Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va obyektlarning huquqiy holati Reja: 1. muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari. 2 Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning asosiy turlari. 3 Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarliq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari Bugungi kunda jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri muammolari tobora katta ahamiyatga ega bo'lmoqda va hozirgi, shuningdek kelgusi avlodlarning faravonligi, umuman jahon sivilizatsiyasining taqdiri ekologik muammolarning ijobiy hal etilishiga ko'proq bog'liq bo'lib qolmoqda. Ilmiy-texnika rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida keskin o'zgarib borayotgan atrof muhit, ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda, inson uni hayotiga, turmush-tarziga, hamda genetik fondi va irsiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa hozir yer yuzida yashab turganlarnigina emas, balki kelgusi avlodlar salomatligiga, ayniqsa yer, suv, atmosfera havosi, yer osti boyliklari, hayvonot va o'simliklar dunyosi, tabiat va tarixiy yodgorliklarning tabiiy holatiga ham salbiy ta'sir qilmoqda. Mazkur masalaga, O'zbekiston Respublikasi dastlab mustaqillikka erishgan paytidan boshlab etibor berdi va birinchilar qatorida 1993 yil 7 mayda O'zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi qonunini qabul qildi. 2002 yilda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarto'g'risida qonun deb o'zgartirildi Mazkur qonun hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko'zlab noyob hamda ekologiq iqtisodiy, ilmiy, madaniy, sanitariya-sog'lomlashtirish, estetik nuqtai nazardan milliy boylik va umumxalq mulki bo'lmish qimmatli tabiiy majmuilarni muhofaza etishning umumiy, huquqiy, ekologiq iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasida o'simliklar va hayvonot dunyosini hamda davlat milliy tabiat bog'lari, davlat tabiat va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolish ularni sonini ko'paytirish inson hayotini ekologik normal saqlashga tabiat bilan jamiyat va inson o'rtasidagi malum mutanosiblikni saqlashga katta yordam beradi. Hozirgi paytda Respublikamizda qo'riqlanadigan erlarning umumiy maydoni 2 million gektardan ortiq, alohida qo'riqlanadigan 11 tabiiy hududiy obyekt, jumladan 9 qo'riqxona, 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari mavjud. Demak ana shuncha o'xshash muhofaza etiladigan va boshqa tabiiy hududlar huquqiy muhofaza qilinmog'i lozim. Shuni takidlash joizki, Respublikamizdagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonun bilan muhofaza qilishmog'i va huquqiy tartibga solinishi maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar ushbu qonundan, shuningdek yer, suv, o'rmon to'g'risidagi qonunlar, yer osti boyliklaridan foydalanish to'g'risidagi, atmosfera havosini muhofaza etish to'g'risidagi hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlardan iborat muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlari va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Qoraqalpog'iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risidagi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:12:47
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.3 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.3 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc