Mukammal qurilmalar yaratish asoslari Reja: Qurilmalarga qo'yilgan talablar va maqsadlar. Qurilmalarning ish unumdorligini oshirish. Ergonomika va uning asosiy elementlari. Qurilmalarga qo'yilgan talablar Ishlab chiqarishda ishlatiladigan qurilmalar qator talablar (ishlatilish sharoitlari, konstruktiv, estetik, iqtisodiy, texnika xavfsizligi) ga javob berishi kerak. Avvalo, qurilmada ma'lum bir jarayonni amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoit mavjud bo'lishi kerak. Bu sharoitlar jarayonning turiga, jarayonda qatnashayotgan massalarning agregat holatiga ularning kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga bog'liq. Qurilmaning shakli texnologik jarayonni amalga oshirish uchun mos bo'lishi kerak. Jarayon uchun zarur bo'lgan sharoitlar (jarayonning borishi uchun kerakli bosim; oqimlarning tegishli turbulentligi va tezligi; fazalarning o'zaro kontakt darajasi; tegishli mexanik, issiqlik, elektr yoki magnitli ta'sirlar va hokazo) yaratilishi maqsadga muvofiq. Mukammal qurilmalarni yaratishda quyidagi maqsadlar ko'zda tutiladi: 1) qurilmaning hajm birligidan ko'proq mahsulot olish. 2) Bitta nazariy ajratish pog'onasiga to'g'ri kelgan gidravlik qarshilikni kamaytirish. 3) qurilmaning solishtirma metall o'xshashligini kamaytirish. Mutaxassislar tomonidan oxirgi yillarda bir qator samarali kontakt elementlari taklif etilgan bo'lib, ular modda almashinish qurilmalarining ish unumdorligini va ajratish darajasini oshirishga xizmat qiladi. Atrof-muhit muhofazasida talab qilinadigan turli xildagi tozalash qurilmalari ham barcha boshqa turdagi qurilmalar qatori belgilangan talablarga javob berishi kerak. Hozirgi paytda atrof-muhit muhofazasida qo'llash uchun ishlab chiqilayotgan va amalda qo'llanilayotgan tozalash qurilmalari mahalliy sanoat tarmoqlarida ham keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Ularga qo'yilayotgan eng asosiy talablar birinchi galda eng yuqori tozalash darajasiga ega bo'lishi bilan birgalikda, eng kam elektroenergiya talab qilishi, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash qulay bo'lishi kerak. Shuningdek, ularning tashqi ko'rinishi go'zal, o'lchamlari kichik va ixcham, mavjud iqlim sharoitlarga mos holda ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Qurilmalarga almashtirilishi zarur bo'lgan hollarda ehtiyot qismlarni tezda va arzon topilishi ham inobatga olinadi. Shuning uchun ehtiyot qismlarni imkon darajasida mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish maqsadga muvofiq bo'ladi. Gaz va suyuqlik oqimlarining o'zaro zarba berishiga asoslangan kontakt elementi quyidagi rasmda berilgan: 1-tarelka, 2- kontakt trubasi, 3- patrubka, a) - kontakt trubasining kesib olingan qismi, b) tirqish. Ushbu elementda gaz va suyuqlik fazalari bir-biriga nisbatan to'g'ri yo'nalgan bo'lib, ikkala faza uchrashganda zarba ta'sirida birlashib ketadi. Gaz (yoki bug') patrubka 3 orqali 10-40 ms tezlik bilan kontakt trubasi 2 ga kiradi, bunda tarelka 1 ning ustidagi suyuqlik tirqish b orqali gazga qo'yilib ketadi (ya'ni injektsiya protsessii ro'y beradi). So'ngra gaz suyuqlik oqimlari trubada bir-biri bilan aralashib, to'g'ri yo'nalish bilan harakat qiladi. Kontakt trubasining yuqorigi qismida ikkala tomondan kelayotgan gaz suyuqlik oqimlari to'qnashib, o'zaro birlashgandan so'ng, trubaning qirqilgan joyiga kiradi va o'zaro zarba kuchi ta'sirida suyuqlik tarelkaga uloqtirilib tashlanadi, gaz esa tarelkalararo bo'shlik orqali yuqoridagi tarelkaga o'tadi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.11 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.11 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc