Mineral va energetik resurslar va ulardan oqilona foydalanish

Mineral va energetik resurslar va ulardan oqilona foydalanish

O'quvchilarga / Ekologiya
Mineral va energetik resurslar va ulardan oqilona foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Reja: Yer osti qazilmalarining ahamiyati Yer osti qazilmalarining ahamiyati Yer osti qazilmalarini qazib olishda atrof-muhitning ifloslanishi. Yonilg'i energetik resurslar va ulardan samarali foydalanish. Yer osti qazilmalarining ahamiyati yer osti qazilmalari o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslardan o'zining qayta tiklanish xususiyatlariga ega emasligibilan ajralib turadi va tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Insonlar qadim zamonlardan boshlab yer ostidan kerakli qazilmalarni qazib olib foydalanib kelganlar. Jamiyat tarixi ham asosiy ishlatilgan qazilmalar nomiga mone ravishda «tosh davri», «bronza davri», «temir davri» deb nom olgan. Vaqt o'tishi bilan insonlar sonining oshib borishi, shunga monand ravishda ular ehtiyojlarini o'sib borishi natijasida fan va texnika rivojlanib, foydali qazilmalarni qidirib topish va ishlatish hajmi ham ortib borgan. yer osti qazilmalari jamiyat rivojida qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Qazilma boyliklar deb, yer qa'ridan qazib olinadigan qora, rangli va nodir metall ma'danlari, turli xil yonuvchi resurslar (kumir, tabiiy gaz, neft', yonuvchi slanec, togf), kimyoviy xom ashyolar(tuzlar), qurilish materiallariga aytiladi. Biror-bir ishlab chiqarish sohasi yoki, unda yerdan qazib olinadigan resurslardan foydalanilmasa yer bagri kimyo, metallurgiya, energetika va boshqa katog sanoat korxonalari uchun xom ashyo manbai hisoblanadi. yerdan qazib olingan yonilg'i resurslarga deyarli barcha texnika va transport vositalari harakatlanadi. Qazilma boyliklardan olinadigan mineral va kimyoviy o'g'itlardan esa qishloq xo'jaligida keng foydalaniladi. Hozirgi kunga kelib insoniyat foydalanadigan mineral va tog' jinslarining umumiy soni 3500 dan ortib ketdi va har yili 120 milliard tonnadan ortiq foydali qazilmalar va turli tog' jinslari ishlatilmoqda. Yer osti qazilmalarini qazib olishda atrof-muhitning ifloslanishi. Qazilma boyliklarni qazib olish, tashish, qayta ishlash vaqtida atrof-muhit ifloslanadi. Minglab unumdor yerlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosiga zarar etkaziladi. tog'kon sanoati korxonalari faoliyati natijasida har yili kon usti jinslari, flotacion boyitish chiqitlari, turli xil shlaklar, klenkerlar hosil bo'ladi. Mineral xom ashyolar ochiq. (kar'yer) yoki yopiq (shaxta) usullarida qazib olinadi. ochiq usulda qazib olingan kazilmalardan ancha tularok. foydalanish imkoniyati bo'lsa-da, atrof-muhitga ko'rsatadigan salbiy ta'siri yuqori bo'ladi. Bunday ta'sir doirasi yuzlab km gacha boradi. Respublikamizda ochiq usulda qazib olinadigan konlar ko'p. Ularning chuqurligi 50-350 metrga etadi. Konlarning ochiq usulda qazib olinishi surilmalarga sabab bo'ladi. Surilmalar kon yonbagirlarida, kar'yer chuqurligi va ularning devor qiyaligi oshgan sari kiya yotgan tog' jinslari qatlamining surilishi hisobiga sodir bo'ladi. Bunday surilmalarni Qo'rg'oshinkon, Kyalmakir, Angren konlarida kuzatish mumkin. Yopiq, usulda qazib olinadigan qazilmalar uchun sarf-xarajat yuqori bo'lishi bilan birga qazib olish jarayonida hozirgi mavjud texnologiyalarni takomillashmaganligi sababli foydali ma'danlarning 25% dan ortig'i yer ostida qolib ketadi. Konlarni ochiq va yopiq, usulda qazish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.49 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.49 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga