Mintaqa tabiatidan foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish

Mintaqa tabiatidan foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish

O'quvchilarga / Ekologiya
Mintaqa tabiatidan foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish - rasmi

Material tavsifi

Mintaqa tabiatidan foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish Reja: 1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish to'g'risida tushuncha. 2.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish. 3. Tabiatdan foydalanish va tabiatga ta'sirining xarakteri bo'yicha ishlab chiqarish kuchlarining klassifikatsiyasi. 4. O'zbekiston hududlarida tabiatdan foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning istiqbolli yo'nalishlari. 1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish to'g'risida tushuncha. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish ayrim rayonlar tabiiy ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlariga mos holda ishlab chiqarishni hududlar bo'yicha taqsimlashning dinamik (o'zgaruvchan) holatini belgilaydi va uning xususiyati malum ijtimoiy - iqtisodiy sharoitda shakllangan hududiy mehnat taqsimoti bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish kuchlari tushunchasi aholini ishlab chiqarish vositalari va qurollarini o'z ichiga oladi. Shu sababdan Ushbu tushuncha aholi yashash manzillarining joylashishi va ishlab chiqarishning (sanoatning joylashishi, qishloq xo'jaligi, noishlab chiqarish tarmoqlari, transport, iqtisodiy aloqalarning joylashishi va boshqalar) aks ettiradi. Ishlab chiqarishni joylashtirishning muhim omillaridan biri tabiiy muhit va uning resurslari bo'lib, ular malum hudud tabiatining o'ziga xosligi va tabiiy resurs imkoniyati orqali ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Aynan bir vaqtning o'zida ishlab chiqarishni hududiy joylashtirish tabiatdan foydalanish va uni muhofazalash eng muhim vazifalardan biridir. 2.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish. Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish alohida ahamiyatga ega bo'lib, u ishlab chiqarishning katta samara berishi, hududlarning tabiiy resurs imkoniyatidan tejab tergab foydalanish asosida maksimal foyda olish, aholi yashashining normal ekologik sharoitini saqlash va yaxshilashni ta'minlaydi. Bunda ayniqsa tabiiy resurslardan majmua foydalanish, xom ashyo va yoqilg'ini qayta ishlashda chiqitsiz texnologiyalarni qo'llash katta ahamiyatga ega. Mintaqalarning tabiiy sharoit va resurslarini har tomonlama hisobga olib butun xo'jalik tizimini qayta qurish, iqtisodiyotni ijtimoiylashtirish, ayrim mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtirish muhim ahamiyatga ega. Xo'jalikning hududiy tizimini takomillashtirish, har bir hudud va rayonni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini bir-biriga bog'lab olib borish xo'jalik majmuasidagi o'zaro ta'sirining yaxshilashiga, mintaqalarning majmua rivojlanishiga, hududiy ishlab chiqarish majmualari va sanoat tugunlarining shakllanishiga tabiiy va iqtisodiy resurslarini unimli o'zlashtirishga yo'naltirilishi lozim. Yangi iqtisodiy sharoitda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda quyidagi asosiy prinsiplardan foydalanish muhimdir: ishlab chiqarishni xom ashyo, yoqilg'i, iste'molchi va energiya manbalariga yaqinlashtirish; eng samarali tabiiy resurs turlarini birinchi navbatda o'zlashtirish va ulardan majmua foydalanish; ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish, tabiatdan unimli foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning samarali tadbirlarini amalga oshirish; tabiatdan foydalanishda xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan keng foydalanish. Hozirgi paytda tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish eng muhim muammo hisoblanadi. Shu munosabat Bilan tabiatga etkaziladigan zararga va unga mas'uliyatsizlik bilan munosabatda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.33 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.33 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga