Mintaqaviy ekologik muammolar

Mintaqaviy ekologik muammolar

O'quvchilarga / Ekologiya
Mintaqaviy ekologik muammolar - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Orol dengizi muammosi va uni kutkarish yullari. 2. Arnasoy kullaridagi muammolar. 3. Sarez kuli muammolari. Orol dengizi muammosi va uni қutқarish yo'llari Orol dengizi bundan 35 ming yil ilgari paydo bo'lib, suv xajmi jixatidan dunyodagi 4-o'rinda turadi. 1911-1960 yillar davomida Orol dengiziga xar yili o'rtacha 52 km2 suv қuyilib kelgan va uning satҳi muntazam ravishda 53 m mutlaқ balandlikda bo'lgan. Orol dengizining suv maydoni 66458 km2, suv xajmi 10226 mln m2, o'rtacha chuқurligi 16 m va eng chuқur joyi 68 m bo'lgan. Orol dengizida 300 tadan ortiқ kichik orolchalar bo'lgan va suvning sho'rlanish darajasi 10-11%ni tashkil etgan. Ҳozir esa axvol umuman o'zgacha: Markaziy Osiyo mintaқasining ulkan suv xavzasi bo'lmish Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan oқib kelayotgan suvning xajmi va suv satҳining balandligini pasayib borishi 1961 yildan boshlab kuzatila boshlandi. Қuyidagi jadvalda orol dengizi suv rejimining yillar davomida o'zgarishlari ko'rsatilgan. Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, 1911-1960 yillar davomida dsngizga kelib қo'shiladigap suv miқdori bilan, uning suv sarfi deyarli teng bo'lgan. Ammo 1970-1989 yillar davomida ro'y bergan suv takchilligi tufayli bu mutanosiblik buzilgan. Aynan mana davrda Uzbekistonda suggoriladigan erlarning maydoni yiliga 100 ming gektarga kamayib borgan. 1990 yilga kelib Orol dengiziga kelib қo'shiladigan suvlarning mikdori 10 baravarga kamaydi, suv maydoni esa, 1,5 baravarga қiskardi. Agar 1994 yilda suv satxining balandligi 36,6 mni tashkil etgan bulsa, 1996 yilga kelib bu ko'rsatgich 36,6 m ni tashkil etgan. Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, oxirgi 40 yildan ko'proқ vaқt davomida Orol dengizi o'zining azaliy қirgoқlaridan қarib 100-140 km ichkariga қarab cheklangan. Ҳozirgi Orol dengizi tuzlar va zaxarli kimyoviy moddalar bilan to'yingan 2 ta ko'lga aylanib bormoқda. Natijada 3,5 mln gektardan ortiқ dengiz tubi tuzli saҳroga aylanib, undan atmosfera ҳavosiga yiliga 100 mln t dan ko'proқ zaҳarli tuzlar, changlar va kimyoviy moddalar ko'tarilib atrof-muҳitni ifloslantirmoқda. Orol dengizi tubidan ko'tarilayotgan chang-to'zonlar yapon orollarigacha etib borganligi, ҳamda, Oroldagi Tiklanish orolchasi 40 yildan ko'proқ vaқt davomida bakteriologik қurollari sinab қurilganligi ҳaқida ma'lumotlar mavjud. Shunday қilib, Markaziy Osiyo mintacasida қum-tuz aerazollarning nixoyatda kuchli yangi manbai vujudga keldi. Chang tuz to'zonlarning atmosfera xavosiga ko'tarilishini birinchi marotaba 1975 yilda kosmonavtlar koinotdan turib kuzatganlar. Chang-tuz to'zonlarining uzunligi 400 km, eni 40 km va radiusi 300 km ni tashkil etadi. Chang-tuz aerozollarning erga yoғilishi paxta va sholi xosildorligiga katta salbiy ta'sir ko'rsatmoқda. Tuproқning sho'rlanishi ҳisobiga қishloқ xo'jalik maxsulotlari Turkmanistonda 40% ga, O'zbekistonda 30% ga, Қozoғistonda 30-33% ga, Қirғizistonda 20% va Tojikistonda 19% ga pasayib ketdi. Shuni ҳam ta'kidlash kerakki, қirgoқ chiziғi 60-80 km ga cheklangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.3 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.3 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga