Muhit. Ekologik omillar. Ekologik sistemalar

Muhit. Ekologik omillar. Ekologik sistemalar

O'quvchilarga / Ekologiya
Muhit. Ekologik omillar. Ekologik sistemalar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Muhit tushunchasi. Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar. Ekologik sistemalar. Ekosistemalarda moddalar almashinuvi. 1. Muhit ekologik tushuncha bo'lib, u kompleks tabiiy elementlar va voqealardan tashkil topgan. Shu muhitda tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit - organizmlarni o'rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir (havo, yorug'lik, tuproq va b.q.). Muhit elementlari organizmlar holatiga, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil sifatida ta'sir qiladilar. Har bir organizmning muhiti ko'plab organik va anorganik elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib chiqadigan sun'iy elementlardan tashkil topadi. Muhitning bir elementi ma'lum organizm uchun zarur bo'lsa, ikkinchisining bor yoki yo'qligi uning uchun ahamiyati yo'q. Muhitdagi uchinchi element esa oarganizm uchun zararli bo'lishi mumkin. Muhitning o'ziga xos xususiyatlari evolyusion rivojlanishning uzoq davrlarida ham o'zgarmay qolgan. Bunga erninng tortish kuchi, quyoshdan kelayotgan radiasiya, okean suvlari tarkibidagi tuz miqdori va atmosferannig tarkibi kabilar. Muhitning harakat, namlik, shamol, ozuqa, yirtqichlar, parazitlar, raqobat kabi omillar vaqt bo'yicha ham, fazoda ham o'zgarib turadi va shu ko'rsatilgan muhit omillarida turg'unlik bo'lmaydi. Masalan, harorat Yer yuzasida fasllar davomida, hattoki kun davomida ham o'zgarib turadi, lekin okeanning chuqur joylarida, g'orlarda harorat doimiydir. O'simlik, hayvonlar va insonlarda uchraydigan parazitlar ozuqaning ko'p va doimiy muhitida yashasa, yirtqichlar uchun ozuqa o'zgaorib turadi va u o'ljaning oz-ko'pligiga bog'liq bo'ladi. Keyingi vaqtda ekologiyada «tashqi muhit» atamasi ham ishlatilmoqda. Tashqi muhit - tabiiy kuch va voqelikning yig'indisi, uning moddalari, energiyasi, tarqalishi, inson faoliyatining turli obyektiv va subyektiv qirralari bo'lib, ularning ba'zilari bir-birlari bilan aloqada bo'lmasligi ham mumkin. Atrof muhit atamasi tashqi muhit tushunchasining aynan o'zi bo'lib, obyekt yoki subyekt bilan to'g'ridan-to'g'ri munosib bo'ladi. Atrof muhit tushunchasini biologi olim Ya. Yaksol (1864-1944) ekologiyaga va uni qo'yidagicha ta'riflagan: «Tashqi dunyo», u tirik organizmlarni o'rab turgan, ularni sezgi organlari, hayvonlarni harakat organlari orqali ta'sir qilib, maxsus xususiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Har bir subyekt huddi o'rgimchak to'rining tolalari kabi tashqi mhitning u yoki bu xususiyati bilan bog'langan murakkab to'r hosil qilib, o'zining hayotchanligini ta'minlaydi. «Atrof muhit» tushunchasi ingliz tilida (environment) o'tgan asrning 60 yillarida ko'llanilgan bo'lsa, nemis tilida (umewelt) faqat keyingi yillardagina eng tarqala boshladi. Rus tilida «tashqi elementlar» tushunchasi rus evolyusionst olimi K.F. Rule (1814-1858) tomonidan qo'llanilgan. Organizmlarni bevosita o'rab turgan keng ma'nodagi tushuncha - yashash muhiti (sharoiti) - ayrim organizm yoki biosenozni abiotik va biotik omillar yig'indisi ta'sirida organizmning o'sadigan va ko'payadigan joyidir. Masalan, o'tloqlarda, u yerdagi ekologiyada to'rtta yashash muhiti farqlanadi: suv tuproq yer-havo tirik organizmlar tanasi Turli tuman rangda gullayotgan o'simliklar, ularning ko'rinishi va hidini, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.06 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.06 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga