Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Mineral xom - ashyo resurslari va ularning ekologik iqtisodiy xususiyatlari. Mineral xom - ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko'rsatkichlari. Mineral xom- ashyo resurslarini iqtisodiy baholash va uning asosiy ko'rsatkichlari. O'zbekistonning mineral xom ashyo resurslari imkoniyati va ulardan unimli foydalanish. Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning istiqbolli yo'nalishlari. Mineral xom - ashyo resurslari va ularning ekologik iqtisodiy xususiyatlari Ushbu resurslar jonsiz tabiat resurslari bo'lib, ulardan konstruksiya matiriallari, kimyoviy qo'shilmalar, o'g'itlar, har xil buyumlar, qurilish materiallari, asbob uskunalar, yoqilg'i kabi halq xo'jaligida ishlatilayotgan mahsulotlar ishlab chiqiladi. Bu resurslar qayta tiklanmaydigan resurslarga kiradi va yo'qalib ketmaydi o'zining xususiyatlarini ham yo'qotmaydi. Geologik va xo'jalik modda aylanishida esa o'z shakllarini va joylarini o'zgartiradi. Litosfera va qisman gidrosfera mineral xom-ashyo resurslarini manbayi bo'lib xizmat qiladi. Foydalanayotgan kimyoviy elementlar resurslari Amaliy jihatdan ularning xar yili qazib olinayotgan xajmidan 100 mln marotaba ko'proqdir. Mineral xom - ashyo resurslarini hisobga olish va ularning ko'rsatkichlari Mineral xom - ashyo resurslari hududlar, rayonlar bo'yicha yotish cho'qurligi bo'yicha noteks joylashgan va xom-ashyo tarkibi bo'yicha xilma-xil. Shu sababdan ulardan foydalanish samarasi ham bir xil emas. Shuningdek, mineral xom ashyo resurslarning hisob kitoblari ham nisbiydir. U xalq xo'jaligida Ushbu resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan o'tkaziladi, ya'ni hisob kitoblar iqtisodiy jihatdan o'zgartirish ma'qul va oson bo'lgan konlar bo'yicha ularni o'rganish darajasi va o'zlashtirishga tayyorlanishi bo'yicha olib boriladi. Mineral xom- ashyo resurslarini iqtisodiy baholash va uning asosiy ko'rsatkichlari Mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish jarayonida xom ashyo yerning chuqur qatlamlaridan yer yuziga chiqadilar, undan foydali elementlar olinadi, so'ngra qayta ishlash uchun xo'jalik korxonalarida to'palanadi yoki mahsulot iste'moli uchun tarqatiladi. O'zbekistonning mineral xom ashyo resurslari imkoniyati va ulardan unumli foydalanish Mineral xom ashyo resurslarini iqtisodiy baholash ulardan eng samarali foydalanish yo'nalishlarini hisobga olingan holda, ya'ni maksimal renta bo'yicha amalga oshiriladi. Turli resurslardan bir maqsadda foydalanishda ularni baholash asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslardan foydalanishning samaradorligi bo'yicha amalga oshiriladi. Masalan, yoqilg'ining turli xillari energiya va issiqlik ishlab chiqarish samaradorligi bo'yicha baholanadi, ya'ni resurslarni yoqishga ketadigan xarajatlarni hisobga olib shartli yoqilg'i bo'yicha hisoblanadi. Resurslardan substrat (asos) va yordamchi material sifatida foydalanilganda ularni asosiy mahsulotini ishlab chiqarish samaradorligiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatishi bo'yicha baholanadi. Resurslarning kun komponentligi hollarida (ularning tarkibiga konlarni ochish jinslari ham kiradi) resursga renta xom ashyoga rentani ishlab chiqilishi yig'indisi sifatida va ularning resurs birligiga tarkibi asosida aniqlanadi. Resurslarga to'lovlar foydalanuvchilardan ulardan foydalanishdan qat'iy nazar olinishi kerak. Resurs birligini baholash konlarni optimal ekspluatatsiya qilish muddatlaridan kelib chiqib ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
886.02 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
886.02 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: pptx