Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va ularning ekologik - iqtisodiy muammolari

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va ularning ekologik - iqtisodiy muammolari

O'quvchilarga / Ekologiya
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va ularning ekologik - iqtisodiy muammolari - rasmi

Material tavsifi

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va ularning ekologik - iqtisodiy muammolari Reja: 1. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to'g'risida tushuncha. 2. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning turlari va ularni tashkil etish prinsiplari. 3. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni loyihalashtirish. 4. O'zbekistonning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarining asosiy xususiyatlari. 5. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish istiqbollari. 1. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to'g'risida tushuncha. Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning tobora keskinlashib borishi, antropogen ta'sirning kuchayishi ta'sirida tabiiy muhitda yuz berayotgan o'zgarishlar tabiatni muhofaza qilishni ongli va rejali tashkil etishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etish muhim ilmiy amaliy ahamiyatga ega. Ular bir necha tiplarni o'z ichiga oladi: qo'riqxonalar, milliy tabiiy parklar, zakazniklar, tabiiy yodgorliklar, tabiiy yodgorli parklar, tabiatdagi muzeylar, taqiqlangan va muhofaza zonalari, rekreatsiya hududlari. Ular u yoki boshqa darajada intensiv xo'jalik faoliyatidan chiqarilgan hududlar bo'lib, ular turli darajada tabiat muhofazasi bilan shug'ullanadi. O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolish, sonini ko'paytirishda qo'riqxona, xalq parklari, zakazniklarning ahamiyati kattadir. Dunyoda muhofaza qilinadigan hududlarning soni 20 mingdan ko'proqdir. BMTning tavsiyasiga ko'ra, har bir mamlakatning kamida 10% hududi muhofaza qilinadigan hududlar bo'lishi kerak. 2. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning turlari va ularni tashkil etish prinsiplari. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning asosiy turi qo'riqxonalardir. Ularning quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari Bilan malum bir tabiiy hudud bo'lib, tabiat muhofazasining eng samarali shaklidir. Qo'riqxonalarning asosiy vazifasi tabiatni diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini asrash, saqlash, muhofazalashdan iboratdir. Zakazniklar alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning 3-tipi hisoblanadi. Ularning qo'riqxonalardan farqi tabiat obyektlaridan va ularning resurslaridan xo'jalik maqsadlarida malum mavsumlarda tabiatga zarar etkazmasdan foydalanishga ruxsat beriladi. Bir vaqtning o'zida tabiat obyektlarni va ularning bo'limlari, ayrim hayvon va o'simlik turalari muhofaza qilinadi. Tabiat yodgorliklarini kichik maydonni egallaydigan qimmatli tabiat obyektlari: sharsharalar, geologik ochilma qatlamlar, noyob va tarixiy qimmatga ega daraxtlar, g'orlar va boshqa muhofaza qilinadigan obyektlar qatoriga kiradi. 3. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni loyihalashtirish. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini barpo etishni loyihalashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish maqsadga muvofiq: 1). ular tizimini tabiiy majmualarning asosiy birligi daryo havzalariga keladigan yo'nalishda barpo etish. 2). tabiat muhofazasi tizimini tabiatning xilma-xilligini aks ettiruvchi to'liq spektrda barpo etish. 3). tabiat ekologik yo'laklarini barpo etish. 4). milliy tabiiy parklar maydonini kengaytirish va ularning sonini ko'paytirish. 5). keng maydonni egallaydigan uzoq muddatli zakazniklarni barpo etish. 6). muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda rekreatsiya imkoniyatlaridan foydalanish va rekratsiya rolini oshirish hamda turli rejimda faoliyat ko'rsatadigan hududiy rekreatsiya tizimlarini barpo etish. 7). muhofaza qilinadigan tabiiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.94 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.94 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga