddalarni yig'ilib qolishi kabi holatlarni keltirib chiqarishi mumkin va bular binolarga, o'simliklarga hamda insonlar sog'ligiga yomon ta'sir ko'rsatadi. O'zgaruvchan meteorologik sharoitlarda atmosferadagi mavjud zararli moddalar o'zaro bir-biri bilan aralashib ketib, ba'zi bir joylarda to'planib qolib, ba'zi bir joylarga aksincha tarqalib ketib ochiq suv havzalari, tuproq, o'simliklarni zararlashi mumkin. Havodagi bu zararli chang va g'uborlar yomg'ir ta'sirida cho'kishi yoki ochiq koinotga tarqalib ketishi mumkin. Ifloslantiruvchi moddalarning havodalik paytida ularning fizik-kimyoviy tarkiblari o'zgarib ketishi mumkin. Bunga misol qilib «smog» holatini aytish mumkin. «Fotokimyoviy smog» azot oksidlarini quyosh nuri (radiatsiyasi) ishtirokida uglevodorodlar bilan o'zaro ta'sirlashuvi natijasida sodir bo'ladi. Havoga chiqarilgan tashlamalar to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslanib, ularning havodagi yoyilish (tarqalish) xaritasini tuzish mumkin. Ifloslantiruvchilarning umumiy aerodinamik tavsifi, ya'ni o'lchami, qolipi va og'irligi tezlikka ta'sir qilib, gaz holida bo'lmagan zarrachalarni yerga cho'kishi yoki havoga ko'tarilishini bilishga imkoniyat beradi. 6.2. Chiqindilarni atmosferaga tarqalishida shamolning tezligi va yo'nalishini hisoblash. Yer yuzida shamol ishqalanish kuchlari tufayli sekinlashadi. Yerning relefi, daryo, ko'llar va boshqalar ancha-muncha qarshilik qilish imkoniyatiga ega. Shunday bo'lsada chiqindilar Yer yuzida har xil kontsentratsiyada tarqaladilar, cho'kadilar. Ularning kontsentratsiyalari masofa ortgan sari kamayib boradi. Shamol yerdan qancha baland bo'lsa qarshilik ham albatta shuncha kam bo'ladi: Shamol tezligining atmosferaning barqarorligiga bog'liqligi. standart bo'lmagan balandlikda shamolning tezligini aniqlash juda murakkab ish bo'lib, ko'p mehnat talab etadi. Masalan, Dikon qonuni bo'yicha boshlangich bir necha yuz metrda shamolning tezligi quyidagicha hisoblanadi: Bu yerda, V- z balandlikdagi shamolning tezligi. V- z1 balandlikdagi shamolning tezligi. Р- noldan 1 gacha uzgaradigan koeffitsient. Satton esa formuladagi R P parametri bilan bog'liq bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. P atmosferaning barqarorlik funktsiyasi. U holda П Р = -- 2-П P ning miqdori esa har xil atmosfera sharoitida bo'lishi mumkin bo'lgan qiymatlari jadvalda keltirilgan: Umuman olganda chiqindilarning atmosferaga ko'p miqdorda tarqalishi shamolning o'rtacha tezligiga bog'liq bo'ladi. 3. Quyosh radiatsiyasi va uning tabiatdagi roli. SHunday qilib, shamol va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.67 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.67 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga