Mintaqaviy ekologik muammolarni bartaraf etishda barqaror rivojlanishning roli

Mintaqaviy ekologik muammolarni bartaraf etishda barqaror rivojlanishning roli

O'quvchilarga / Ekologiya
Mintaqaviy ekologik muammolarni bartaraf etishda barqaror rivojlanishning roli - rasmi

Material tavsifi

Mintaqaviy ekologik muammolarni bartaraf etishda barqaror rivojlanishning roli REJA: 1.1. Dunyo ekologik muammolari va atrof-muhitni asrab-avaylash, mavjud transchegaraviy muammolarni samarali bartaraf etish orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash. 1.2. Orol dengizi muammosi va uning yechimi. 1.3. Ekologik muammolar - insoniyatning umumiy muammosi. II. Bob. EKOLOGIK BARQAROR RIVOJLANISH. O'zbekistonda ekologik barqarorlikni ta'minlash Ekologik barqaror rivojlanish masalalari muhokamasi. Ekologiya va barqaror rivojlanish. Xulosa Foydalangan adabiyotlar. DUNYO EKOLOGIK MUAMMOLARI Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo'lib qolgan hozirgi davrda bu muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o'rni beqiyosdir. Bundan millionlab yillar ilgari odamzod paydo bo'libdiki, son-sanoqsiz insonlar shu yerning bag'rida unib-o'sgan, umrgo'zaronlik qilgan, rizqu ro'z topgan. Odamlarni boqadigan, qiyintiradigan, ularga boshpana bo'ladigan, yuvib poklaydigan yagona va shu tufayli ham nihoyatda mo'tabar ona zamin bu. Hozirgacha insoni-yat o'zi uchun yashashga undan boshqa makon topgani yo'q, balki topa olmas ham. Yurtboshimiz inson ma'naviyatining yuksalishida ona tabiat, unga mehrli munosabatda bo'lish, go'zalliklaridan zavqlanish hissi katta ahamiyatga egaligini alohida ta'kidlaydi: «Tabiatga yaqinlik, jonajon o'lkaning benihoya go'zalliklaridan bahramand bo'lish ma'naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Tabiatni asrash, ekologik madaniyat oddiy ko'nikmalarni egallash-dan boshlanadi. Ko'chada ketayotganda konfet qog'ozini yoki pista po'chog'ini maxsus qutiga emas, duch kelgan joyga tashlasak, yo'lakdan yurmay, maysalar ustidan bosib o'tsak, ikki-uchta dovuchcha uzaman deb daraxtlar shoxini sindirsak, qusharning mini buzsak, ariqlarga axlat ag'darsak, bularning hammasi bizning madaniyatsizligimiz, shavqatsizligimiz, farosatsizligimizdan darak beradi. «Ekologik madaniyat» degan tushuncha zamirida ayni shu holatlar oqibatini anglash, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzda hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko'r-satkichi hisoblanadi. Usiz insonni to'la ma'noda madaniyatli, ma'naviyatli deb bo'lmaydi. Yer yuzida shunday murakkab ekologik muammolar paydo bo'lmoqdaki, ular nafaqat ayrim davlatlar, balki butun insoniyatning kelgusi hayotini, odamzod tirikligini jiddiy xavf ostida qoldirishi mumkin. Bunday muammolar sirasiga atmosfera ozon qatlamining yemirilishi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, abadiy muzliklarning eriyotgani, jahon okeanining va kosmik fazoning illoslanishi, dunyoning «Qizil kitobi»ga kiritilgan noyob o'simlik va hayvonlarning keskin kamayib borayotgani va boshqa ko'plab dolzarb muammolarni kiritish mumkin. Afsuski, bizga sobiq sho'rolar davlatidan og'ir ekologik muam­molar ham meros bo'lib qolgan. Ulardan eng kattasi, bilasizki, Orol dengizi, qurishi hilan bog'liq. O'zbekiston bu masalaning ijobiy yechimini topish, muammoni yanada chuqurlashishining oldini olish, Orolbo'yi hududida yashovchi aholini har jihatdan muhofaza qilish borasida ko'plab chora-tadbirlarni ko'rmoqda. Respublikamiz rahbariyati bu murakkab masalaga dunyo ham-jamiyali e'tiborini jalb etayotgani ham, Orol muammosi bir-ikki davlatning emas, butun Yer yuzi-ning muammosiga aylanganini ko'rsatadi. Shunga ko'ra, O'zbe­kiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 20-sentabrida Birlashgan Millatlar tashkiloli Sammiti Mingyillik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.24 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.24 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga