Muhitning o'zgaruvchanligi. Muhitning asosiy xususiyatlari va ularning organizmlarga ta'siri Reja: 1. Muhitning o'zgaruvchanligini ifodalovchi omillar. 2. Muhit omillarining xarakteri va uning asosiy guruhlari. 3. Muhit o'zgaruvchanligining asosiy shakllari. 4. Organizmlarda moddalar almashinuvining borishi va moddalarning sarf qilinishi. 5. Muhit omillarining organizmga ta'sir etish shakllari. Muhitning o'zgaruvchanligi Hayvonlar yashaydigan anorganik va organik muhit doimiy turg'un emas, balki u o'zgaruvchandir. Ushbu o'zgaruvchanlik asosida sutkalik, oylik va mavsumiy (davriy) sikllilikni yuzaga keltiruvchi kosmik omillar hamda organik va anorganik tabiatda sodir bo'ladigan nodavriy xarakterdagi jarayonlar yotadi. Davriy (siklik) va nodavriy jarayonlar qaytmas (takrorlanmaydigan) almashinuvlar bilan birga, muhitning barcha elementlarining murakkab dinamikasini yuzaga keltiradi. Ushbu dinamikani muhitning cheksiz o'zgarishlari hisoblanmish ritmik biologik hodisalar, jumladan, tinch holat va faol hayot kechirish davrlarining gallanishi, intensiv hayot jarayonlarining ko'tarilishi va pasayishi, o'sishning davriyligi, ko'payish va individlar sonining o'zgarishi kabi hodisalarda ham ko'rish mumkin. Muhit omillarining xarakteriga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (A.S.Monchadskiy, 1958): 1. Stabil (barqaror) omillar. Bunday omillar ma'lum bir uzoq davr davomida o'zgarmaydigan va shu tufayli hayvonlar soni hamda ularning geografik tarqalishini o'zgartirmaydigan omillar hisoblanadi. Bularga tortish kuchi, doimiy quyosh, atmosferaning tarkibi va uning xossalari, gidrosfera, litosfera, relyef va boshqalar. 2. O'zgaruvchan omillar. Ushbu omillarning ikki guruhi farq qilinadi, ya'ni: a) qonuniy-davriy o'zgaruvchi omillar sutka, mavsum va boshqa biologik sikllar. Davriy o'zgaruvchan omillar o'zining qonuniy ravishda ma'lum vaqt oralig'ida siklik takrorlanishi tufayli organizmlarni ko'p yillar davomida hosil qilgan o'zgarishlariga kam ta'sir qiladi; b) tartibsiz o'zgaruvchi omillar. Ushbu guruhga harorat, namlik, shamol, yog'in, oziqa, kasalliklar, parazitlar, yirtqichlar va boshqalar. Bunday omillar mavsumiy biologik sikllarning xususiyatlariga kam ta'sir qiladi, lekin turli yillarda populyasiyalar sonining o'zgarishi va areal ichida hayvonlarni taqsimlanishiga ta'sir o'tkazadi. Doimo takrorlanib turuvchi sutkalik va mavsumiy sikllar hyech vaqt aynan bir-biriga o'xshash sutka va mavsumlarni takrorlamaydi. Sutka yoki bir xil mavsumning bir-biriga o'xshamasligi ob-havo va boshqa bir qator tabiiy hodisalarning holatiga bog'liq bo'ladi. Sutkalik va mavsumiy sikllarning har xil bo'lishi yana ushbu sikllarning qanday zonada bo'lishiga ham bog'liq. Shunga binoan, baland va past kengliklarda sikllar ham turlicha bo'ladi. Hozirgi vaqtda ayrim tabiiy sikllarning qanday davrdan (vaqtdan) keyin takrorlanishi aniqlangan. Masalan, issiq va sovuq, quruq va yog'inli davrlarning har 3-4, 6-7, 11, 35 va 80-100 yilda takrorlanishi ma'lum. Qisqa davrlar 3-7 yil aniq namoyon bo'lmaydi. 11 yillik takrorlanish davri juda yaxshi aniqlangan. Ushbu har 11 yilda quyosh yuzasida qoramtir dog'larning o'zgarishi aktivlashgan joylarning kattalashuvi va radiasiyaning kuchayishi sodir bo'lishi o'rganilgan. Ba'zi faol davrida atmosferaning yuqori qatlamlaridagi kislorod molekulalari (O2) ko'p miqdorda shiddat bilan ozon (O3) molekulalariga aylanadi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.19 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.19 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc